26 dekabr kuni Toshkent metropolitenining yangi yerusti Sergeli yo‘nalishi ochildi. Beshta bekatni o‘z ichiga olgan 7,1 kilometrlik maydon aholi zich joylashgan Sergeli tumanini markaz va boshqa poytaxt tumanlari bilan bog‘lab turibdi. Endi Sergelidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri Chilonzor yo‘nalishining «Buyuk ipak yo‘li» bekatiga yetib borish mumkin (uning uzunligi 15 km).

Loyihaning umumiy qiymati 82,6 million dollarni tashkil etdi, shundan davlat byudjeti — 47,5 million dollardan ko‘proq, O‘zbekiston tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi tomonidan ajratilgan mablag‘ — 35 million dollardan oshdi. Yo‘nalishga bo‘lgan talab juda katta — kunning eng tig‘iz soatlarida vagonlar va Chilonzor yo‘nalishining ayrim bekatlari odamlar bilan to‘lib toshadi. Metro ma’muriyati oraliq vaqtni qisqartirdi va shu yili Rossiyadan yangi tarkibiy poyezdlar yetkazib berilishini kutmoqda.

Shu bilan birga, «Gazeta.uz» o‘quvchilari sentyabr oyida ochilgan Qo‘yliq yo‘nalishi singari yangi yo‘nalish ham shahar muhitidan uzilib qolganidan shikoyat qilmoqdalar — bekatlarga olib boradigan piyodalar o‘tish joylari yo‘q, chorrahalarda svetoforlar yo‘q, piyodalar infratuzilmasi va harakatlanish imkoniyati cheklangan odamlar uchun sharoitlar talabga javob bermaydi. Muxbirlarimiz yangi yo‘nalish bo‘ylab yurib, uning atrofidagi infratuzilma bilan bog‘liqligini o‘rganishdi.


Qo‘yliq metro yo‘nalishi yaqinidagi hudud (u to‘siq ortidagi osma ko‘prik ostidan o‘tadi).

Bekatlarning nomlari ham yo‘lovchilarni taaajublantirmoqda. Dastlab ularni «Choshtepa», «Toshkent halka yo‘li», «Sergeli», «Afrosiyob», «Qipchoq» va «Chinor» deb nomlash rejalashtirilgan edi. Ammo kutilganidan farqli o‘laroq, Sergeli yo‘nalishining bekatlariga Qo‘yliq yo‘nalishi kabi «Bekat-1», «Bekat-2» va h.k. deb nom berildi.


Chilonzor yo‘nalishining «Olmazor» bekatidagi navigatsiya.

Yangi bekatlarda yo‘l kira uchun faqat elektron to‘lovlarini qabul qiladigan turniketlar o‘rnatilgan. Kassada navbatda turmaslik uchun yo‘lovchilarga transport kartalaridan foydalanish tavsiya etiladi. Ularning hisobini to‘lov tizimlari orqali to‘ldirish mumkin. Bu haqda batafsil qo‘llanmada yozganmiz.


Bekatlar juda sovuq. Qo‘yliq yo‘nalishining ochilishi paytida Metropoliten marketing bo‘limi boshlig‘i Zarina Mansurova loyihachilar ochiq bekatlarlarda issiqlik pardasini o‘rnatishga va’da berishganini ta’kidlagandi. Bu reja amalga oshiriladimi yoki yo‘q noma’lum.


Biroq, yo‘lovchilar uzoq vaqt muzlashlariga to‘g‘ri kelmaydi. Poyezdlar yetarlicha tez kelishmoqda. Tan olish kerak, biz bekatda iliq kunda bo‘ldik. Ayozli kunlarda, ehtimol, kutish qiyinroq kechishi mumkin.


Metropoliten xodimlari uchun bekatlar markazidagi budka.

Elektron soatlar keyingi poyezdni qancha kutish kerakligini yoki oxirgi poyezd qachon jo‘naganini ko‘rsatmaydi.

Barcha bekatlarda chiroyli o‘rindiqlar va keng chiqindi qutilari o‘rnatilgan.

Bekatlarga tashqaridan nazar solamiz. Qipchoq ko‘chasi bo‘ylab «Bekat-5» bekatiga boradigan yo‘lda, piyodalar yo‘lagi ba’zi yerlarda uzilib, yo‘ldan chiqib ketadi. Biriktirilgan hudud obodonlashtirilmagan. Bu yer yomg‘ir paytida loy, yozda esa juda chang bo‘ladi.


Tunda ko‘cha yoritilmaydi.


Foto: «Ko_dnu» Telegram-kanali.

Piyodalar yo‘lagi ularni avtomashinalar ham to‘xtaydigan avtobus bekatiga olib boradi. Bu yerda piyodalar o‘tish joyi yo‘q. «Zebra» bo‘ylab metro bekatiga o‘tish uchun to‘g‘ri borish kerak, ammo odamlar intuitiv tushunarli navigatsiya bo‘lmaganligi sababli turli tomonlarga tarqab yurishadi.


Toshkent transport boshqarmasi matbuot xizmati «Gazeta.uz»ga avtobekat allaqachon foydalanishga topshirilganligini ma’lum qildi. Ammo bekatda bu yo‘ldan o‘tadigan avtobus yo‘nalishlari haqida hech qanday ma’lumot yo‘q.

«Gazeta.uz» avtobus kutayotgan ayoldan jamoat transporti shu yerda to‘xtashini bildi. Lekin, bir nechta avtobus bekatga kirmasdan o‘tib ketdi.


Ko‘pchilik yo‘lni o‘zlari uchun qulay bo‘lgan yerlarda kesib o‘tmoqda. Ehtimol, loyiha bo‘yicha bu yerda piyodalar o‘tish yo‘lagi nazarda tutilgan bo‘lishi mumkin, chunki bekat yon tomonidagi yo‘lak pastga tushirilgan. Ammo hozircha piyodalar o‘tish yo‘lagi yo‘q.


Ushbu joydan 20 metr masofada yo‘lning ikkala tomonida piyodalar o‘tish yo‘lagi mavjud. Umuman olganda, o‘tish yo‘laklari to‘siqsiz, suv tarnovlari yopib qo‘yilgan. Yo‘lak chetidagi belgilar yo‘lning bir qismi velosipedchilar uchun ajratilganligini bildiradi.


«Bekat-5» bekati tashqi tomondan orasta ko‘rinadi. Bu yerda chiqindi qutilari, o‘rindiqlar juda ko‘p, ikkita velosiped to‘xtash joyi mavjud, gazonda maysalar o‘syapti.


Pandus metropoliten chiptaxonasining qarama-qarshi tomonida joylashtirilgan ekan.


Belgi nogironlar aravachasidagi odamlar uchun kirish bu yerdan emas, balki 100 metr masofada joylashganligi haqida darak beradi.


Harakati cheklangan odamlar uchun kirish joyi shunday ko‘rinishga ega.


Bu yerda turniketlar o‘rnatilgan va alohida kassalar mavjud, ammo xona bo‘sh edi, kirish joyi esa yopiq edi. «O‘zbekiston temir yo‘llari» kompaniyasi «Gazeta.uz»ga bekatlardagi liftlar ishlayotgani to‘g‘risida xabar berdi. Ularning xizmatga yaroqliligi davlat rahbariga yangi yo‘nalish bo‘ylab sayohat qilganida, shuningdek, jurnalistlarga press-tur jarayonida namoyish etilgan edi. «Gazeta.uz» liftlarning ishlash holati yaxshiligiga ishonch hosil qildi. Ammo smenalar o‘zgargani sababli muxbirlar 15 daqiqa davomida liftni kutishlariga to‘g‘ri keldi.


Toshkent metropoliteni marketing va reklama bo‘limi mutaxassisi Ilxom Qosimovning ta’kidlashicha, statistik ma’lumotlarga ko‘ra nogironlar aravachasida bo‘lganlar hozircha liftlardan foydalanishmagan. Agar harakatlanishi cheklangan odamlar liftga chiqishlari kerak bo‘lsa, ular bekat ma’muriyatiga murojaat qilishlari mumkin. Buning uchun ular asosiy kirish joyiga borishlari kerak bo‘ladi. Nogironlar aravachasida bo‘lgan odam uchun bu juda uzoq masofa va noqulay degan savolga Ilhom Qosimov liftni ishga tushirishni hamrohlik qilayotgan kishi ham iltimos qilishi mumkin, deb javob berdi.

Bekatning o‘zida ko‘rsatkich lift nafaqat nogironlar aravachasida bo‘lganlar uchun, balki aravachali ota-onalar, homilador ayollar va qariyalar uchun ham ko‘zda tutilganini tasdiqlaydi.


Liftlarga kirish uchun ko‘chani xavfsiz kesib o‘tishning ham iloji yo‘q. Bu yerda piyodalar o‘tish joyi yo‘q. Bu yerga faqat «Bekat-5» bekatining umumiy kirish joyi tomonidan borish mumkin.


Osma ko‘prik ostida sport va bolalar maydonchasi qurilgan. Avtomobillarning burilish nuqtasidan xavfsiz o‘tib bo‘lmaydi. Maydonchaga faqat piyodalar yo‘lagidangina to‘siqsiz kirish mumkin.


Maydoncha bolalarga juda yoqadi. Bu yerda shuningdek, kattalar uchun ham shug‘ullanishlari uchun moslamalar bor.


Yo‘lak yo‘l to‘sig‘i bilan tugaydi. Undan keyin gazon tugaydi.


Oldinda Luftkor ko‘chalari va Luftkorning 2-o‘tish joylari kesishadi. «Gazeta.uz» muxbiri bu yerda svetofor o‘rnatgan «Yashil svetofor» kompaniyasi mutaxassisi bilan uchrashdi. Uning ta’kidlashicha, yaqinda Mehrigiyo va Mirza Tursunzoda ko‘chalari kesishmasi (Sergeli-7 avtobekati) da ham svetoforlar paydo bo‘ladi.

Luftkor ko‘chasida svetoforlar bor, ammo chorrahada piyodalar uchun boshqa infratuzilma mavjud emas. Piyodalar o‘tish belgisi o‘rnatilmagan, zebra yo‘q.


Osma ko‘prik ostidagi piyodalar yo‘lagi baland yo‘l to‘sig‘iga tiraladi — katta yo‘lga to‘siqsiz o‘tish imkoniyati yo‘q.


Yo‘lni kesib o‘tib, gazonga duch kelasiz. Ochiq lyukka tushib ketmaslik uchun ehtiyot bo‘lishga to‘g‘ri keladi.

Chorrahaning narigi tomonida piyodalar o‘tish joyi belgisi mavjud. Ammo yo‘l chizilmagan.


«Bekat-5» bekatidan «Bekat-4» bekatigacha velosiped yo‘lagi bilan piyodalar yo‘lagi uzilmaydi.


Bekat yon tomonidagi piyodalar yo‘lagi ham pastlagan bo‘lishiga qaramay, harakati cheklangan odamlar uchun «Bekat-4» bekatiga o‘tish imkoniyati yo‘q. Kassada ham hech kim yo‘q.


Shuningdek, «Bekat-4» bekatining kirish qismiga piyodalar o‘tish joyi qurilmagan. Ayol ko‘chani kesib o‘ta turib, uch inson hayotinini xavf ostiga qo‘ymoqda.


Bekat atrofida hech qayerda piyodalar o‘tish joyi yo‘q. Qatnov qismi gazonga tutashadi.


Osma ko‘prik ostida chang ko‘p.


Katta avtoturargoh.


Betonli piyoda yo‘laklari va velosiped yo‘laklari tugayapti. «Bekat-4» bekati atrofidagi infratuzilma davlat rahbariga ko‘rsatilmagan.


O‘tish joyi borligini ko‘chaning narigi tomonidagi belgidan ko‘rish mumkin.



Keyin burilish bor. Asfalt o‘rniga — yana tuproq.


Bu joyda piyodalar o‘tish joyi borligini yana faqat belgi ko‘rsatib turibdi.


Avtobus bekati. Xususiy transport vositalaridagi xaridorlar avtobuslar yo‘lini to‘sib qo‘yishmoqda.


Qariyalar «Bekat-3» bekatidan yo‘lni kesib o‘tishyapti. Balki, bu yerda ham piyodalar o‘tish joyi ko‘zda tutilgan bo‘lishi mumkin.


Liftga kirish uchun muxbirimiz eshikni o‘zi ocha oldi. Eshik ham omonatgina turardi.


«Bekat-3» bekati qarshisidagi infratuzilma.


«Bekat-3» «Sergeli-7» avtobuslarining so‘nggi bekatida joylashgan. Har kuni bu yerdan minglab odamlar yo‘lni kesib o‘tishadi.


Ammo piyodalar o‘tish joyi hech qayerda yo‘q.


To‘siqsiz muhit ham yo‘q.


Burilish ham hali asfaltlanmagan.


Hozircha chorrahada bitta ham svetofor yo‘q. «Yashil svetofor» mutaxassisi ayni vaqtida ularni o‘rnatish bo‘yicha hisob-kitoblar bilan shug‘ullanayotgan edi.


Ularning o‘rnatilishi bilan ham xavfsiz, ham estetik muhitni yaratish lozim bo‘ladi. Piyodalar yo‘lagini yotqizish, yo‘lning qatnov qismiga asfalt yoyish, lyuklarni qopqoq bilan, ariqlarni esa panjaralar bilan yopish zarur.



«Bekat-3» va «Bekat-2» bekatlari o‘rtasidagi piyodalar o‘tish joyi.


Ishchilar yo‘lning qatnov qismi bilan osma ko‘prik ostidagi tor yo‘lak o‘rtasiga to‘siqlar o‘rnatishyapti.


«Bekat-2» bekatida piyodalar uchun to‘siqsiz o‘tish joyi mavjud. Sug‘orish arig‘i panjara bilan yopilgan.


Lekin, ko‘chaning faqat bir tomonida. Boshqa tomonida ochiq ariq va gazon mavjud.


Metropoliten yo‘nalishi bo‘ylab «Bekat-2» bekatidan nariga o‘tish mumkin emas — u yerda mahalla joylashgan.


Sergeli metro yo‘nalishining ishga tushirilishi yuz minglab aholi kutgan juda muhim loyiha. Bugungi materialda keltirilgan kamchiliklarning qurilish va ishga tushirish bosqichlarida oldini olish mumkin edi.

Metropolitenning yangi yo‘nalishlarini qurish rejalashtirilayotgan ayni paytda loyihalovchilar va shahar rasmiylari ushbu transport turidan foydalanadigan odamlar uchun qulayliklar va ularning kayfiyatiga ta’sir ko‘rsatadigan barcha jihatlarga e’tiborga berishlari lozim. Ushbu jihatlar odamlarning jamoat transportini tanlashi yoki shaxsiy avtomobillari va taksidan foydalanishda davom etishlarini belgilaydi.

Jamoat transporti birinchi navbatda undan foydalanishi mo‘ljallangan fuqarolar tomonidan foydalanishga qabul qilinishi lozim. Shuningdek, ular loyihaning turli ko‘lamlari, bekatlar nomidan tortib, piyodalar yo‘lagi va o‘tish joylari yotqiziladigan joylargacha bo‘lgan muzokaralarda qatnashishlari kerak.