Yevrokomissiya e’lon qilgan statistik ma’lumotlarga ko‘ra, 2023-yilda o‘zbekistonlik sayyohlar Shengen vizasi uchun 46,5 mingdan ortiq so‘rov yuborgan, ularning 16,5 foizi rad etilgan, berilgan ko‘p martalik vizalar ulushi biroz qisqargan.
O‘zbekistonning Shengen vizalari bo‘yicha statistika
Yil | Viza olish uchun arizalar soni | Berilgan vizalar (shu jumladan ko‘p martalik) | Ko‘p martalik vizalar soni | Cheklangan hududda amal qiluvchi viza | Rad etilgan arizalar soni | Rad etilgan arizalar ulushi | Ko‘p martalik vizalar uchun arizalarni rad etish darajasi |
2023 | 46 503 | 38 333 | 13 314 | 358 | 7654 | 16,5% | 34,7% |
2022 | 39 509 | 32 849 | 13 592 | 379 | 6385 | 16,1% | 41,4% |
2021 | 8929 | 7582 | 4367 | 153 | 921 | 10,6% | 57,6% |
2020 | 6770 | 5376 | 2098 | 66 | 1283 | 19,1% | 39,0% |
2019 | 33 931 | 27 937 | 7198 | 242 | 5621 | 16,6% | 25,8% |
Manba: Yevrokomissiya.
Jami hisobda O‘zbekiston fuqarolari 2023-yili 2022-yilga (39,5 ming) nisbatan 17,7 foiz ko‘p ariza topshirgan. Ulardan 38,33 ming nafari viza olgan, bu avvalgi yilga nisbatan 16,7 foizga ko‘proq.
Berilgan vizalar orasida ko‘p martalik vizalar soni 13,3 mingtani yoki 34,7 foizni tashkil etdi. Bu 2022-yilga nisbatan 2 foizga kam — o‘shanda berilgan ko‘p martalik vizalar soni deyarli 13,6 mingtani, ularning ulushi esa 41,4 foizni tashkil etgan.
7654 nafar arizachiga viza berish rad etilgan. Yevrokomissiya ma’lumotlariga ko‘ra, rad etish darajasi 16,5 foizni tashkil etdi, bu 2022-yilga nisbatan (16,4 foiz) biroz yuqori, ammo 2019-yildagi pandemiyadan oldingi ko’rsatkichdan (16,6 foiz) kamroq.
Yevropa Komissiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, barcha mamlakatlardan Shengen vizasi uchun jami 10,3 mlndan ortiq ariza kelib tushgan. Ulardan 8,49 mln nafari viza olgan, rad etish darajasi 16 foizni tashkil etgan va 2022-yilga nisbatan deyarli 2 foizga kamaygan. Barcha mamlakatlarda berilgan vizalar ichida ko‘p martalik vizalar ulushi 54 foizni tashkil etgan.
Viza olish uchun eng ko‘p arizalarni Xitoy (1,1 mln, 2022-yilda bu mamlakat fuqarolari 92,7 ming ariza bilan 22-o‘rinda edi) Turkiya (1 mln), Hindiston (966 ming), Marokash (591 ming) va Rossiya fuqarolari topshirgan (520 ming).
Rad etishlar soni bo‘yicha Afrika davlatlari, Pokiston, Suriya va Shri-Lanka yetakchilik qilmoqda. Ushbu mamlakatlar fuqarolari topshirgan arizachilarni rad etish darajasi 35−50 foizga yetadi.