dayjest

Martda yillik inflyatsiya 7,89 foizgacha sekinlashdi. Bu — 2016-yil maydan beri eng past ko‘rsatkich

Martda 0,7 foizlik inflyatsiya qayd etildi. Yillik inflyatsiya 7,98 foizgacha sekinladi, bu — 2016-yil maydan beri eng past ko‘rsatkich. Statistika agentligiga ko‘ra, go‘sht narxi 5 oydirki pasayib bormoqda, sut, shakar, un, kartoshka, piyoz, sabzi qimmatlashgan. Benzin, temiryo‘l va havo transporti narxlari oshdi.


dayjest

Energetika vazirligi — gaz “zapravka"laridagi oshirilgan narxlar haqida

O‘zbekistonning uchta viloyatidagi gaz quyish shoxobchalarida metanning 3800 so‘mdan sotilishi holatlari qayd etildi, bu belgilangan 3350 so‘mlik limitdan yuqori hisoblanadi. “O‘zenergoinspeksiya” tomonidan tushuntirish ishlari o‘tkazilib, metan gaz maksimal narx doirasida sotilishi ta’minlandi.


dayjest

Madaniyat davlat tomonidan boshqarilishi kerak bo‘lgan soha emas — rejissor Sarvar Karimov

Kinorejissor Sarvar Karimov “Gazeta.uz"ning “Mifonomika” loyihasida mehmon bo‘lib, soliq to‘lovchilarning pullarini kino sohasiga ajratish qanchalik o‘rinli ekani haqidagi fikrlari bilan bo‘lishdi. Davlat “30 yil shu narsani qilib ko‘rdik, demak, boshqacha yondashuv kerak”, deyishga kuch topa olishi lozim, deydi u.


dayjest

Hafta o‘rtasida yomg‘ir yog‘adi, so‘ng havo +25 darajagacha isiydi

O‘zbekistonning aksariyat hududlarida 2−3-aprel kunlari yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. So‘ngra harorat kechasi +5…+10, kunduzi +18…+25 darajagacha ko‘tariladi. Tog‘li hududlarda qor ko‘chishi xavfi bor.


dayjest

Solixon domla 15 sutkaga qamaldi

Solixon domla Ortiqxo‘jayev mayda bezorilik va IIO xodimlarining qonuniy talablarini bajarmaganlikda ayblanib, 15 sutkaga qamaldi. U uyiga IIO xodimlari kelganida “terrorchi emasman, siyosatga qarshi emasman, jinoyatchi emasman” deb shovqin qilib, o‘tib ketayotgan fuqarolarning tinchini buzgan.


dayjest

Toshkent viloyatida yosh ayol 5-qavatdan qulab vafot etdi. U muntazam zo‘ravonlikka uchrab kelgani aytilmoqda

Bekobod tumanida 28 yoshli ayol o‘zini 5-qavatdan tashlab vafot etdi. Marhuma eri tomonidan muntazam ravishda zo‘ravonlikka uchrab kelgani aytilmoqda. Unga uch marta himoya orderi berilgan. Qo‘shnilar ayol pastga tushib ketishi oldidan “yashashni istamayman, kaltaklaringdan to‘yib ketdim”, deya baqirganini eshitgan.


dayjest

Qashqadaryoda sambochi To‘ra Avloqulov tanishi tomonidan otib ketildi

Shahrisabz shahrida faxriy sambochi To‘ra Avloqulov qo‘lbola usulda yasalgan quroldan olgan jarohati oqibatida vafot etdi. Unga kafeda mast holdagi tanishi 50 ming so‘m ortidan kelib chiqqan janjal sabab o‘q uzgan. Gumonlanuvchi voqea joyidan qochmoqchi bo‘lganida IIB tezkor xodimlari tomonidan ushlandi.


dayjest

“Ona, avariyaga uchradim, meni qamab qo‘yishmoqchi”. Poytaxt IIBB firibgarlikning yangi turidan ogohlantirdi

Toshkent IIBB firibgarlikning yangi turidan ogoh etdi. Bunda noma’lum shaxs qariyalarga qo‘ng‘iroq qilib, ularga o‘zini qizi yo nevarasi deb tanishtiradi va YTHga uchraganini aytadi. Telefonni soxta tergovchi olib, hodisaga qariyaning yaqini sababchiligini bildiradi va qamoqqa olmaslik uchun pul so‘raydi. Batafsil.


dayjest

Har bir haydovchini o‘qityapmiz, eng yuqori toifadagi haydovchilar boshqalarni o‘qitadi — transport vaziri

Transport vaziri Ilhom Mahkamov haydovchilarni o‘qitish uchun Germaniyadan “50 yillik stajga ega” haydovchilar, Moskvadan esa instruktorlar olib kelinganini aytdi. “Har bir haydovchini o‘qityapmiz. Ularni toifalarga bo‘lamiz, eng yuqori toifadagilariga boshqalarni o‘qitish huquqi beriladi”, — dedi vazir.


dayjest

Toshkentda yo‘lovchi ayolning oyog‘ini ushlab, shilqimlik qilgan haydovchi 5 sutkaga qamaldi

Toshkentda mashinasiga yo‘lovchi sifatida chiqqan ayolning qaddi-qomatini tavsiflab, oyog‘ini ushlagan 30 yoshli haydovchi 5 sutkaga qamaldi. Sudda haydovchi “skorost"ga urayotganida qo‘li ayolning oyog‘iga tegib ketganini aytgan. Ayol esa suhbatni yozib olganini bildirgan.


dayjest

Toshkentdagi YTH oqibatida 2 haydovchi jarohatlandi

Chilonzor tumanidagi Seul ko‘chasida Nexia va 2 ta Cobalt ishtirokida YTH yuz berdi. Ikki haydovchi jarohatlangani uchun shifoxonaga olib ketildi.


dayjest

Turkiyadagi mahalliy saylovda muxolifat partiyasi g‘alaba qozondi

Turkiyadagi munitsipal saylovda 20 yil ichida ilk bor muxolif partiya g‘olib bo‘ldi. Barcha yirik shaharlar, jumladan, Anqara va Istanbulda muxolifat nomzodlari g‘alaba qozondi. Prezident Erdo‘g‘an partiyasi mag‘lubiyatga uchraganini tan oldi va xalq irodasini e’tiborsiz qoldirmaslikka va’da berdi.


dayjest

O‘zbekistonda uch yilda bolalar kambag‘alligi 7,8 foizga kamaydi

O‘zbekistonda bolalar kambag‘alligi darajasi 7,8 foizga — 2021-yildagi 21,5 foizdan 2023-yilda 13,7 foizga kamaydi. Bolalar kambag‘alligining eng past darajasi Navoiy viloyati va Toshkent shahrida, nisbatan yuqori darajasi esa Sirdaryo va Jizzax viloyatlarida qayd etildi.


dayjest

Navoiy va Jizzaxda fuqarolarni noqonuniy tarzda AQShga yuborishga uringanlarga jinoyat ishi ochildi

Bosh prokuratura huzuridagi departament va DXX Navoiy va Jizzax viloyatida reyd o‘tkazib, fuqarolarni noqonuniy yo‘l bilan AQShga jo‘natmoqchi bo‘lgan shaxslarni qo‘lga oldi. Ulardan biri Meksika davlati orqali Qo‘shma Shtatlarga yuborish evaziga fuqarodan 14 ming dollar pul talab qilgan.


dayjest

Ekologiya vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi

2021-yildan beri Prezident administratsiyasida ishlab kelgan Iskandar Qutbiddinov ekologiya vaziriga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.


dayjest

Budjetdan ajratiladigan subsidiyalar 5 baravar ko‘paydi, ularning 76 foizi energetika va geologiya-qidiruv ishlariga yo‘naltirilgan

O‘zbekistonda davlat budjetidan ajratiladigan subsidiyalar miqdori 2 yil ichida 5 baravarga — 5,63 trln so‘mdan 29,25 trln so‘mga (2,5 mlrd dollar) oshdi. 18 trln so‘m gaz sotib olish va sotish o‘rtasidagi farqni qoplashga, 1,02 trln so‘m geologiya-qidiruv ishlariga sarflangan.


dayjest

Davlat organlari, sudlar va mahallalarni saqlash xarajatlari 24,5 foizga oshdi

2023-yil yakuniga ko‘ra, davlat organlari, adliya, prokuratura va sudlar, shuningdek, mahallalarni saqlash va NNTlarni qo‘llab-quvvatlash xarajatlari 24,5 foizga oshib, 17 trillion so‘mni tashkil etdi. 2024−2025-yillarda ham ularni saqlash xarajatlarini oshirish rejalashtirilgan.