O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi sug‘urtasiga bo‘lgan qiziqish tobora ortib bormoqda. Qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi AQSh yoki Yevropa malatkatlari kabi O‘zbekistonda ham qishloq xo‘jaligi sohasida muhim rivojlanish omiliga aylana oladimii degan savolga javoblar 25-mart kuni Toshkentda bo‘lib o‘tgan AgroInsurance 2023 II xalqaro konferensiyasida mutaxassislar tomonidan berildi.

Qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlikning muhim omilidir. Zero, u har qanday davlatning oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlovchi agrosanoat majmuasini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.

реклама

Semurg Insurance sug‘urta kompaniyasi O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi vazirligi ko‘magida AgroInsurance 2023 II xalqaro konferensiyasida global bozor sharoitida O‘zbekistonda agrosug‘urta rivojlanishining istiqbollarini muhokama qilish uchun xalqaro ekspertlarni bir joyga jamladi.

Shveysariyaning yirik qayta sug‘urta kompaniyasi Swiss Re vakili konferensiya ishtirokchilariga xalqaro amaliyotda qishloq xo‘jaligini sug‘urtalash fermer muvaffaqiyati uch omilining kaliti ekanligini tushuntirdi:

  1. Xatarlarni boshqarish.
  2. Hosil yo‘qotilganda moliyaviy yordam.
  3. Moliyalashtirishdan foydalanish (kredit yoki subsidiya olish).

реклама

AQSh va Yevropada sug‘urta kompaniyalari fermerlarga xavflarni minimallashtirish va hosildorlikni oshirishga yordam beradigan agroekspektlarni jalb qilmoqda. Agar hosil nobud bo‘lsa, sug‘urta kompaniyasi yo‘qotishlarni qoplaydi. Bundan tashqari, sug‘urta fermerga biznesni rivojlantirish uchun moliyalashtirishni yangi imkoniyatlarini taqdim etadi. Rivojlangan mamlakatlarda sug‘urtalangan bo‘lg‘usi hosil bilan ta’minlangan kredit olish tizimi faol qo‘llaniladi.

Ko‘p yillar davomida Shveysariyaning Swiss Re kompaniyasi bilan hamkorlik qilib kelayotgan Semurg Insurance sug‘urta kompaniyasi vakillari, hamda kuzatuv kengashi a’zolari endilikda O‘zbekistonda ham qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi mamlakat agrar sektorini barqaror rivojlantirishning kaliti bo‘lishi mumkinligini ta’kidladilar.

реклама

Bu esa Semurg Insurance kompaniyasi va Swiss Re tomonidan birgalikda ishlab chiqilgan O‘zbekistonga xos ekinlarni sug‘urtalash dasturi tufayli amalga oshiriladi. Dastur qishloq xo‘jaligi bo‘yicha konsalting, hosil nobud bo‘lgan holatlarda to‘lab beriladigan, kafolatlangan to‘lovlar va sug‘urtalangan hosilni kredit berishda garov sifatida ishlatish imkoniyatini o‘z ichiga oladi.

Swiss Re kompaniyasi vitse-prezidenti Marsel Andriyesse konferensiyadagi nutqida Semurg Insurance bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi dasturi O‘zbekiston fermerlariga nafaqat xatarlarni samarali boshqarish, balki o‘z biznesini bir maromda saqlab qolish va hattoki rivojlantirish imkonini beradigan bo‘g‘inga aylanishiga ishonch bildirdi.

реклама

Semurg Insurance tomonidan Qishloq xo‘jaligi vazirligi ko‘magida hamda, Investitsiyalar, Sanoat va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Sug‘urta bozorini rivojlantirish agentligi, shuningdek, Biz Network, yirik xalqaro qayta sug‘urtalash kompaniyalari Swiss Re, Europa Re ishtrokida o‘tkazilgan AgroInsurance 2023 II xalqaro konferensiyasi O‘zbekistonda agrosug‘urta sohasini kompleks rivojlantirish uchun qo‘yilgan muhim qadam bo‘lib xizmat qiladi.

Semurg Insurance kompaniyasi xalqaro hamkorlar va Qishloq xo‘jaligi vazirligi ko‘magida bundan buyon ham O‘zbekiston qishloq xo‘jaligining barqaror rivojiga o‘z hissasini qo‘shadigan ishonchli agrosug‘urta dasturlarini rivojlantirishga tayyor.

Reklama huquqlari asosida.