Hafta davomida harorat yana ko‘tariladi

Salqin yakshanbadan so‘ng hafta davomida harorat +39…+41 darajaga ko‘tariladi. Havo asosan kam bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarda shamol kuchayishi, chang-to‘zon kuzatilishi mumkin.

O‘zbekiston Rossiyaga harbiy yordam yuborayotgani aytilgan video rad etildi

Mudofaa vazirligi TikTok ijtimoiy tarmog‘ida tarqalgan O‘zbekiston go‘yoki Rossiyaga harbiy yordam yuborayotgani aks etgan video feyk ekanini ma’lum qildi.

Toshkentda 2 tonnadan ziyod giyohvandlik vositalari yoqib yuborildi

Yangihayot tumanida Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurash kuni munosabati bilan noqonuniy muomaladan musodara qilingan 2 tonnadan ziyod narkotik vositalar yoqib yuborildi. So‘nggi 1,5 yilda 952 kg giyohvandlik, 440 ming dona kuchli ta’sir qiluvchi va 7 ming donadan ortiq psixotrop moddalar aniqlangan.

Video: Chotqol qo‘riqxonasida fotoqopqonga tushgan Tyan-Shan qo‘ng‘ir ayig‘i

Ekologiya vazirligi Chotqol davlat qo‘riqxonasidagi fotoqopqonga tushib qolgan Tyan-Shan qo‘ng‘ir ayig‘i tasvirini e’lon qildi. Ushbu tur Qizil kitobga kiritilgan.

O‘zbekistonga Xitoydan tovarlarni Eronning Bandar-Abbos porti orqali tashish boshlandi

O‘zbekistonga Xitoyning Siyamen portidan Eronning Bandar-Abbos porti orqali tovarlar yetkazib berish boshlandi. Birinchi konteyner poyezdida mamlakatga maishiy texnika olib kelindi. Konteynerlar Eron portida temiryo‘l platformalariga ortilib, Turkmaniston orqali O‘zbekistonga kirib keldi.

May oyida benzin ishlab chiqarish keskin kamaydi, neft mahsulotlari importi oshdi

Yil boshidan buyon O‘zbekistonda benzin ishlab chiqarish 3 baravar — 139,6 ming tonnadan 46,2 ming tonnagacha qisqardi. Buning fonida neft va neft mahsulotlari importi keskin o‘sdi. Dizel ishlab chiqarish o‘sishda davom etmoqda.

Qashqadaryoda ayol kishiga stakan uloqtirgan erkakka jinoiy ish ochildi

Tarmoqlarda noma’lum erkak restoranda o‘tirgan ayollarga qarata stakan uloqtirgani tasvirlangan video tarqaldi. Qashqadaryo viloyat IIBning ma’lum qilishicha, holat Kitob tumanida sodir bo‘lgan. Ayollardan biri shifoxonaga yotqizilgan, erkakka nisbatan jinoiy ish ochildi.

Tatyana Karimovaga nisbatan meros bo‘yicha da’vo yopiq tarzda ko‘riladi

Pyotr Karimovning birinchi prezident Islom Karimovning turmush o‘rtog‘i Tatyana Karimovaga nisbatan meros masalasidagi da’vosi yopiq tarzda ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi. 26-iyunga belgilangan birinchi instansiya sudi qoldirildi.

Yerni to‘g‘ridan-to‘g‘ri ajratishni nazarda tutuvchi imtiyoz va istisnolar qonunchilikdan chiqarildi

Prezident farmoni bilan yer uchastkalarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri ajratishni nazarda tutuvchi tartiblar, imtiyoz va istisnolarni qonunchilikdan chiqarib tashlandi. Shuningdek, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini mulk va ijara huquqi asosida elektron onlayn-auksion orqali beriladi.

Xorazmda mast holdagi Damas haydovchisi IIB boshlig‘ini urib yubordi

Xivada mast holdagi Damas haydovchisi shahar IIB boshlig‘ini urib yubordi. Jabrlanuvchi og‘ir ahvolda jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan. Holat bo‘yicha jinoyat ishi ochildi.

“Gazeta.uz”da e’lon qilingan maqola va fotoreportaj:

“Turkiston” metrosi ustidagi cho‘kkan ko‘cha ta’mirlanib, qayta ochildi

Yunusobod tumanidagi “Turkiston” metro bekati ustidan o‘tuvchi, cho‘kishi sababli yopilgan ko‘chada transport harakati tiklandi. “Gazeta.uz” muxbiri xabar berishicha, asosiy va qo‘shimcha yo‘l o‘rtasidagi yashil hudud o‘rnini beton qoplama egallagan. Foto.

Jahonning turli mamlakatlarida daraxtni noqonuniy kesganlar qanday jazolanadi?

Shoxlarni beruxsat kesganga jarima, daraxtlarni yo‘q qilganga 10 yil qamoq yoki 8 mln dollar, zararni qoplash uchun 10 yil davomida ko‘chat ekish va parvarishlash majburiyati. “Gazeta.uz” AQSh, Yevropa va Rossiyada daraxtzorlarni yo‘q qilganlik uchun jazolarni o‘rgandi va ularni O‘zbekistondagilari bilan taqqosladi.

Poytaxt plyajlari fotosharhi: “Yangi O‘zbekiston” va Magic City

Toshkentda plyajlar 1990-yillar oxiridan kamaya boshlab, 2017-yilda cho‘milish mumkin bo‘lgan eng oxirgi joy ham yopildi. Poytaxt olti yil cho‘milishga ruxsat berilgan joylarsiz yashadi (pullik akvaparklar hisob emas). Bu yil ikkita plyaj ochildi. “Gazeta.uz” ularda bo‘lib, hordiq chiqaruvchilar bilan suhbatlashdi.

Kuniga necha qadam yurish kerak?

Hozirgi kunga kelib insonlar har qachongidan ham kamroq harakat qilmoqda. Shu sababga ko‘ra, o‘z salomatligi haqida qayg‘uradigan aksariyat kishilar ko‘proq sayr qilishga harakat qilishadi. Biroq, aslida kuniga necha qadam yurish kerak? Nega bu savolga ko‘pincha 10 ming qadam degan javobni eshitamiz?