O‘zbekistonda ayrim tadbirkorlarga mol-mulkni sug‘urta qilish xarajatlarining bir qismi qoplab beriladi

Prezident farmoni bilan 1 yilda bir marotaba o‘rta tadbirkorlik subyektlariga mol-mulkni sug‘urta qilish xarajatlarining 50 foizigacha, biroq BHMning 20 baravaridan oshmagan qismi qoplab beriladi. Daromadi 10 mlrd so‘mdan kam bo‘lmagan tadbirkorlar uchun davlat xaridlarida 20 foizlik kvota joriy etiladi.

Qirg‘izistondan O‘zbekistonga olib o‘tuvchi yana 2 ta noqonuniy tunnel topildi

Andijonda Qirg‘izistondan noqonuniy olib o‘tuvchi 2 ta yerosti yo‘li aniqlandi. Har ikkisining eni 60 sm, balandligi 1,5 metr, uzunligi taxminan 150−200 metrga teng.

Farmatsevtika agentligining sobiq direktori Sardor Kariyev qamoqqa olindi

«Dok-1 Maks» va «Ambronol» siropining nojo‘ya ta’siri sababli bolalar vafoti bo‘yicha qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi tergovi doirasida Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi sobiq direktori Sardor Kariyev qamoqqa olindi.

Toshkentda yog‘ingarchilik tufayli yangi trotuar va veloyo‘laklarga shikast yetdi

Kuchli qor yog‘ishi va qattiq sovuqdan so‘ng Toshkentdagi yangi beton trotuarlar va veloyo‘laklar buzila boshladi. Hokimlik ularni ta’mirlash bo‘yicha reja ishlab chiqilgani, ob-havo yaxshilanishi bilan ish boshlanishini bildirdi.

O‘zbekistonda dam olish kunlari quruq ob-havo kuzatiladi

O‘zbekistonning barcha hududlarida dam olish kunlari quruq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Faqat ayrim tog‘li hududlarda biroz qor yog‘ishi mumkin. Harorat kechalari −2…−7 daraja, kunduzi +2…+5 darajagacha bo‘ladi, janubda +7…+9 darajagacha isiydi.

O‘zbekiston va Afg‘oniston temir yo‘llari o‘rtasida yuk tashuvi tiklandi

Afg‘oniston temir yo‘l boshqarmasi va «Sogdiana trans» o‘rtasida Hayraton−Mozori-Sharif temir yo‘lining ekspluatatsiyasini davom ettirish bo‘yicha yangi shartnoma imzolandi. Mamlakatlar o‘rtasidagi qatnov shartnoma o‘z vaqtida bajarilmagani sababli to‘xtatilgandi.

Urganchda 10 mlrd so‘mdan ortiq kredit mablag‘larini o‘zlashtirishda gumonlanganlar qo‘lga olindi

Urganchda o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda ikkita MCHJ rahbari hududiy tijorat banki filialidan ajratilgan 5,8 va 4,5 milliard so‘m kreditni o‘zlashtirgani aniqlandi. Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Qoraqalpog‘istonda o‘t-cho‘plar qurigan maydonda yong‘in bo‘ldi

To‘rtko‘l tumanida «Amudaryo» daryosi bo‘yidagi Xorazm viloyati bilan chegaradosh hududda qurigan o‘t-cho‘plarda yong‘in paydo bo‘lgan. Voqea sabab hech kim tan jarohatini olmagan va halok bo‘lmagan.

Turkiyada o‘zbekistonlik FVV xodimlari 77 kishini vayronalar ostidan olib chiqdi

Turkiyaning Hatay viloyatida o‘zbekistonlik qutqaruvchilar 4 kun ichida jami 77 kishini zilzila oqibatida buzilgan binolar ostidan chiqarib oldi. Qutqaruv ishlari davom etyapti.

Foto: Farg‘onada yo‘lning qatnov qismi o‘pirilib tushdi

Beshariq tumanida yo‘lning qatnov qismi o‘pirilib, oqibatda Nexia haydovchisi jarohatlandi. Holat o‘rganilmoqda.

Prezident Jizzax viloyatiga tashrif buyurdi

Juma kuni prezident Shavkat Mirziyoyev iqtisodiy va ijtimoiy obyektlar faoliyati bilan tanishish va boshqa dolzarb masalalarni muhokama qilish uchun Jizzaxga bordi.

O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Rossiya fuqarolari Turkiyadan Toshkentga evakuatsiya qilindi

O‘zbekiston Mudofaa vazirligining harbiy samolyoti Turkiyaning Gaziantep va Shanliurfa shaharlarida yashovchi 17 kishini Toshkentga evakuatsiya qildi. Ulardan 11 nafari O‘zbekiston, 6 nafari Qirg‘iziston va 1 nafari Rossiya fuqarolari.

Open Budget`ning 1-mavsumiga jami 1,7 trln so‘m ajratiladi

2023 yilda «Tashabbusli budjet»ning 1-mavsumiga 1 trln so‘m yo‘naltiriladi. Unga qo‘shimcha tarzda mahalliy budjetlar o‘zida yig‘ilgan erkin qoldiq mablag‘larining 30 foizini ham qo‘shadi. Qo‘shimcha pullar hisobiga jami 1,7 trln so‘m mablag‘ Fuqarolar tashabbusi jamg‘armalariga yo‘naltirilishi prognoz qilinmoqda.

Tayyor mebel yasab, eksport qiluvchi tadbirkorlarga ijara haqining bir qismi qoplab beriladi

Fevraldan boshlab tayyor mebellarni eksport qiluvchi tadbirkorlarga xorijdagi ish joylari ijara xarajatlarining bir qismi to‘lab beriladi. Avval maydonning 100 kv metriga teng miqdordagi qismi qoplab berilardi, endi bu me’yor 250 kv mertga yetdi.

Suv hisobini onlayn rejimda monitoring qilish tizimi yo‘lga qo‘yiladi

2023 yilgi davlat dasturiga ko‘ra, jami 13 057 suv xo‘jaligi obyektlarida raqamli texnologiyalar joriy etilib, «Aqlli suv» qurilmalari o‘rnatiladi. Suvning hisobi onlayn rejimda monitoring qilinib, respublika bo‘ylab suvning aniq hisobini yuritish, foydalanish va operativ boshqarish imkoniyati oshiriladi.