Davlat bayrog‘i qabul qilingan kunning 31-yilligini nishonlash doirasida O‘zbekistondagi keng ko‘lamli tadbirlardan birini o‘tkazishgacha bir hafta qoldi. 13 noyabr kuni O‘zbekistonning 15 ta shahrida «Bir vatanda, bir vaqtda, bir masofaga, bir maqsadda — birga yuguramiz» shiori ostida Yangi Nafas ommaviy yugurish musobaqasiga start beriladi. An’anaga ko‘ra, sport tadbiri sport.uz telekanalida jonli efirda, hududlar va Qoraqalpog‘istondan ulanishlar bilan namoyish etiladi.

Tadbir boshida Sportni rivojlantirish vaziri Adham Ikromov hozirgi paytda butun O‘zbekiston bo‘ylab Davlat bayrog‘i qabul qilingan kunga bag‘ishlangan sport-vatanparvarlik tadbirlarini munosib darajada o‘tkazishga puxta tayyorgarlik olib borilayotganini, shuningdek, O‘zbekiston davlat bayrog‘i har bir sportchi uchun g‘alabalar va yutuqlarining timsoli, g‘urur va shon-sharaf, milliy birdamlik ramzi hisoblanishini alohida ta’kidlab o‘tdi.


Mazkur ommaviy yugurish musobaqasida butun O‘zbekiston bo‘ylab 32 mingga yaqin ishtirokchi qatnashishi kutilmoqda, bu esa 2022 yil yozda Yoshlar kuniga tashkillashtirilgan Yangi Nafas sport ommaviy yugurish musobaqasida ishtirok etgan yuguruvchilar sonidan ikki baravar ko‘proqni tashkil qiladi.

Yoshlar ishlari agentligi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’limi vazirligining ko‘magida sport tadbirida keng ko‘lamda yosh ishtirokchilar qatnashmoqda. Xususan, Yangi Nafas ommaviy yugurish musobaqasiga O‘zbekistonning 85 ta oliy o‘quv yurtlaridan deyarli 27 mingta talaba ishtirok etishi rejalashtirilgan.

Matbuot anjumani davomida hududiy kasaba uyushmalarining vakillari tomonidan onlayn rejimda Yangi Nafas ommaviy yugurish musobaqasi o‘tkaziladigan ishtirokchi-shaharlarda tayyorgarlik jarayoni haqida ma’lumot berildi. Ommaviy yugurish musobaqalarining yo‘nalishlari, ommaviy yugurish xavfsizligini ta’minlash, qolaversa imkoniyatlari cheklangan ishtirokchilarning musobaqadagi ishtirokini samarali tashkil etish borasidagi masalalar kelishib olindi.


Sport ommaviy tadbirlariga inklyuziv qadriyatlarning joriy etilishi Yangi Nafas ommaviy yugurish musobaqalarining muhim qismi bo‘lib hisoblanadi. Adliya vazirligining ko‘magida har bir Yangi Nafas ommaviy yugurish musobaqasiga nogironligi bo‘lgan yuguruvchilar jalb qilinadi. Tashkilotchilar tomonidan «G‘alabaga iroda uchun» maxsus nominatsiyasi ta’sis etildi.

Yengil atletika federatsiyasi raisi o‘rinbosari Andrey Abduvaliyev tomonidan so‘nggi yillarda O‘zbekistonda aholi orasida yengil atletikaning ahamiyatli darajada ommalashishi kuzatilayotgani, avval fuqarolar uchun yengil atletikachilarning sport sohasidagi yutuqlarini shunchaki kuzatib borish odatiy hol bo‘lgan bo‘lsa, bugungi kunda yoshlar va o‘rta yoshdagi insonlar katta xohish bilan ommaviy sport tadbirlariga qo‘shilish istagi ortib borayotgani ta’kidlandi.

Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan ommaviy yugurish musobaqasi uchta joyda tashkil etilib, ular «Yangi O‘zbekiston» parki, «Ashxobod» parki va Humo Arena maydonlari hisoblanadi.


Yangi Nafas sport ommaviy yugurish musobaqasi Sportni rivojlantirish vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Mudofaa vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy gvardiya, Toshkent shahar hokimiyati, Yoshlar ishlari agentligi, O‘zbekiston kasabalar federatsiyasi, «O‘zbekneftgaz» AJ, O‘zbekiston Triatlon federatsiyasi hamda yugurish havaskorlari klublari ko‘magida Yengil atletika federatsiyasi tomonidan tashkil etilgan.

Facebook: fb.com/YangiNafas2022
Instagram: @yanginafas2022

Reklama huquqlari asosida.