«yalpi majlis» tegli maqolalar


Senatning 24-yalpi yig‘ilishi 17 mart kuni o‘z ishini boshlaydi
15 mart 2022, 18:47

Senatning 24-yalpi yig‘ilishi 17 mart kuni o‘z ishini boshlaydi

Senatning 24-yalpi yig‘ilishida Mehnat kodeksini tasdiqlash, kiberxavfsizlik va reklama to‘g‘risidagi qonunlar ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, senatorlar ombudsman, TIV, IIV va Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi rahbarlarining hisobotlarini tinglaydilar.

Senat Hukumatga milliy kontentni rivojlantirish va zararli axborotdan himoyalanish to‘g‘risida so‘rov yuboradi
5 fevral 2022, 13:09

Senat Hukumatga milliy kontentni rivojlantirish va zararli axborotdan himoyalanish to‘g‘risida so‘rov yuboradi

Senat internet tarmog‘ida yoshlar va voyaga yetmaganlar uchun milliy kontentni rivojlantirish, ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish madaniyatini oshirish va zararli ma’lumotlardan himoya qilish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga so‘rov yuboradi. Senator Farhod Boqiyev internet tarmog‘ida «milliy mentalitetga yot, fuqarolar ongi, ruhiyati, ma’naviy-ma’rifiy tarbiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi» materiallar tarqalayotganini ma’lum qildi.

Qonunchilik palatasi majlisining jonli efiri 50 daqiqadan kamroq davom etdi
10 dekabr 2021, 16:11

Qonunchilik palatasi majlisining jonli efiri 50 daqiqadan kamroq davom etdi

Qonunchilik palatasi majlisining Uzreport TV telekanali orqali uzatilgan jonli efiri 48 daqiqa o‘tib to‘xtatildi. Palata buni kanalda boks bo‘yicha O‘zbekiston chempionati boshlanishi bilan izohladi. Prezident farmoniga asosan 1 dekabrdan quyi palata majlislari MTRK telekanallari va internet orqali jonli efirga uzatilishi kerak.

Energetika vazirligi — gaz narxidagi tafovutni qoplash uchun budjetdan ajratilgan 1 trln so‘m haqida
5 noyabr 2021, 17:05

Energetika vazirligi — gaz narxidagi tafovutni qoplash uchun budjetdan ajratilgan 1 trln so‘m haqida

2020 yil yakuniga ko‘ra, «O‘ztransgaz» tomonidan iste’molchilarga yetkazib berilayotgan 1000 kub metr tabiiy gazning qiymati gazning o‘rtacha narxidan 90 ming so‘mga qimmatroq bo‘ldi. Buning oqibatida 3,6 trln so‘mlik zarar vujudga kelgan. Shu munosabat bilan davlat budjetidan 1 trln so‘mlik subsidiya ajratilmoqda, deya tushuntirdi Energetika vazirligi.

Gaz narxidagi tafovutni qoplash uchun budjetdan 1 trln so‘m subsidiya ajratiladi
28 oktabr 2021, 15:34

Gaz narxidagi tafovutni qoplash uchun budjetdan 1 trln so‘m subsidiya ajratiladi

Senatorlar davlat budjetiga o‘zgartishlar kiritish orqali Enegretika vazirligiga «respublika iste’molchilarning ehtiyojlarini qondirish maqsadida tabiiy gaz sotib olish va sotishning o‘rtacha bahosidagi farqni qoplash uchun subsidiya» sifatida 1 trln so‘m ajratishni ma’qulladi.

Senatning navbatdagi yalpi majlisi 20 oktabr kuni chaqiriladi
12 oktabr 2021, 20:18

Senatning navbatdagi yalpi majlisi 20 oktabr kuni chaqiriladi

Senatning 20-yalpi majlisi 20 oktabr kuni chaqiriladi. Unda ijtimoiy tadbirkorlik to‘g‘risidagi qonun, Bojxona kodeksi, Suv va suvdan foydalanish, Muzeylar to‘g‘risidagi qonunlarga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish masalalari ko‘riladi. Qolaversa, bosh vazir o‘rinbosari va uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirining axborotlari eshitiladi.

Senatorlar 8 ta qonunni ma’qulladi
28 avgust 2021, 16:23

Senatorlar 8 ta qonunni ma’qulladi

18 yalpi majlisda senatorlar jami 8 ta qonunni, shu jumladan, sug‘urta faoliyati, qishloq xo‘jaligi kooperativi, soliq kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish, davlat xavfsizlik xizmati organlari xodimlari kunini belgilash, harbiy xizmat, Sudyalar oliy kengashi to‘g‘risidagi qonunga o‘zgartish kiritish haqidagi hujjatlar ma’qulladi.

«Afg‘onistonda barcha siyosiy kuchlarning manfaatini e’tiborga oladigan koalitsion hukumat shakllanishi tarafdorimiz» — TIV
26 avgust 2021, 12:49

«Afg‘onistonda barcha siyosiy kuchlarning manfaatini e’tiborga oladigan koalitsion hukumat shakllanishi tarafdorimiz» — TIV

Senatning yalpi majlisida Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Farhod Arziyev Afg‘oniston borasida O‘zbekistonning pozitsiyasini ma’lum qildi. «Eng avvalo biz Afg‘onistonda barcha siyosiy kuchlarni manfaatini e’tiborga oladigan, ularning o‘zaro tinchlik muzokaralari natijasida erishiladigan koalitsion hukumat shakllanishi tarafdorimiz», — dedi u.

Senatning 18 yalpi majlisi 26 avgust kuni chaqiriladi
19 avgust 2021, 17:46

Senatning 18 yalpi majlisi 26 avgust kuni chaqiriladi

Senatning 18 yalpi majlisida sug‘urta faoliyati, Soliq kodeksiga o‘zgartish kiritish to‘g‘risidagi va boshqa qonunlar muhokama qilinadi. Qolaversa, senatorlar Toshkent shahri va viloyati chegaralarini o‘zgartirish masalasini ko‘rib chiqadi va TIV hisobotini tinglaydi.

Odam savdosi ikki baravardan ziyodga oshgan — Tanzila Narbayeva
30 iyul 2021, 17:29

Odam savdosi ikki baravardan ziyodga oshgan — Tanzila Narbayeva

Senatning yalpi majlisida ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov yarim yil ichida sodir etilgan jinoyatlar haqida axborot berdi. Jumladan, 99 ta odam savdosi fosh etilgani aytildi. Tanzila Narbayeva esa ushbu jinoyatlar o‘tgan yilga nisbatan ikki baravardan ko‘proqqa oshgani va 34 ta holat chaqaloqlar savdosi bilan bog‘liqligini ma’lum qildi.

Toshkent viloyatining tuman va shaharlari chegaralariga o‘zgartish kiritish ma’qullandi
25 iyun 2021, 21:08

Toshkent viloyatining tuman va shaharlari chegaralariga o‘zgartish kiritish ma’qullandi

Oliy Majlis Senati Toshkent viloyatining umumiy maydoni 17,3 ming gektar bo‘lgan tuman va shaharlar chegaralarini o‘zgartirish to‘g‘risidagi qarorni qabul qildi. Bu jinoyatchilikka qarshi samarali kurashish va aholining ijtimoiy ta’minotini yaxshilashga yordam berishi ta’kidlandi.

Senatning 14 yalpi majlisi 23 aprel kuni chaqiriladi
8 aprel 2021, 19:12

Senatning 14 yalpi majlisi 23 aprel kuni chaqiriladi

Senatning 14 yalpi majlisi 23 aprel kuni chaqiriladi. Unda fazoviy ma’lumotlar, noshirlik faoliyati, psixiatriya yordamiga oid qonunlarni ko‘rib chiqish reja qilingan. Qolaversa, Hisob palatasi, Bosh prokuratura hamda Markaziy bankning 2020 yildagi faoliyati to‘g‘risidagi hisobotlari muhokama qilinadi.

20 noyabr kuni Oliy Majlis Senatining yalpi majlisi bo‘lib o‘tadi
12 noyabr 2020, 18:27

20 noyabr kuni Oliy Majlis Senatining yalpi majlisi bo‘lib o‘tadi

Oliy Majlisi Senatining to‘qqizinchi yalpi majlisi 20 noyabr kuni chaqiriladi. Yalpi majlisda genom bo‘yicha davlat ro‘yxatiga olish, ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish kiritish va boshqa qonunlar ko‘rib chiqiladi.

Senatning sakkizinchi yalpi majlisi 21 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadi
20 oktabr 2020, 18:46

Senatning sakkizinchi yalpi majlisi 21 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadi

Senat 21 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadigan sakkizinchi yalpi majlisda qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar to‘g‘risidagi qonunlarni, Ma’muriy kodeksga va ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish kiritish to‘g‘risida va boshqa qonun hujjatlarini ko‘rib chiqadi

O‘zbekistonda 700 mingdan ortiq nogironligi bo‘lgan shaxslar istiqomat qiladi
11 sentabr 2020, 13:56

O‘zbekistonda 700 mingdan ortiq nogironligi bo‘lgan shaxslar istiqomat qiladi

Hozirgi kunda O‘zbekistonda 700 mingdan ortiq nogironligi bo‘lgan shaxslar istiqomat qilmoqda. Ularning 100 mingdan ortig‘i 16 yoshgacha bo‘lgan bolalardir. Senat ma’qullagan qonunga ko‘ra, endilikda nogironligi bo‘lgan shaxslar ta’lim olish, davolanish va boshqa masalalarda qator imtiyozlarga ega bo‘ladi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting