29 avgust kuni Toshkent metrosining Yunusobod yo‘nalishidagi ikkita yangi — «Yunusobod» va «Turkiston» bekatlari yo‘lovchilar uchun ochildi. Bir kun o‘tib, qurilishi 2017 yilda boshlangan yerusti Qo‘yliq yo‘nalishining yettita bekati foydalanishga topshirildi.

«Gazeta.uz» muxbirlari metropolitenga tushib, xalqa yo‘li bo‘ylab harakatlanishdi va yangi bekatlar shahar bilan qanday bog‘liqligi, nima uchun harakatlanish imkoniyati cheklangan odamlar, hatto liftlar o‘rnatilganligiga qaramay metrodan foydalana olmasliklari va yangi bekatlar nimalar bilan xursand qila olishi mumkinligini o‘rganishdi.

Yunusobod yo‘nalishi

Yunusobod metro yo‘nalishining davomi qurilishi O‘zbekiston prezidentining 2016 yil 7 noyabrdagi farmoniga asosan boshlandi. Yo‘nalishning dastlabki oltita bekati 2001 yilda foydalanishga topshirilgan edi, ammo u hududning aholisi nisbatan zichroq joylashgan joylar bilan bog‘liq emas edi. «Yunusobod» va «Turkiston» bekatlarining ochilishi bilan yo‘l 3 kmga uzaytirildi. Yo‘nalishning uzaytirilishi 103,8 million dollarga baholandi.

Yangi bekatlar ishga tushirilishi bilan sal oldin e’lon qilingan poytaxt avtobus yo‘nalishlarini optimallashtirish boshlanadi. 15 sentyabr kuni 7 ta Isuzu avtobuslari asosida 6-sonli «Yunusobod 6-kvartal — Yunusobod 17-kvartal» yo‘nalishi ochiladi. U manzilga yetkazuvchi transport vazifasini bajarishi kerak. Yo‘l harakati oralig‘i 6 daqiqani tashkil qiladi, deb xabar beradi Toshkent transport boshqarmasi.

Eski metro bekatlariga kirish joylarining aksariyatida ayvonlar yo‘q edi, yangi bekatlarda esa ayvonlar o‘rnatilgan.


«Yunusobod» bekati. Foto: Hamdam Sharaxmedov / «Gazeta.uz».

Qonun hujjatlarining talablariga qaramay, metroda harakatlanish imkoniyati cheklangan odamlar uchun qulayliklar mavjud emas. Bu yerda lift yo‘q. Yo‘lovchilar 50 tazinapoyani bosib o‘tishlari kerak. Nishabning keskin tikligi sababli oddiy panduslarni o‘rnatishning hech qanday foydasi yo‘q.


«Turkiston» bekati. Foto: Sabina Bakayeva / «Gazeta.uz».

O‘tish yo‘laklari juda yorug‘, biroq bo‘m-bo‘sh. Toshkent metropoliteni marketing bo‘limi boshlig‘i Zarina Mansurovaning «Gazeta.uz»ga xabar berishicha, kelajakda vestibyul va o‘tish joylarida vending avtomatlar va savdo shoxobchalari paydo bo‘ladi.


Foto: Hamdam Sharaxmedov / «Gazeta.uz».

Bekatlarda yangi turniketlar o‘rnatilgan. Ular bir martalik QR-kodli chiptalarni va transport kartalarni qabul qiladilar. Ularni metropoliten kassalaridan sotib olish mumkin.

Yangi bekatlarda jetonlar qabul qilinmaydi. Jetonlarni bir martalik chiptalarga almashtirish mumkin emas. Noyabr oyigacha metropolitenlarda jetonlardan butunlay voz kechish rejalashtirilmoqda. Buning uchun barcha bekatlardagi turniketlar bosqichma-bosqich yangilanmoqda. Mavjud eski turniketlarning qariyb yarmi yangilariga almashtirildi.


Foto: Hamdam Sharaxmedov / «Gazeta.uz».

QR-kodli chiptalardan qaysi bekatda sotib olingan bo‘lsa, o‘sha bekatda foydalanish mumkin. Chipta narxi — 1400 so‘m.

Hozir transport kartasi narxi 5000 so‘mgacha pasaytirildi. Barcha mablag‘ hisob raqamiga o‘tkaziladi, shuning uchun kartaning o‘zi bepul. Transport kartalarini metro kassalarida va ATTO mobil ilovasi orqali to‘ldirish mumkin. Metro vestibyullarida va o‘tish joylarida kartalarni to‘ldirish uchun infokiosklar mavjud emas. Kassada navbatda qolib ketmaslik uchun mobil ilovadan foydalanish tavsiya etiladi.


Қўйлиқ yo‘nalishining «Do‘stlik-2» bekatида transport kartalariniнг сотилиши.

Transport kartasini ATTO ilovasiga ulash va Payme, Click va Apelsin to‘lov tizimlari orqali hisobni to‘ldirish uchun kartani faollashtirish kerak. Buni metro chiptaxonalarida validatorlar — mobil tasdiqlovchilar orqali, sayohat kartalarini sotish joylarida yoki Kapitalbank infokiosklari orqali amalga oshirish mumkin.


«Gazeta.uz» Kapitalbank infokiosklari orqali transport kartasini telefon raqamiga bog‘lashga imkon beruvchi dastur barcha infokiosklarda o‘rnatilmaganligini aniqladi. Muxbirimiz shaharning turli joylarida joylashgan bir nechta infokiosklar orqali kartani telefon raqamiga bog‘lashga urindi, ammobu natija bermadi.


Transport kartasi bir vaqtning o‘zida bir nechta yo‘lovchilar uchun haq to‘lashga imkon bermaydi. Yanvar oyida kartalarga xizmat ko‘rsatuvchi Yagona umumrespublika protsessing markazi har bir kartadan to‘lovlarni qabul qilish oralig‘i 6 daqiqani tashkil etishini ta’kidlagan edi. Bu pulni qayta yechib olishni istisno qilish (qayta yechib olmaslik) uchun kerak.

«Yunusobod» bekati

Toshkent metropoliteni matbuot kotibi Rustambek Po‘latovning ta’kidlashicha, «Yunusobod» bekati hi-tech — yuqori texnologik uslubda qurilgan. Qolaversa, bu O‘zbekistondagi yoysimon trayektoriya bo‘ylab qurilgan yagona bekatdir.


Foto: Hamdam Sharaxmedov / «Gazeta.uz».

Yangi bekatlarda chiroyli va keng o‘rindiqlar o‘rnatilgan. Eski bekatlar juda qorong‘u, biroq bu yerning yoritish tizimlari orqali tarqalayotgan yorug‘lik insonga yaxshi kayfiyat ulashadi.


Foto: Hamdam Sharaxmedov / «Gazeta.uz».

O‘rta vagonlardan chiqishda yo‘lovchilar noto‘g‘ri tomonga o‘tishlari va bu haqda faqat zinapoyalar oldida bilib olishlari mumkin.


Foto: Hamdam Sharaxmedov / «Gazeta.uz».

Platformada hech qanday navigatsiya yo‘q. Poyezdlar qayerga ketayotgani tushunarsiz. Yo‘lovchilar bekat xodimlaridan metroning har bir chiqish yo‘li qayerga olib borishini so‘rashadi. Hozircha ular uchun yo‘lovchilarga javob berish biroz qiyinchilik tug‘diryapti.


Foto: Hamdam Sharaxmedov / «Gazeta.uz».

«Yunusobod» bekati boshlig‘i Shuhrat Sultonovning «Gazeta.uz»ga ta’kidlashicha, poyezdlar yo‘nalishlari bo‘yicha navigatsiya LED-ekranlarida translyatsiya qilinadi. Ammo poyezdlar perronda turgan bo‘lsa, ular ko‘rinmaydi.


Foto: Hamdam Sharaxmedov / «Gazeta.uz».

Perron bo‘ylab ko‘zi ojiz yo‘lovchilar uchun taktil plitkalar yotqizilgan. Zinapoyada, kassalar va turniketlarning vestibyullarida, shuningdek o‘tish joylarida ojiz yo‘lovchilar uchun boshqa ko‘rsatmalar mavjud emas.


«Turkiston» bekati

«Turkiston» bekati milliy uslubda qurilgan. Metropoliten marketing bo‘limi boshlig‘i Zarina Mansurova bekat nomi Turkiston xalqlari birligini anglatishini aytib o‘tdi.


Foto: Hamdam Sharaxmedov / «Gazeta.uz».

Platformaning yo‘laklar bo‘ylab har ikki tomonida, mintaqa shaharlarining tarixiy yodgorliklarini aks etgan chinni pannolar mavjud. Pannolarning sakkiztasida O‘zbekiston shaharlari tasvirlangan.


Foto: Hamdam Sharaxmedov / «Gazeta.uz».

Qolgan sakkiztasida esa Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston shaharlari aks ettirilgan.


Foto: Hamdam Sharaxmedov / «Gazeta.uz».

«Turkiston» bekatining markazida o‘zbek va rus tillarida navigatsiya yozuvlari o‘rnatilgan.


Poyezdlarning qaysi tomonga yurishini aniqlash mumkin.


Biroq, zinapoyalarda ko‘rsatgichlar yo‘q. Poyezdning chekka eshiklaridan chiqib ketayotgan yo‘lovchilar mo‘ljalni qanday oladilar?


Foto: Hamdam Sharaxmedov / «Gazeta.uz».

«Turkiston» bekatidagi perron bo‘ylab ham ojizlar uchun plitkalar yotqizilgan.


Foto: Hamdam Sharaxmedov / «Gazeta.uz».

Qo‘yliq yo‘nalishi

Qo‘yliq yo‘nalishi Toshkent metropolitenining yerusti halqa yo‘li qurilishining ilk bosqichi bo‘ldi. Uzunligi 11 km bo‘lgan birinchi kesishmada 7 ta bekat qurildi.


Foto: Hamdam Sharaxmedov / «Gazeta.uz».

Bekat oldida katta avtoturargoh qad rostlagan. Haydovchilar o‘z mashinalarini shu yerda qoldirib, metroda shaharning boshqa nuqtalariga otlanishlari mumkin.


Foto: Hamdam Sharaxmedov / «Gazeta.uz».

Metropoliten piyodalari uchun sharoitlar nisbatan xavfsiz emas, chunki yo‘nalish deyarli shahar bilan bog‘lanmagan. Bekat atrofida birorta ham yerusti piyodalar o‘tish joyi yo‘q. Avtobus va mikroavtobuslarda kelgan shahar aholisi yo‘lni kesib o‘tishga majbur.


Shumilovskiy shaharchasi aholisining metro bekatiga boradigan yo‘lida temir yo‘l ustidan ko‘prik bor. Bunday sinovdan so‘ng yo‘lovchilarga"Do‘stlik-2″ bekatiga yer osti yo‘lagi orqali borishlari mumkinligi aytiladi.


Ammo odamlar odatda yo‘lni kesib o‘tishni afzal ko‘rishadi — bu nisbatan qisqa yo‘l.


Xalqa yo‘lning «Do‘stlik-2» bekati yerosti yo‘li bilan O‘zbekiston yo‘nalishining «Do‘stlik» (sobiq «Chkalov») bekatiga ulanadi. O‘tish qismida hatto lift ham bor, lekin unga kirish lenta bilan yopilgan.


Foto: Hamdam Sharaxmedov / «Gazeta.uz».

Bekatga ko‘chadan ham borish mumkin. Harakatlanish imkoniyati cheklangan yo‘lovchilar uchun lift mavjud. Bekat xodimlari «Gazeta.uz» muxbirlarini lift ishlamayotganligi to‘g‘risida ogohlantirdilar. Aslida, lift xizmatga yaroqli, undan foydalanish mumkin.


Foto: Hamdam Sharaxmedov / «Gazeta.uz».

Agar harakatlanish imkoniyati cheklangan yo‘lovchi chipta sotib olishi kerak bo‘lsa, u zinadan ko‘tarilib, kassaga borishi kerak. Ammo bu holatda ham liftni ishlatish imkoni bo‘lmaydi. Turniketlar faqat bekat vestibyulida mavjud.

«O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ matbuot xizmati katta ehtimol bilan loyiha hali yakunlanmaganligini aytdi. Kompaniyaning ta’kidlashicha, loyihachilar ushbu kamchiliklarni hisobga olmasliklari mumkin emas.

Lift yo‘lovchilarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri perronga olib keladi.


Foto: Hamdam Sharaxmedov / «Gazeta.uz».

«Do‘stlik-2″ bekatidan «Do‘stlik» bekatiga o‘tish uchun yo‘lovchilar zinapoyadan pastga tushishlari kerak. Navigatsiyada bu haqida aytilmagan, shuning uchun kuniga yuzlab odamlar metro xodimlarining ko‘rsatmalari bo‘yicha yo‘llarida davom etadilar.


Bekatlarda elektron soatlar o‘rnatilgan. Qo‘yliq yo‘nalishida hali kelish tablosi yo‘q. «O‘zbekiston temir yo‘llari» kompaniyasining ta’kidlashicha, ular butun halqa yo‘li qurilishi tugagandan so‘ng paydo bo‘ladi.


Foto: Hamdam Sharaxmedov / «Gazeta.uz».

Bekatlar mexanik stansiya soatlari bilan jihozlangan.


Foto: Hamdam Sharaxmedov / «Gazeta.uz».

Sig‘imli urnalar ham o‘rnatilgan.


Foto: Hamdam Sharaxmedov / «Gazeta.uz».

«Do‘stlik-2″ bekatida navigatsiya ko‘rsatgichlari ko‘p. Ammo yo‘lovchilarda baribir savollar tug‘iladi. Bekat yaqinidagi mavjud avtobus marshrutlari, shuningdek, unga tutash ko‘chalar va muhim ob’ektlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘rnatish foydadan xoli bo‘lmasdi.


Foto: Hamdam Sharaxmedov / «Gazeta.uz».

Hozirda Toshkentga 2019 yilning kuzida yetkazib keltirilgan «Metrovagonmash» tomonidan ishlab chiqarilgan 81−765.5 / 766.5 / 767.5 rusumli to‘rtta poyezd (ular Rossiya poytaxtining «Moskva» deb nomlangan metrosida foydalaniladi) xalqa yo‘li bo‘ylab harakatlanmoqda.


Foto: Hamdam Sharaxmedov / «Gazeta.uz».

To‘rt vagonli poyezdlarning har biri (jami besh tarkib poyezd yo‘lga qo‘yilgan) ikkita bosh motorli vagonlardan, bitta oraliq bosh motorli vagondan va bitta oraliq motorsiz vagondan iborat. Vagonlarning ishlash muddati 30 yil.


Foto: Hamdam Sharaxmedov / «Gazeta.uz».

Poyezdlar tejamkor va eski poyezdlarga qaraganda ancha tovushsiz ishlaydi. Vagonlarda biridan ikkinchisiga o‘tish joyi mavjud. Eshiklarning kengligi 1,4 m, salonlarda konditsionerlash, shamollatish va havoni dezinfeksiya qilish tizimlari o‘rnatilgan. Bosh vagonlar nogironlar aravachalari uchun mo‘ljallangan joylar bilan jihozlangan.


Foto: Hamdam Sharaxmedov / «Gazeta.uz».

Vagon tarkiblari eshiklarning ochilish va yopilishida chiroqli ogohlantirish tizimi hamda elektron axborot monitorlari bilan jihozlangan.


Foto: Hamdam Sharaxmedov / «Gazeta.uz».

Vagonlardagi monitorlarda metro xaritasi ko‘rsatilgan. Biroq, xaritada hali yangi bekatlar yo‘q. Metropoliten matbuot xizmati rahbari Rustambek Po‘latovning so‘zlariga ko‘ra, yangi bekatlar tushirilgan xaritani ko‘rsatuvchi monitorlar uchun dasturiy ta’minotni poyezdlar ishlab chiqaruvchisi ishlab chiqishi kerak.


Foto: Hamdam Sharaxmedov / «Gazeta.uz».

Qo‘yliq yo‘nalishining bekatlari va o‘tish joylarida mobil aloqa va Internet mavjud bo‘lib, bu yo‘lovchilarni juda xursand qiladi.


Foto: Hamdam Sharaxmedov / «Gazeta.uz».

Toshkent metropoliteni ma’muriyati yo‘lovchilardan stikerlarni ochmaslikni so‘raydi.


Qo‘yliq yo‘nalishining birinchi bekatidan oxirigigacha bo‘lgan yo‘l 19 daqiqa davom etishi kerak, ammo hozir poyezdlar bekatlarda uzoqroq turishadi. Poyezdlar 15 daqiqa oralig‘i bilan qatnaydi.


Foto: Hamdam Sharaxmedov / «Gazeta.uz».

Xalqa yo‘lida jami 35 ta bekat quriladi. Uning uzunligi 55 kmni tashkil etadi.


Foto: Hamdam Sharaxmedov / «Gazeta.uz».

Qo‘yliq yo‘nalishining barcha bekatlari ochiq. Zarina Mansurovaning ta’kidlashicha, qishgacha bu yerda issiqlik pardasi bo‘ladi. Keyinchalik bu haqida ko‘proq ma’lumot beriladi.


Foto: Hamdam Sharaxmedov / «Gazeta.uz».

Zarina Mansurova yana gumbazlarning maxsus qoplamasi tufayli bekatga quyosh nuri tushmasligini qo‘shimcha qildi. Bundan tashqari, bekat u qadar issiq emas.


Foto: Hamdam Sharaxmedov / «Gazeta.uz».

Yerosti bekatlarining kirish va chiqish joylari eskalatorlar bilan jihozlangan.


Foto: Hamdam Sharaxmedov / «Gazeta.uz».

Liftlar bilan ham.


Foto: Hamdam Sharaxmedov / «Gazeta.uz».

Metro xodimlari yo‘lovchilarga QR-kodli chiptalar va transport kartalaridan qanday foydalanish bo‘yicha maslahat berishadi.


Foto: Hamdam Sharaxmedov / «Gazeta.uz».

Qo‘yliq yo‘nalishidagi bekatlar «Do‘stlik-2»dan tashqari, rasmiy nomlarga ega emas. Ular «2-bekat», «3-bekat» va h.k. deb raqamlangan. Biroq, bu vaqtinchalik. Toshkent shahar hokimligi huzuridagi toponimik komissiya ularni nomlashi kerak.


Foto: Hamdam Sharaxmedov / «Gazeta.uz».

Pandus kassaga qarama-qarshi tomonda.


Foto: Hamdam Sharaxmedov / «Gazeta.uz».

Bekatlar atrofida farovon muhit hukmron.


Foto: Hamdam Sharaxmedov / «Gazeta.uz».

Ko‘plab o‘rindiqlar va urnalar o‘rnatilgan.


Foto: Hamdam Sharaxmedov / «Gazeta.uz».

Yoritish tizimi mavjud.


Foto: Hamdam Sharaxmedov / «Gazeta.uz».

Bekatning faqat bir tomonida tor yo‘lak bor. Tez orada u kesiladi.


Foto: Hamdam Sharaxmedov / «Gazeta.uz».

Qo‘yliq yo‘nalishining aksar bekatlari piyodalar o‘tish joyidan ajratib qo‘yilgan.


Qo‘yliq yo‘nalishining 2-bekati piyodalar o‘tish joyi.

Yerusti yo‘nalishining qurilishi infratuzilma holatiga sezilarli ta’sir ko‘rsatdi. Hozircha bu hudud obodonlashtirilishi haqida so‘z borayotgani yo‘q. Kelajakda bu yerda issiq asfalt emas, balki yashil maydon bo‘lishini istardik.


Qorong‘uda ochiq lyukka tushish mumkin. Yaqinda yomg‘irlar boshlanadi. Osma ko‘prik ostidagi tuproq loyga aylanadi. Shu bilan birga, odamlar ushbu yo‘ldan foydalanadilar.


Ba’zi joylarda yechim topilgan.


Bu yerda yangilangan, to‘siqsiz va xavfsiz ko‘prikni ko‘rgisi keladi odamning.


Xuddi quyidagi fotosuratdagi kabi.


4-bekat oldidan yo‘lakcha to‘g‘ridan-to‘g‘ri kanalga olib boradi.


5-bekat oldida piyodalar o‘tish yo‘lagi mavjud.


Halqa yo‘li qurilganidan so‘ng, osma ko‘prik bo‘ylab yo‘l buzilgan.


Toshkent avtomobil halqa yo‘li bilan Yangiobod bozoriga burilish yopiq. Hozir uning o‘rniga metro bekati qurilgan. Oldinroqda bozor tomonga burilish bor, ammo bu yerda yo‘l yo‘q.


6-bekat Yangiobod bozoriga chiqadi. Bu yerdagi yo‘l holati o‘zgarmagan.


Avtoturargohlar, piyodalar yo‘laklari yo‘q, doimo tirbandliklar kuzatiladi.


Yaqin orada yo‘l qoplamasi yangilanadi, piyodalar yo‘lagi kengaytiriladi va Toshkent avtomobil halqa yo‘lida piyodalarni avtotransport oqimidan himoyalanishiga umid qilamiz.


Qo‘yliq bozori yaqinida metro bekatining qurilishi muammoli yo‘l holatini o‘zgartira olmadi: tirbandliklar kunning istalgan vaqtida kuzatilmoqda.


Foto: Hamdam Sharaxmedov / «Gazeta.uz».

Yerusti piyodalar o‘tish joylari orasidagi masofa 1 kmdan ortiq. Odamlar metroga borish yo‘lini so‘rab, manzilga yetib olishadi.


Yerosti piyodalar o‘tish joyi oziq-ovqat bozoridan Compass savdo markazigacha olib boradi. O‘tish yo‘lagi savdo markazidan ham, bozor yaqinidagi yo‘ldan ham ko‘rinmaydi. Piyodalar yerosti o‘tish yo‘lagidan metrogacha juda tor trotuar yoki avtoturargoh bo‘ylab yurishlari mumkin.


Metro bekati oldida ulkan avtoturargoh mavjud.


Savdo markaziga borish uchun odamlar avtoturargoh bo‘ylab yurishlari kerak.


Kassalarda uzun navbatlar paydo bo‘ladi. Aksariyat yo‘lovchilar hanuzgacha bir martalik chiptalarni sotib olishadi.


Qo‘yliq bekati yerusti bekat bo‘lib, bu yerda liftlar yo‘q. Zinapoyalar juda tik burchak ostidagi panduslar bilan jihozlangan.


Metropoliten tarmog‘ini kengaytirishning navbatdagi bosqichi Sergeli yo‘nalishi olti bekatining ochilishi bo‘ladi. Ularni yil oxiriga qadar qurib bitkazish rejalashtirilgan.


Foto: Hamdam Sharaxmedov / «Gazeta.uz».

Sergeli yo‘nalishi Chilonzor yo‘nalishining davomi bo‘ladi. Yo‘lovchilar manzilga yetish uchun poyezddan poyezdga o‘tishlariga ehtiyoj qolmaydi. «Olmazor» bekatidan «Qipchoq» bekatigacha yetib borish mumkin bo‘ladi, deb ta’kidladi Toshkent metropoliteni matbuot xizmati.


Foto: Hamdam Sharaxmedov / «Gazeta.uz».

Kelgusi yilda xalqa yo‘lining ikkinchi qismini foydalanishga topshirish rejalashtirilgan. U 7-bekatdan (Qo‘yliq) Chilonzor yo‘nalishining Olmazor bekatiga yoki Sergeli yo‘nalishining Qipchoq so‘nggi bekatigacha (yangi Yangi hayot kichik nohiya orqali) uzaytirilishi mumkin. Qaror aholi talabini o‘rganish natijalari asosida qabul qilinadi.


Foto: Hamdam Sharaxmedov / «Gazeta.uz».

Keyingi bekatlar harakatlanish imkoniyati cheklangan odamlarga qulayliklar yaratish lozimligini inobatga olgan holda ishga tushishiga va va navigatsiyadagi bo‘shliqlar to‘ldirilishiga ishonib qolamiz.


Foto: Hamdam Sharaxmedov / «Gazeta.uz».