Juma kuni O‘zbekistonda 44 ta koronavirus holati aniqlandi, deya xabar qildi Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati. Yangi holatlarning 32 tasi karantin muassasalaridan, 4 tasi xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilari, 8 tasi (Toshkent shahri 4, Samarqand viloyati 4) esa aholi orasidan aniqlandi.

️Kun davomida 34 nafar bemor sog‘ayib, reabilitatsiyaga kuzatildi. Ayni paytgacha kasallikka chalingan 3488 nafar bemordan 2728 nafari butunlay sog‘ayib, davolanish darajasi 78 foizni tashkil etmoqda. 746 nafar bemor yurtimizning 7 xududidagi tibbiyot muassasalarida davolanishmoqda. Ulardan 7 nafari og‘ir, 1 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Bugun respublika bo‘yicha uy karantiniga 1199 nafar fuqaro olinib, 1383 nafar fuqaro chiqarildi. Statsionar karantinga esa 671 nafar fuqaro olinib, 1484 nafar fuqaro o‘z uyiga kuzatildi.