Jo‘rabek Rahimov Xorazm viloyati hokimi etib tasdiqlandi

Shavkat Mirziyoyev ishtirokidagi sessiyada Xorazm viloyati hokimi lavozimiga hokim vazifasini bajarib kelayotgan Jo‘rabek Rahimov nomzodi tasdiqlandi.

O‘zbekistonning 9 ta viloyatida sel kelishi mumkin, joylarda shamol kuchayadi

O‘zgidromet 2−4-aprel kunlari O‘zbekistonning 9 ta viloyatida hamda tog‘oldi va tog‘li hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi ehtimoli haqida ogohlantirdi. Joylarda shamol kuchayib, shimolda va cho‘l hududlarda chang to‘zon kuzatilishi ham mumkin.

O‘zbekistonda dam olish kunlari havo o‘zgarib turadi

Shanba O‘zbekistonning aksariyat hududlarida yog‘ingarchiliksiz o‘tadi. Yakshanba kuni esa Kaspiy dengizidan nam havo massalari kirib kelishi hisobiga tog‘oldi va tog‘li hududlarda kuchli momaqaldiroqli yomg‘ir kuzatiladi. Ayrim joylarda do‘l yog‘ishi ham mumkin.

1-aprel kuni Yangi O‘zbekiston ko‘chasida harakat vaqtincha cheklanadi

“Yangi O‘zbekiston” bog‘ida duatlon bo‘yicha O‘zbekiston chempionati o‘tkazilishi sabab 1-aprel kuni Yangi O‘zbekiston va unga tutash Jasorat ko‘chasida avtomobil harakati cheklanadi.

2-aprel kuni Toshkentda ayrim ko‘chalar vaqtincha yopiladi

Toshkentda 2-aprel kuni Amir Temur tavalludi munosabati bilan yugurish musobaqasi o‘tkaziladi. Shu kuni ayrim ko‘chalarda 3 soat davomida avtotransport vositalari harakati cheklanadi.

Toshkent hayvonot bog‘iga kirish narxi 1-apreldan oshadi

1-apreldan Toshkent hayvonot bog‘iga kirish chiptalarining narxlari oshadi. Endi kirish narxi 16 yoshdan kattalar uchun 35 000 so‘m, xizmatni o‘tayotgan harbiylar, nafaqaxo‘rlar hamda 7 yoshdan 16 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun 20 000 so‘m bo‘ladi. Imkoniyati cheklanganlar va 7 yoshdan kichik bolalar uchun esa bepul.

DXX Namanganda 1,1 mlrd so‘mlik oltin quymalarning noqonuniy sotuviga chek qo‘ydi

DXX Namanganda o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda umumiy bahosi 1 mlrd 124 mln so‘mlik, jami 1,5 kg oltin quymalarining noqonuniy sotuviga chek qo‘ydi.

Ishga tushgan korxonalar, konsert tomoshasi, sumalak kovlash. Prezidentning Qoraqalpog‘istonga tashrifi

Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘istonga tashrifi chog‘ida yangi korxonalarning ishga tushirilishida ishtirok etdi, respublikani rivojlantirish bo‘yicha yangi tashabbuslarni e’lon qildi, millatlararo totuvlikka bag‘ishlangan tadbirda ishtirok etdi, mahallada bo‘lib, iftorlik qildi va sumalak pishirish jarayonida qatnashdi.

Toshkentda tadbirkorlar 248 kishiga avtomashina va’da qilib, ularni 12 mlrd so‘mga chuv tushirdi

Toshkentda 248 nafar fuqaroga avtomashina olib berishni va’da qilib, 12 mlrd so‘m olgan Uz Avto Premium va Avto Alo Group MT kompaniyalari rahbarlariga nisbatan sud hukmi o‘qildi. Sud jarayoni salkam bir yil davom etdi.

Toshkentda xonadonlarning ijara narxi pasayishda davom etmoqda — PMTI

Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar institutining mart oyidagi o‘rganishlariga ko‘ra, Toshkent shahrida xonadonlar uchun ijara narxlari pasayishda davom etmoqda. O‘rtacha narxlar fevraldagiga nisbatan 2% ga pasaygan va 2 xonali uy narxi 411 dollarni tashkil etgan.

Savdo qoidalarini buzganlik uchun jinoiy javobgarlik bekor qilinishi mumkin

Savdo yoki xizmat ko‘rsatish qoidalarini buzganlik uchun jinoiy javobgarlikka tortilmaslikni nazarda tutuvchi qonun loyihasi muhokamaga qo‘yildi.

Toshkent shahri hokimi Konstitutsiyadagi o‘zgarishlarni targ‘ib qiluvchi guruhlar tuzilishini ma’qulladi

Toshkent shahri hokimi v.b. Shavkat Umurzoqov yangi Konstitutsiya loyihasi targ‘iboti uchun guruhlar tuzilishini ma’qulladi. Uning tarkibida 1000 dan ortiq kishi, jumladan, oqsoqollar, o‘qituvchi, shifokor, yoshlar yetakchilari, hokim yordamchilari va boshqalar bor. Ularga 11 mingdan ziyod mahalla faollari yordam beradi.

Mitinglar to‘g‘risidagi qonun loyihasi prezident Administratsiyasida ko‘rib chiqilmoqda — Adliya vazirligi

“Mitinglar to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ishlab chiqilgan hamda hozirda prezident Administratsiyasida ko‘rib chiqilmoqda, deya ma’lum qildi Adliya vazirligi departament boshlig‘i. Mitinglarni tashkil etish tartibi hali ham qonunlarda belgilanmagan, biroq uni buzganlik uchun javobgarlik bor.

“Bu tizimni ideal deb bo‘lmaydi”. Adliya vaziri — elektron ovoz berish haqida

Adliya vaziri Akbar Toshqulov O‘zbekiston firibgarlikka yo‘l qo‘ymaslik uchun elektron ovoz berishga o‘tishni rejalashtiryaptimi, degan savolga onlayn ovoz berish tizimi ideal emas, deb javob berdi. “Ba’zi odamlar elektron tizimda qanday ovozini berganini kimdir bilishini xohlamaydi”, dedi u.

“Gazeta.uz”da e’lon qilingan maqola:

“Hammasi o‘sha-o‘sha”. Bolalar adabiyotining kattalar yechishi zarur bo‘lgan muammolari haqida

O‘zbek bolalar adabiyoti ochiq yaraga o‘xshaydi — davosini ko‘pchilik biladiyu, amalda harakat sezilmaydi. “Muammo faqat yozuvchi, noshir, tarjimon yo o‘quvchiga bog‘liq bo‘lsa qaniydi”, — deydi soha mutaxassislari. “Gazeta.uz” jurnalisti Charos Nizomiddinova masalaning boshqalarga bog‘liq jihatlarini o‘rgandi.

Nima ko‘ramiz? Bloger A’zam Qahramoniy tavsiya qiladi

Yaxshi kino — yaxshi kitobdek. Ayni damda, biri ikkinchisiga xalal bermaydi. “Gazeta.uz” vaqtni mazmunli o‘tkazishga ko‘maklashmoq niyatida “Nima ko‘ramiz?” loyihasini boshladi. Ko‘rilishi maqsadga muvofiq hisoblangan filmlar haqida kinoijodkorlar, jurnalistlar, jamoat faollarining tavsiyalarini sizga yetkazamiz.