21 iyun kuni Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev O‘zbekistonga davlat tashrifi bilan keldi. Uni Toshkent xalqaro aeroportida Bosh vazir Abdulla Aripov kutib oldi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.


Ozarbayjon yetakchisi Ilhom Aliyevning davlat tashrifi Ozarbayjon xalqining umummilliy yetakchisi Haydar Aliyev sharafiga nomlangan ko‘cha va xiyobonning tantanali ochilish marosimidan boshlandi. Unga O‘zbekiston prezidenti hamrohlik qildi.


Haydar Aliyev 1993—2003 yillarda Ozarbayjonni boshqargan, u amaldagi davlat rahbarining otasi hisoblanadi.