Yakshanba kuni havo salqinroq bo‘ladi

Yakshanba kuni O‘zbekistonga Kavkaz hududlaridan nisbatan salqin va nam havo kirib keladi. Harorat 2−4 darajaga pasayadi, yoz uchun qulay qiymatlar — +31…+34 daraja, kechasi — +15…+18 darajagacha harorat kuzatiladi.

Statistika agentligi “Gazeta.uz” maqolasiga munosabat bildirdi

Statistika agentligi “Gazeta.uz” e’lon qilgan yanvar oyidagi inflyatsiya rasmiy ko‘rsatkichi to‘g‘risidagi maqolaga munosabat bildirdi. Agentlikka ko‘ra, rasmiy statistik ko‘rsatkichlar “obyektiv kuzatuvlarda to‘plangan fakt hisoblangan ma’lumotlar hamda ilmiy asoslangan metodologiya” asosida shakllantiriladi.

“Qurilish oxiriga yetmagandi”. Suv xo‘jaligi vaziri — Sardoba fojiasi haqida

Sardoba fojiasining sabablaridan eng kattasi — suv ombori qurilishi oxiriga yetmagandi, dedi suv xo‘jaligi vaziri Shavkat Xamrayev. 27 mlrd so‘mlik suv sizib chiqishidan boxabar qiluvchi maxsus uskunalar ham o‘rnatilmagan bo‘lgan. Suv ombori yorilgach esa barcha suv omborlarida kuchaytirilgan tekshiruv o‘tkazilgan.

Senat bayroqdan foydalanish imkoniyatlarini kengaytiruvchi qonunni ma’qulladi

Senat bayroqdan foydalanish imkoniyatini kengaytiruvchi, jumladan, uni xonadonlarga osib qo‘yish, kiyim-kechaklarga yopishtirish, oilaviy va boshqa tadbirlarda ishlatish mumkinligi belgilangan qonunni tezda ma’qulladi. Loyiha 1-iyunda jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgan va 20-iyunda Quyi palatada qabul qilingandi.

“Toshkentda sutkalik suv sarfi jon boshiga 400 litrgacha yetyapti” — senator

Senat yalpi majlisida senator Boriy Alixonov O‘zbekistonda olinadigan chuchuk suvning qariyb 90 foizi qishloq xo‘jaligida ishlatilishini bildirdi. Unga ko‘ra, mamlakatda jon boshiga suv sarfi miqdori yuqoriligicha qolmoqda. Xususan, poytaxtda sutkalik suv sarfi jon boshiga 400 litrgacha yetadi.

Davlat adabiyot muzeyida sharoit yo‘qligi sababli 69 575 ta noyob ashyo xavf ostida qolgan — Senat

Senatning navbatdagi yalpi majlisida muzeylar va ularda saqlanayotgan ashyolar holati bo‘yicha muhokama o‘tkazildi. Tegishli qarorlar bilan belgilangan bo‘lsa-da ayrim muzeylarda hamon ta’mirlash ishlari amalga oshirilmagani tanqid qilindi. Davlat adabiyot muzeyidagi noyob ashyolar xavf ostida qolgani aytildi.

Senat O‘zbekiston va Qozog‘iston chegarasini demarkatsiya qilish bo‘yicha qonunni ma’qulladi

O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi uzunligi 2 356 kilometrdan ortiq chegarani demarkatsiya qilish to‘g‘risidagi shartnomani ratifikatsiya qilish haqida qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.

O‘zbekistonlik Diyora Keldiyorova “Katta dubulg‘a” turnirida bronza medalini qo‘lga kiritdi

O‘zbekistonlik dzyudochi Diyora Keldiyorova Ulan-Batorda (Mo‘g‘uliston) “Katta dubulg‘a” turkumiga kiruvchi turnirda BAA vakili Xorlodoi Birsheltni mag‘lub etib, bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Toshkent−Namangan−Toshkent yo‘nalishida qo‘shimcha poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

Qurbon hayiti munosabati bilan Toshkent−Namangan−Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha qo‘shimcha poyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yiladi.

Toshkentdan Qarshi va Samarqand shaharlariga qo‘shimcha poyezd qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi

Qurbon hayiti munosabati bilan 29-iyun kuni Toshkent-Qarshi, 26-iyundan 3-iyulgacha esa Toshkent-Samarqand yo‘nalishida qo‘shimcha poyezd qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi.

Uzbekistan Airways Toshkentdan Urganch, Nukus, Termiz va Buxoroga qo‘shimcha reyslar qo‘yadi

Uzbekistan Airways 27, 28, 30-iyun va 2-iyul kunlari Toshkentdan Urganch, Nukus, Termiz va Buxoroga qo‘shimcha aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yadi.

Toshkentdan Chorvoqqa avtobuslar qatnovi soni ko‘paytirildi

Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumaniga avtobus reyslari ko‘paydi — Chorvoqqa har kuni 4 xil vaqtda qatnov amalga oshiriladi, yo‘lkira narxi 15 ming so‘m.

Qo‘qondagi bozorda sotuvchilar janjallashishi oqibatida 14 yoshli yigit jarohatlandi

Qo‘qondagi kiyim-kechak bozorida do‘konga kiruvchi xaridorlar yo‘li to‘sib qo‘yilgani sababli sotuvchilar o‘rtasida janjal sodir bo‘ldi. Voqea oqibatida 14 yoshli bola jarohatlandi. Holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Cobiq Algoritm zavodi bino va inshootlari 307 mlrd so‘mga sotildi

E-auksion platformasida sobiq Algoritm zavodi bino va inshootlari 307 mlrd so‘mga sotildi. Xaridor kompaniya egasi Havas supermarketlar tarmog‘ining ham yirik aksiyadori hisoblanadi.

O‘zbekistonda birinchi kripto-depozitariyga litsenziya berildi

O‘zbekiston hududida kripto-depozitariy faoliyatini amalga oshirish uchun birinchi litsenziya berildi. Litsenziya olgan korxonaning ta’sischisi Dubay kompaniyasi hisoblanadi.

“Ekipaj nima bo‘layotganini anglashga ham ulgurmagan”. Atlantikada “Titanik”ning oldiga sho‘ng‘igan “Titan”ning qoldiqlari topildi

Atlantika okeanidagi to‘rt kunlik qidiruvlardan so‘ng OceanGate kompaniyasining “Titanik” qoldiqlari tomon yo‘l olgan “Titan” suvosti kemasi qoldiqlari topildi. Uning bortida bo‘lgan besh kishi, jumladan, kompaniya asoschisi halok bo‘lgan. U o‘z kemasi xavfsiz emasligi haqida bir necha bor ogohlantirilgan edi.