2−3-aprel kunlari O‘zbekistonga Kaspiy dengizining janubiy hududlaridan nam havo kirib keladi, deya xabar bermoqda O‘zgidromet xizmati agentligi.

Dushanba kuni kunduzi barcha hududlar bo‘yicha yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda.

2-aprelda Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida va kunning ikkinchi yarmida Samarqand, Jizzax viloyatlarida, 3-aprelda Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

1−3-aprel kunlari havo harorati +15…+20 daraja atrofida bo‘ladi. 4−5-aprelda O‘zbekiston bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi, harorat +18…+23 darajagacha, ba’zi joylarda +25 darajagacha ko‘tariladi. Kechalari harorat asosan +5…+10 daraja bo‘ladi.

Tog‘li hududlarda 2−4-aprel kunlari vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, baland tog‘larda qor) bo‘ladi, qor ko‘chishi xavfi saqlanib turadi.

Toshkent shahrida 1−2 va 4−5-aprel kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi. 3-aprelda yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Harorat 1−3-aprelda +16…+19, 4−5-aprelda +19…+22 daraja bo‘ladi. Harorat asosan kechalari +5…+10 daraja bo‘ladi.