31-mart kuni soat 22:45 da Toshkent shahri Chilonzor tumani Seul ko‘chasida YTH ro‘y berdi, deb xabar qilmoqda YHXB axborot xizmati.

Unda 3 ta avtomobil ishtirok etdi: Nexia 3 (haydovchisi 30 yosh) va 2 ta Cobalt (haydovchilari 22 va 42 yosh). Hodisa qanday yuz bergani bo‘yicha ma’lumot berilmagan.

YTH oqibatida 22 va 30 yoshli haydovchilar jarohatlanib, shifoxonaga olib ketildi.

Holat yuzasidan Toshkent shahri IIBB YHXB tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.