O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 13 dekabr kuni poytaxtdagi 18-sonli avtobazada bo‘lib, yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish bo‘yicha navbatdagi topshiriqlarni bergan, jamoat transporti muammolarini hal etish bo‘yicha idoralararo tezkor shtab tuzilgan edi.

15 dekabr kuni Toshkent Transport boshqarmasi 14 dekabrda bo‘lib o‘tgan shtab yig‘ilishida joriy yo‘nalishlar, ulardagi yo‘lovchilar tashilishi, avtobuslarning mavjudligi va yetarlicha haydovchilar soni o‘rganilgani haqida xabar berdi. Avtoparklardagi harakat tarkiblarini ta’mirlash tezkorlik bilan boshlandi.

Shu kuni shaharga 20 dona MAN A22 rusumli katta sig‘imli avtobus, 15 dekabrda esa 100 dona kichik sig‘imli Isuzu (SAZ HC40) avtobusi keltirildi.

Eslatib o‘tamiz, prezidentning 2017 yil 1 dekabrdagi qarori bilan O‘zbekistonda 2018 yilning mart oyidan nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun moslashtirilmagan shahar yo‘lovchi transporti vositalarini xarid qilish taqiqlangan edi. Isuzu midibuslari nafaqat nogironlar, balki umuman harakatlanish imkoniyati cheklangan barcha kishilar uchun ham moslashtirilmagan.

15 dekabrdan shahar atrofiga qatnaydigan 190-sonli Isuzu avtobuslari (LE 60) 10 ta MAN RR3 avtbuslariga almashtirildi, Isuzu`lar esa boshqa yo‘nalishlarga o‘tkazildi.

190-yo‘nalishdagi MAN avtobusi. Foto: Toshkent Transport boshqarmasi.190-yo‘nalishdagi MAN avtobusi. Foto: Toshkent Transport boshqarmasi.

15-dekabrdan boshlab 181-sonli yo‘nalishga 8 ta, 120- sonli yo‘nalishga 3 ta va E-1 tezkor yo‘nalishga 5 ta Yutong rusumli «O‘zavtotransservis» avtobuslari jalb etildi.

Amalga oshirilgan ishlar natijalariga ko‘ra, 15 dekabr holatiga avvalgi kunga nisbatan 75 ta ko‘p, ya’ni 944 ta avtobus yo‘nalishga chiqarildi. 16 dekabr kuni esa 1000 ta avtobusni yo‘nalishga chiqarish rejalashtirilgan.

Tezkor shtab tarkibiga Ichki ishlar vazirligi va uning Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati, shuningdek, Milliy gvardiya va Favqulodda vaziyatlar vazirliklari vakillari kiritilgan.

«Toshshahartransxizmat»da bo‘lib o‘tgan tezkor shtab yig‘ilishi. Foto: YHXX.«Toshshahartransxizmat»da bo‘lib o‘tgan tezkor shtab yig‘ilishi. Foto: YHXX.«Toshshahartransxizmat» AJga tegishli 8 ta avtobus saroylari va yo‘nalishlarga Ichki ishlar vazirligidan 212 nafar xodim jalb etildi, deya xabar qildi YHXX 15 dekabr kuni. U prezident tashrif buyurgan uchta — 7, 8 va 18- avtobus saroylari vazirlik qaramog‘iga biriktirilganini ma’lum qildi.

Shuningdek, Ichki ishlar vazirligi o‘z tasarrufidagi 30 ta Isuzu rusumli avtobusniavtparklarga ajratdi (fotosuratlar quyida).

IIV tomonidan berilgan Isuzu avtobuslari. Foto: YHXX.IIV tomonidan berilgan Isuzu avtobuslari. Foto: YHXX.Avvalroq prezident topshirig‘iga asosan «Toshshahartransxizmat» avtobus haydovchilari 2022 yilning dekabr oyidan boshlab kamida 5−6 mln so‘m miqdorida oylik maoshi olishini ma’lum qilgan edik.

Eslatib o‘tamiz, prezident yuqorida tilga olingan yig‘ilishda bosh vazir Abdulla Aripovga kelasi yilning mart oyiga qadar poytaxtga 1000 ta yangi katta sig‘imli avtobuslar olib kelish bo‘yicha topshiriq bergan edi.