«xalqaro munosabatlar» tegli maqolalar


4 avgust 2021, 17:44

Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining sammitida qatnashadi

5−6 avgust kunlari Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Maslahat uchrashuvida ishtirok etadi. Prezidentlar mintaqaning rivojlanishi, energetika va transport sohasida hamkorlik, pandemiyaga qarshi kurash va boshqa masalalarni muhokama qilishadi.

23 iyun 2021, 11:21

O‘zbekiston TURKPAga a’zo bo‘lish to‘g‘risida qaror qabul qildi — OAV

Senat raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev O‘zbekiston Turkiy tilli davlatlar parlament assambleyasiga a’zo bo‘lish to‘g‘risida qaror qabul qilganligini ma’lum qildi.

14 aprel 2021, 22:34

Shvetsiyada O‘zbekiston elchixonasi ochiladi

Shvetsiyada O‘zbekistonning to‘laqonli diplomatik vakolatxonasi ochilishi kutilmoqda. Elchixonaning faoliyati Shvetsiya va boshqa Skandinaviya davlatlari bilan munosabatlarni rivojlantirishga qaratiladi. Shu o‘rinda, O‘zbekistonning Afinadagi diplomatik vakolatxonasi faoliyati tugatiladi.

30 mart 2021, 12:13

O‘zbekiston va Vengriya ikki tomonlama munosabatlarni strategik sheriklik darajasiga ko‘tarishga tayyor

O‘zbekistonda rasmiy tashrif bilan bo‘lib turgan Vengriya bosh vaziri Viktor Orban prezident Shavkat Mirziyoyev bilan muloqot o‘tkazdi. Tomonlar o‘zaro munosabatlarini strategik sheriklik darajasiga ko‘tarishga tayyor ekanligini tasdiqladi.

27 mart 2021, 09:31

Vengriya bosh vaziri O‘zbekistonga tashrif buyuradi

Vengriya bosh vaziri Viktor Orban 30 mart kuni rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘ladi. Tashrif davomida mamlakatlar o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash va koronaivrus pandemiyasining oqibatlariga qarshi global kurash masalalari muhokama qilinadi.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting