Buxoro viloyatida sof quyma oltin bo‘laklari muomalaga kiritilishining oldi olindi, deya xabar bermoqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti matbuot xizmati.

Shofirkon tumanida fuqarolar J.R., J.N. va F.O‘. jami 437,3 gramm bo‘lgan 4 dona sof quyma oltin bo‘lagini 7 ming dollar va 300 mln so‘mga sotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (Valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Avvalroq Namanganning Davlatobod tumanida sof quyma oltinlarni 20 ming dollarga sotayotgan ikki shaxs ushlangandi. Ekspertiza xulosasiga ko‘ra, oltin 222,8 mln so‘mga baholangan.