Toshkent markazida yo‘l o‘tkazgich qurishmoqchi. Bu bahsli qaror

O‘zbekiston prezidenti “Botir Zokirov va Navoiy ko‘chalari kesishmasida yo‘l o‘tkazgich qurish zarurligini” qayd etdi (uning matbuot xizmati keltirgan iqtibos). Bu shaharda piyodalar ustuvorligini ta’minlash haqidagi tamoyilga zid bo‘lgan bahsli qarordir. “Gazeta.uz” loyihani ochiq muhokama qilishga chaqiradi.

Prezident matbuot xizmati — Navoiy ko‘chasidagi yo‘l o‘tkazgich haqida: “Xulosa chiqarishga hali erta”

Prezident matbuot xizmati “Gazeta.uz”ning shahar markazida yo‘l o‘tkazgichlar qurib bo‘lmasligi haqidagi maqolasiga munosabat bildirdi. “Agarda shunday loyiha bo‘lsa, uni ishlab chiqishga eng yaxshi mutaxassislar jalb qilinadi va jamoatchilik fikri inobatga olinadi”, — dedi prezident matbuot kotibi.

“Agar u quriladigan bo‘lsa, Toshkentni tugataversa ham bo‘ladi”. Jamoat faollari — Navoiy ko‘chasidagi ko‘prik loyihasi haqida

Toshkentning Botir Zokirov va Navoiy ko‘chalari kesishmasida yo‘l o‘tkazgich qurilishi mumkin. Faollar bu joyga ko‘prik emas, “odamlar dam oladigan jamoat makoni, shahar muhiti kerak”ligini ta’kidlayapti. Mushtariylar 2022-yilgi rekonstruksiyadan so‘ng Navoiy ko‘chasida tirbandlik muammosi kamayganini ham eslatdi.

Prezident “Toshkent-Sharqiy” aeroporti loyihasini “juda jiddiy va tanqidiy” qayta ko‘rib chiqishni buyurdi

Shavkat Mirziyoyev qariyb 6 yildan beri qurilishi ketayotgan “Toshkent-Sharqiy” biznes aviatsiyasi aeroportiga tashrif buyurdi. Hozir uning uchish-qo‘nish yo‘lagi va VIP-terminal binosi qurib bo‘lingan. Prezident hududda yana bir terminal qurishni va aerovokzal loyihasini qayta ko‘rib chiqishni buyurdi.

1 mln 18 ming: 2023-yilda shuncha abituriyent o‘qishga hujjat topshirdi

2023−2024 o‘quv yili uchun davlat OTMlariga o‘qishga hujjat topshirgan abituriyentlar soni 1 mln 18 ming nafarni tashkil etdi. Bu o‘tgan yilgi ko‘rsatkichdan qariyb 200 mingtaga kam. Talabgorlarning eng ko‘pi Milliy universitetni tanlagan — 36 782 nafar.

Nyu-Yorkda otib o‘ldirilgan 15 yoshli o‘zbekistonlik yigit janozasida shahar meri qatnashib, nutq so‘zladi

Nyu-York shahrida sodir bo‘lgan otishmada og‘ir yaralanib, shifoxonada vafot etgan 15 yoshli o‘zbekistonlik yigit janozasi bo‘lib o‘tdi. Unda shahar meri Erik Adams ham qatnashdi va nutq so‘zladi.

Toshkent viloyatida 3 kishi kanalizatsiyada zaharlanib vafot etdi

Nurafshon shahrida 57 yoshli ishchi kanalizatsiya qudug‘iga tushib, tozalash ishlarini olib borayotganda gazdan zaharlandi. Uni qutqarish uchun tushgan yana 3 kishi ham hushidan ketgan. Oqibatda 3 kishi voqea joyida vafot etdi. 1 kishi jonlantirish bo‘limida qolmoqda.

O‘zbekistonlik yosh kurashchilar Osiyo chempionatini 20 ta medal bilan yakunladi

Iordaniyada o‘tgan sport kurashlari bo‘yicha U-20 yosh toifasidagi Osiyo chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi jami 20 ta — 4 ta oltin, 6 ta kumush va 10 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Xitoy kompaniyasi Qashqadaryoda osma dor yo‘li qurishni rejalashtirmoqda

Xitoyning CAMC Engineering kompaniyasi Qashqadaryo viloyatidagi loyihalarga sarmoya kiritishni rejalashtirmoqda. Ular orasida Kitobda sayyohlik zonasi tashkil etish, osma dor yo‘li qurish va boshqalar bor.

Statistika agentligi kambag‘allik chegarasini belgilash borasidagi tanqidlarga javob berdi

Statistika agentligi O‘zbekistonda kambag‘allik chegarasini aniqlash uchun foydalaniladigan minimal iste’mol xarajatlarining kech e’lon qilinishini izohladi va bu ko‘rsatkichni hisoblash usuli borasidagi tanqidlarga javob qaytardi.

Oliy sud ko‘chma radardan kelgan jarimani haydovchi foydasiga hal qildi

Samarqand viloyatida ko‘chma radar orqali aniqlangan tezlikni oshirish bo‘yicha belgilangan jarima Oliy sud tomonidan bekor qilindi. Chunki YPX xodimi radardagi tezlik ko‘rsatkichi bilan haydovchini tanishtirmagan va uning talabi bilan moslamaning sertifikati ko‘rsatmagan.

Dam olish kunlari harorat biroz ko‘tariladi

O‘zbekistonda dam olish kunlari havo kam bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat biroz ko‘tarilib, janubda va cho‘l hududlarda +41…+43 darajagacha yetadi. Keyingi hafta esa issiq havo kirib kelishi kuchayib, harorat yana 1−2 darajaga ko‘tariladi.

Yangi Toshkent shahridagi yer uchastkalari “E-auksion” orqali sotiladi

Prezident qarori bilan Yangi Toshkent shahridagi yer uchastkalari “E-auksion” elektron savdo platformasi orqali sotiladi yoki ijaraga beriladi.

QazaqGaz oktabrdan O‘zbekistonga Rossiya gazini yetkazib berishni boshlamoqchi

Qozog‘istonning QazaqGaz kompaniyasi oktabr oyidan O‘zbekistonga Rossiya gazi tranzitini boshlashni rejalashtirmoqda. Kompaniya barcha texnik tadbirlar tasdiqlangan jadvalga muvofiq to‘liq hajmda amalga oshirilayotganini ma’lum qildi.

O‘zbekistonda “yashil vodorod” loyihasi avgust oyida boshlanishi rejalashtirilmoqda — energetika vaziri

Prezident avgust oyida O‘zbekistonda “yashil vodorod” ishlab chiqarish majmuasini qurishni boshlash bo‘yicha topshiriq berdi, deya ma’lum qildi energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov. Inshoot Saudiyaning ACWA Power kompaniyasi tomonidan Chirchiq shahridagi ammiak zavodi negizida quriladi.

Ekstremistik materiallarni tarqatishda gumonlangan erkak Koreyadan O‘zbekistonga deportatsiya qilindi

Interpol qidiruviga berilgan, taqiqlangan ekstremistik materiallarni tarqatishda ayblangan erkak Koreyadan O‘zbekistonga deportatsiya qilindi.