“Nima ish qilish kerakligini bilmaydi”. Prezident bog‘cha bolalariga ma’ruza o‘qigan IIB xodimlarini tanqid qildi

Prezident Farg‘onadagi yig‘ilishda “Nima ish qilish kerakligini bilmagan ayrim profilaktika inspektorlari bog‘chalarga borib, 3−4 yoshli bolakaylarga „oq-qorani farqlash“ bo‘yicha ma’ruza o‘qish bilan band”, deya yaqinda bolalar bog‘chasida sodir bo‘lgan voqeani esladi. U kadrlar tanlash tizimini qoniqarsiz deb atadi.

Prezident 15 nafar IIB boshlig‘i va 5 nafar prokurorni ishdan oldi

Prezident 15 ta tuman (3 tasi poytaxtda) IIB boshliqlari va 5 ta tuman prokurorlarini lavozimidan ozod qildi. Bosh prokuror birinchi o‘rinbosari va IIV rahbarining ikki o‘rinbosariga hayfsan berildi, raqamlashtirish uchun mas’ul o‘rinbosar Najmiddin To‘raxojayev egallab turgan lavozimidan ozod qilindi.

O‘zbekistonda 2,3 milliondan ziyod it, 46 mingdan ortiq mushuk bor

Qonunchilik palatasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari qo‘mitasi O‘zbekistonda 2,3 milliondan ziyod it va 46 mingdan ortiq mushuk yashashini ma’lum qildi.

Aholining tezkor va shoshilinch murojaatlari uchun yagona 112 raqami ishga tushadi

O‘zbekistonda 2024-yildan bosqichma-bosqich aholining barcha tezkor va shoshilinch murojaatlarini hal qilish maqsadida yagona 112 tezkor raqami (AQShdagi 911 kabi) va dispetcherlik tizimi ishga tushiriladi.

“Hokimlar klasterlarning mashinasida yuribdi”. Sirdaryo viloyati hokimi nega 16 ta Tracker sotib olinayotgani haqida

Sirdaryo viloyati hokimi Akmal Mahmudaliyev o‘z o‘rinbosarlari, tuman va shahar hokimlariga 4 mlrd so‘m evaziga 16 ta Tracker xarid qilinayotganiga izoh berdi. “Ayrim tumanlarda hokimlar klasterlarning mashinasida yuribdi. Ulardan talab qilishim uchun, avvalo, shart-sharoit yaratib berish kerak”, — dedi hokim.

O‘ta og‘ir jinoyatlarning 43 foizini Qo‘qondagi voyaga yetmaganlar sodir etgan — prezident

Farg‘ona viloyatida og‘ir jinoyatlarning 20 foizini, o‘ta og‘ir jinoyatlarning 43 foizini esa aynan Qo‘qonda yashovchi voyaga yetmaganlar sodir etgan. Prezident bu butun respublika bo‘yicha eng yomon ko‘rsatkich ekanini aytdi.

“Vaziyat qanchalik og‘irligini ko‘rsatib turibdi”. Shavkat Mirziyoyev Farg‘onada 11 yoshli qizcha o‘ldirib ketilgani haqida

O‘zbekiston prezidenti yaqinda Farg‘onada 11 yoshli qizchaning murdasi zo‘rlash va qotillik alomatlari bilan topilganini tilga oldi. “Bu holat vaziyat qanchalik og‘irligini ko‘rsatib turibdi”, deya ta’kidlagan Mirziyoyev ayrim mahallalarda xotin-qizlar faollari instituti kutilgan natijani bermayotganini qayd etdi.

Prezident YHXX boshlig‘i Olim Saidovga hayfsan berdi

Prezident Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati boshlig‘i Olim Saidovga hayfsan berdi va uch viloyat YHXB rahbarlarini ishdan bo‘shatdi. Uning ta’kidlashicha, hokimliklar va “O‘zavtoyo‘l” yo‘l harakati xavfsizligi masalalariga e’tibor bermay, faqat asfalt yotqizish bilan ovora.

Qoraqalpog‘istonda eri bilan janjallashgani sabab farzandini urgan ayolga nisbatan jinoiy ish ochildi

Qorao‘zak tumanida Qozog‘istonda ishlovchi turmush o‘rtog‘i bilan janjallashishi oqibatida farzandini urib haqorat qilgan ayolga nisbatan jinoyat ishi ochildi. Bolalar ota qaramog‘iga topshirildi.

Nashida tufayli 3 yilga qamalgan yigitga chiqarilgan hukm ozodlikni cheklash jazosiga o‘zgartirildi

Oliy sud Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati kassatsiya instansiyasi nashid tufayli 3 yilga qamalgan 21 yoshli Jahongir Ulug‘murodovga nisbatan chiqarilgan hukmni 3 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosiga o‘zgartirdi. Jahongir Ulug‘murodov darhol jazoni ijro etish joylarida qamoqdan ozod qilinishi belgilandi.

Abduqodir Mo‘minov sudi: ikkinchi kunda 8 nafar jabrlanuvchi ko‘rsatma berdi

Abduqodir Mo‘minov ishi bo‘yicha sudning ikkinchi kunida 8 nafar jabrlanuvchining ko‘rsatmasi tinglandi. Bloger murojaatchilarning muammosini yoritish uchun pul olganiga izoh berar ekan, “tekin ishlasak, qanday ishlaymiz?” dedi. Ayblanuvchining onasi esa hozircha sud ishidan qoniqish hosil qilayotganini aytmoqda.

Sanoat yerlari toifasini o‘zgartirish uchun endi Hukumat komissiyasi roziligi talab etiladi

Prezident Farg‘onada ishlab chiqarish bo‘lgan davlat obyektlari xususiylashtirilib, o‘rnida yakka tartibdagi uy-joylar qurilayotganini tanqid qildi. Shu sababdan endi sanoat maqsadlari uchun mo‘ljallangan yerlar toifasi faqat Hukumat komissiyasi roziligi bilan o‘zgaradi.

Toshkentda YTHda yana bir yangi avtobusga shikast yetdi

Toshkent shahrining Istirohat ko‘chasi bo‘ylab harakatlanayotgan 147-yo‘nalishdagi Yutong avtobusiga “ZIL” haydovchisi uni o‘ng tomondan quvib o‘tmoqchi bo‘lganida shikast yetdi.

Milliy gvardiya qo‘mondonining birinchi o‘rinbosari ishdan olindi

Milliy gvardiya qo‘mondonining jamoat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Inamjon Ibragimov lavozimidan ozod etildi. U 2021-yil noyab oyida ushbu lavozimga tayinlangandi.

“Gazeta.uz”da e’lon qilingan maqola:

Qanday qilib Malayziya universitetlariga o‘qishga kirish mumkin? Rustam Yunusov hikoyasi

Neft konlari kompaniyasi menejeri Rustam Yunusov 2023-yilda Malayziyaning Petronas universitetiga o‘qish uchun jo‘nab ketdi. “Xorijiy diplom” loyihasi doirasida u universitetni tanlash jarayoni, qat’iy dars jadvali va milliy ta’lim tizimi, bepul davolanish va arzon yashash xarajatlari xususida so‘zlab berdi.