UzAuto Motors kompaniyasi xaridorlarga qulaylik yaratish maqsadida 2023-yilning 25−27-dekabr kunlari tuzilgan shartnomalar bo‘yicha to‘lov qilish muddatini bayram kunlari munosabati bilan 2024-yilning 10-yanvar kuniga qadar uzaytirganini ma’lum qildi.

Ma’lumot o‘rnida, kompaniya 25−27-dekabr kunlari 2024-yilda ishlab chiqarilishi va ichki bozorda sotilishi rejalashtirilayotgan ommabop avtomobillar uchun kontraktatsiyasini ochib, jami 171,2 mingdan ortiq shartnoma berdi.

Shundan so‘ng mazkur shartnomalarni rasmiylashtirgandan ba’zilari ijtimoiy tarmoqlar va saytlar orqali shartnomasini “cotmoqchi ekani” haqida e’lonlar joyladi. Kompaniya esa xaridorlar tomonidan “sotuvga” joylanayotgan shartnomalar monitoringini olib borayotgani va ularning maxsus ma’lumotlar bazasini shakllantirilishini ma’lum qildi. Shuningdek, xaridorlardan uchinchi shaxslardan to‘lov qilinmagan avtomobil shartnomalarini “sotib olmasliklikni” so‘radi.

Bundan tashqari, bir necha kun avval O‘zbekiston hukumati yangi avtomobillarni chakana sotish tartibiga o‘zgartirishlar kiritdi. Endilikda UzAuto Motors mijoz bilan 12 oy ichida ikkitadan ortiq oldi-sotdi shartnomasi tuzgan bo‘lsa, u bilan avtomobil yetkazib berish bo‘yicha yangi shartnoma tuzishdan bosh tortishi mumkin bo‘ladi.