HONOR brendi o‘zining modellari qatorini faol ravishda kengaytirmoqda, bunda u barcha narxlar diapozonida yangi qurilmalarni taqdim etmoqda: oddiy, ammo zamonaviy yechimlardan innovatsion flagmanlargacha.

Va yaqinda O‘zbekistonda asosiy kamerasi 64 Mp, katta ekrani 90 Gs bo‘lgan, Snapdragon 680 protsessori va tez quvvatlandiruvchi uskunaga hamda kundalik vazifalarni bajarish uchun boshqa qator afzalliklarga ega uyg‘unlashtirilgan HONOR X8 sotuvga chiqarildi.

Zamonaviy dizayn


HONOR X8`ning ko‘rinishi aylana hosil qilmagan qirrali zamonaviy dizaynga ega. Ushbu afzallik tufayli smartfon qo‘ldan toyib ketmaydi va uni stol ustidan osongina olish mumkin. Korpusning yassi tomonlari zamonaviy telefonning uslubini o‘ziga xos tarzda to‘ldirib, to‘rtta kamerali dizayni bilan hamohanglik hosil qiladi.

Smartfon qo‘lda deyarli sezilmaydi: u juda ingichka — atigi 7,45 millimetr va yengil — atigi 177 gramm. Ushbu parametrlar tufayli HONOR X8 uzoq muddatli foydalanish paytida noqulaylik tug‘dirmaydi.

Gadjetning o‘ziga xos xususiyati — uning zarbaga chidamliligi. HONOR X8 marmar polga bir metr balandlikdan tushib ketganida sinmasligi aytilmoqda. Bu esa smartfon shim cho‘ntagidan tushib qolsa, unga hech qanday ziyon yetkazilmasligini anglatadi.

Katta ekran


HONOR X8 taqdim etilgan yangi smartfonda katta FullView ekrani bo‘lib, u 2388×1080 pikselli o‘lcham va 6,7 dyuymli diagonalga ega. HONOR X8`ning muhim afzalliklaridan biri — displey va korpusning mosligi — 93,6% foydali ekran maydoni va 1,1 millimetrgacha bo‘lgan yupqa hoshiya. Bu ikki ko‘rsatkich tufayli ekranda hoshiya umuman yo‘qdek tuyuladi.

Zamonaviy voqeliklarda hamma juda katta hajmdagi kontentni qabul qilayotgan bir vaqtda telefonda aks etayotgan tasvirning mayinligi ayniqsa muhim. Ijtimoiy tarmoqlardagi ilovalarda qulay skrolling va o‘yinlardagi yuqori sifatli rasm IPS-ekranning yutug‘i bo‘lib, uning tasvirlarni yangilash chastotasi 90 Gsga tengdir.

Funksional kameralar


HONOR X8 beshta kameraga ega: to‘rttasi telefonning orqa tomonida to‘rtburchak blokda va old tomondagisi ekranning yumaloq yoriq joyida joylashgan. 16 megapikselli frontal sensor yordamida foydalanuvchi detallashtirilgan foto va video hamda yon tomon effektini beradigan selfi olish imkoniga ega. Shuningdek, old tarafdagi kamera uchun yuzni bezash rejimi mavjud — unda kamera algoritmlari terni tekislash va boshqa kamchiliklarni bartaraf etishning optimal darajasini avtomatik ravishda tanlaydi.

64 megapikselli o‘lchamga ega asosiy kamera kunduzi videoning detallashtirilgan sifatini ta’minlaydi va bunda soniyasiga 30 ta kadrni 1080 piksel o‘lchamida olish imkonini beradi. Bundan tashqari, kamera ilovasida videoni frontal va asosiy kameradan bir vaqtning o‘zida olish rejimi mavjud. Bu esa vloglarni olishda ayni muddao.

HONOR X8`da o‘lchami 5 Mp bo‘lgan ultra keng burchakli obyektiv va har biri 2 Mp bo‘lgan ikkita modul ham mavjud. Bu obyektivning qo‘llanilishi kadrda (asosiy kameradan ko‘ra) ko‘p sonli obyektlar aks etgan yuqori sifatli suratlarni olishga imkoniyat yaratadi. Bittasi — 2 megapikselli makromodul «portret» rejimidagi xira fonlarga, ikkinchisi — «supermakro» rejimida tasvirga tushirish uchun yordam beradi.

Yuqori samaradorlik


HONOR X8`da Qualcomm Snapdragon 680 protsessori o‘rnatilgan. Smartfonda RAM Turbo RAM kengaytirish texnologiyasi ham mavjud bo‘lib, u operativ xotira hajmini 6 GB dan 8 GB gacha oshiradi. Bu foydalanilmagan ilovalarni hajmini kichraytirish va ko‘p vazifali rejimda fon jarayonlarini to‘xtatish orqali amalga oshiriladi.

Foydalanuvchi uchun ilovalar, o‘yinlar, videolar, fotosuratlar, musiqa va boshqa kontent uchun 128 GB bo‘lgan ichki xotira mavjud. 90 Gs ekran, katta hajmdagi operativ xotira, energiya tejaydigan protsessor va yetarli hajmdagi xotira smartfonni qotmasdan ishlashini ta’minlaydi — barcha ilovalar va o‘yinlar muammosiz ishlaydi.

Akkumulyator va tez zaryadlash

Snapdragon 680 protsessori nafaqat ilovalarning tez ishlashini va mobil o‘yinlardan qulay foydalanishni, balki energiya samaradorligi tufayli avtonomlikning yuqori ko‘rsatkichlarini ham ta’minlaydi. 4000 mAch telefon egasiga 13 soat YouTube videolarini tomosha qilish, 19 soat veb-sahifalarni ko‘rish yoki 9 soatgacha mobil o‘yinlarini o‘ynash imkoniyatini tuhfa qiladi.

HONOR X8 komplektida kabel bilan birga 22,5 Vt quvvatlash bloki mavjud. Ushbu jihoz tez zaryadlash texnologiyasiga ega. U telefonni 1 soat va 50 daqiqa ichida to‘liq va 10 daqiqada video ko‘rish uchun 3 soatga yetadigan vaqtga zaryadlash imkonini beradi.

Telefon sozlamalaridagi «Batareya» bo‘limida «Aqlli zaryadka» va «Batareyaning aqlli sig‘imi» funksiyalarini yoqish mumkin. Ular akkumulyatorning xizmat muddatini uzaytiradi va quvvat uchun optimal parametrlarni tanlaydi.

Xavfsizlik


HONOR X8`da quvvat tugmachasining o‘ng tomonida joylashgan barmoq izlari skaneri va old kameradagi yuzni tanigan holda tez ochish texnologiyasi mavjud.

Qulay ish uchun sozlamalarda beshta barmoq izini ro‘yxatdan o‘tkazish mumkin — bu foydalanuvchi qurilmani qanday ushlab turishidan qat’i nazar, telefonni har qanday qo‘l bilan qulfdan chiqarishga yoki ishonchli shaxslarning barmoq izlarini qo‘shishga imkon beradi. Telefondan tashqari siz barmoq izingiz bilan tanlangan ilovalarni yoki «shaxsiy» bo‘limni ochishingiz mumkin.

Qurilma afzalliklari

Faol foydalanuvchilar uchun HONOR X8 foydali funksiya — ekranda ikkita ilovani bir vaqtning o‘zida ishga tushirish imkoniyatiga ega. Masalan, ekranning yuqori qismida YouTube videosini tomosha qilish va pastki qismida messenjerda suhbatlashish mumkin.

Funksiyani faollashtirish uchun barmog‘ingizni ekranning chetidan tortib, yon menyuni ochish uchun ushlab turish kifoya, undan har qanday ilovani displeyning pastki yoki yuqori qismiga ko‘chirishingiz mumkin.

HONOR X8 sozlamalarida skrinshotlarni olish uchun qulay imkoniyatlar mavjud: barmoq suyakchalari bilan sekin qoqish, uchta barmog‘ingizni ekrandan pastga siljitish, ekranning bir qismini olish uchun ekranning kerakli maydonini barmoq suyakchalari bilan aylantirib yurgizish. Shuningdek, barmoq suyakchalari bilan chizilgan S harfi bilan uzun skrinshotni olish mumkin.

HONOR X8 kontaktsiz ulanish va to‘lov uchun NFC-modulga ega bo‘ldi. NFC tufayli foydalanuvchi har safar transport kartasini qidirishiga hojat yo‘q. Buning o‘rniga siz ATTO ilovasida jamoat transporti uchun smartfoningiz orqali to‘lashingiz mumkin.

O‘zbekistondagi narxi


O‘zbekistondagi mijozlar uchun HONOR X8`ning uchta rangi mavjud: «titan kumush», «moviy okean» va «qop-qora». Yangi jihoz bir yillik kafolat, zamonaviy dizayn va ingichka korpus, sifatli kameralar, samarali ichki tuzilma va yuqori sifatli avtonomlikka ega tezkor zaryadlash xususiyatlarini hamda ikkita SIM-karta va Google-cyervislarini o‘z ichiga olgan smartfondir.

Smartfon Elmakon, Texnomart do‘konlarida va HONOR X8 smartfon brendining hamkor kanallarida 3 099 000 so‘mdan sotilmoqda. HONOR X8 telefonini 15 sentabrgacha xarid qilib, simsiz kolonkani sovg‘a sifatida olish mumkin.

Reklama huquqlari asosida.