Shavkat Mirziyoyevning Ozarbayjonga tashrifi kutilmoqda

Avgust oyida Shavkat Mirziyoyevning Ozarbayjonga tashrif buyurishi kutilmoqda.

O‘zbekiston Pokiston bilan harbiy-texnikaviy hamkorlik to‘g‘risidagi shartnomani ratifikatsiya qildi

O‘zbekiston prezidenti Pokiston bilan harbiy-texnikaviy hamkorlik to‘g‘risidagi bitimni ratifikatsiya qilish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi. Avvalroq senatorlar ikki davlat o‘rtasidagi ushbu hamkorlik mintaqaviy xavfsizlik asoslarini mustahkamlashga xizmat qilishini ta’kidlagandi.

“Tashabbusli budjet"ga taklif kiritish tugadi. Endi loyihalar saralanadi

“Tashabbusli budjet"ning 2-mavsumiga loyihalar kiritish tugatildi. 20 kun ichida portalga respublika bo‘ylab jami 49,4 mingta taklif kelib tushdi. Eng ko‘p taklif ichki yo‘l ta’miri bilan bog‘liq. Endi loyihalar ko‘rib chiqiladi. 27-avgustdan ularga ovoz berish boshlanadi.

O‘zbekistonda ID-karta va xorijga chiqish pasportini pochta orqali olish mumkin bo‘ladi

oktabr oyidan boshlab O‘zbekistonda pochta orqali ID-karta va xorijga chiqish pasportini uyga yetkazib berish xizmatini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda.

Magnum tarmog‘i O‘zbekistondagi Carrefour supermarketlarini sotib olmoqda

Qozog‘istonning Magnum Cash & Carry kompaniyasi O‘zbekistondagi barcha Carrefour do‘konlarini Majid Al Futtaim Uzbekistan`dan sotib olish bo‘yicha kelishuvga erishdi. Qisqa muddatli yopilishdan so‘ng supermarketlar Magnum brendi ostida faoliyatini boshlaydi.

Davlat xizmatchilarining deyarli 60 foizi ish vaqtidan tashqari ishlashga jalb qilinadi — so‘rovnoma

O‘zbekistonning 560 nafar davlat xizmatchisi (shu jumladan rahbarlari) o‘rtasida o‘tkazilgan anonim so‘rovnoma shuni ko‘rsatdiki, ularning 57,3 foizi ish vaqtidan tashqari ishlarga jalb etilgan. 81,7 foizi buning uchun qo‘shimcha haq to‘lanmaganini aytgan.

Misrdan O‘zbekistonga ilk marta Interpol qidiruvidagi shaxs ekstraditsiya qilindi

Interpol tomonidan diniy ekstremistik tashkilotlarda ishtirok etishda gumonlangan erkak Misrdan O‘zbekistonga ekstraditsiya qilindi. Bu tashkilot qidiruvidagi shaxslarni ushbu mamlakatdan O‘zbekistonga olib kelish bo‘yicha birinchisi bo‘ldi.

Toshkent shahri va viloyatidagi 5 ta “zapravka"da 11 mlrd so‘mdan ortiq tabiiy gaz o‘g‘irlangani aniqlandi

Poytaxtning Sergeli va Toshkent viloyatining Piskent hamda Chinoz tumanlarida joylashgan avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalarida 11 mlrd 54 mln so‘mlik tabiiy gaz o‘g‘irlangani aniqlandi.

Iyulda 40 mlrd so‘mlik gaz va elektrdan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi

O‘zbekistonda iyul oyida 28,2 mlrd so‘mlik tabiiy gaz va 11,8 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanilgani ma’lum bo‘ldi. Bunday holatlarning eng ko‘pi Andijon, Samarqand, Navoiy va Toshkent viloyatlariga to‘g‘ri keldi.

Toshkentda 17 yoshli qizga hujum qilgan erkak 10 yilga qamaldi

Aprel oyida poytaxt ko‘chalarining birida 17 yoshli qizning ortidan kelib, uning nomusiga tegishga uringan erkakka nisbatan 10 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Andijon viloyatida 20 yoshli yigit kanalda cho‘kib ketib vafot etdi

Oltinko‘l tumanidan o‘tgan Katta Farg‘ona kanaliga cho‘milish maqsadida borgani aytilayotgan 20 yoshli yigit cho‘kib ketib vafot etdi. Holat yuzasidan to‘plangan hujjatlar prokuraturaga yuborilgan.

Farg‘ona viloyatida 16 yoshli qiz o‘zini osib, vafot etdi

Farg‘ona viloyatida 16 yoshli qiz o‘z uyidan osilgan holda topildi. Uning yaqinlari so‘nggi vaqtlarda qizda ruhiy buzilish bo‘lganini ta’kidlamoqda.