O‘zbekiston-Koreya biznes forumida Shavkat Mirziyoyev “yuqori texnologik va innovatsion hamkorlikning yangi davri” boshlanayotganini aytdi. Infratuzilma va shaharsozlik, transport, mashina butlovchi qismlarini mahalliylashtirish, xomashyoni qayta ishlash sohasida hamkorlikni rivojlantirishga kelishib olindi.
Yakshanba kuni kuchli yog‘ingarchilik paytida Toshkentning Bobur ko‘chasida joylashgan turar joy binosida ikkita balkon qulab tushdi. “Gazeta.uz” muxbirlari voqea joyiga borib, ehtimoliy oqibatlar bo‘yicha aholi bilan suhbatlashdi.
Osiyo taraqqiyot banki Xovosda ko‘p funksiyali jamoat markaziga ega istirohat bog‘i, Xivada raqamli muzeyga ega tashrif buyuruvchilar markazi, Jizzaxda suv tarmoqlarini rivojlantirish va to‘rtta shaharda qattiq maishiy chiqindilarni boshqarish tizimini yaxshilash uchun $59 mln dollarlik kredit ajratdi.
Prezident qarori bilan 2022−2024 yillarda O‘zbekistonning ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi qabul qilindi. Uni amalga oshirishga esa jami 76,8 trln so‘m, shu jumladan, 2022 yilda — 23,8 trln so‘m ajratiladi. Joriy yilda eng ko‘p mablag‘ ijtimoiy sohalar (5,9 trln so‘m), mudofaa organlari va yopiq qism (4,5 trln so‘m), muhim obyektlarni qurish (3,9 trln so‘m), yo‘l-transport infratuzilmasiga (2,7 trln so‘m) yo‘naltiriladi.
1 oktyabrdan davlat qiymati 200 milliard so‘mdan oshadigan investitsiya loyihalarini tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan ta’minlaydi. Prezident bilan uchrashuvda tadbirkorlar infratuzilmalar bilan bog‘liq muammolardan shikoyat qilgan edi.
Toshkentda mahallalarni obodonlashtirishning yangi to‘lqini boshlandi. Aholi to‘siqlarni kelishilmagan holda demontaj qilinayotgani va uyga tutash gulzorlarni buzib tashlanayotganidan shikoyat qilmoqda. «Gazeta.uz» hovlilar qanday ko‘rinishga ega bo‘lishi lozimligi borasida rasmiylar fikri va shahar aholisining bunga munosobatini o‘rgandi. Shuningdek, biz shaharshunos Arkadiy Gershman bilan suhbatlashdik, u nima uchun namunaviy obodonlashtirish xato ekanligini va nima uchun qarorlarni hukumat emas, balki aholi qabul qilishi kerakligi haqida gapirdi.
Imkoniyat bo‘lishi bilan hamma joyni to‘siq bilan o‘rab olishni yaxshi ko‘ramiz. O‘rab qo‘yilgan universitetlar bizga mamlakatda oliy ma’lumot, tibbiyot muassasalari — ularning xizmatlari, davlat idoralari — amaldorlarning odamlarga naqadar yaqinligiga ishora qiladi. To‘siqlar “o‘zimiznikilar"ni “begonalar"dan ajratib turadi. Nima uchun ular bunchalik ko‘p, ularga muqobil yechim bormi va ularni qayerlarda qoldirish mumkin — dizayner Azamat Shamuzafarov maqolasida.
O‘tgan yilning oxirida uzoq kutilgan Sergeli metro yo‘nalishi ishga tushirildi. U tezda yo‘lovchilar bilan to‘ldi — kunning eng tig‘iz soatlarida vagonlar odamlar bilan to‘lib toshadi. Biroq, bu yo‘nalish atrofdagi shahar muhitidan uzilib qolgan (yaqinda ochilgan Qo‘yliq yo‘nalishi kabi).
19 yil ichida birinchi marta Toshkentda to‘qqizta yangi metro bekati foydalanishga topshirildi. Ular shahar bilan qay darajada bog‘liq, o‘tish yo‘laklarida qanday qilib adashmaslik mumkin, nima uchun yerosti metrosi liftlar bilan ta’minlangan bo‘lishiga qaramay harakatlanish imkoniyati cheklangan odamlar uchun noqulayligicha qoldi va yangi bekatlar nimalar bilan xursand qiladi — «Gazeta.uz» fototahlilida.
Avtomashina g‘ildiraklari ostida qolib, halok bo‘layotgan bolalar haqidagi xabarlar kam emas. Ko‘plar bu kabi yo‘l transaport hodisalarida faqat haydovchilar va farzandlariga «ko‘z-quloq» bo‘lmagan ota-onalarni ayblashadi. Ammo yo‘llardagi o‘limning yuqori darajasi — bu noto‘g‘ri qurilgan muhit natijasidir. Turar joylardagi hovlilar qanday bo‘lishi kerak va halokatli yo‘l transport hodisalarini qanday kamaytirish mumkin?
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting