«uy-joy» tegli maqolalar


O‘zbekiston ipoteka bozoridagi vaziyat qanday?
12 avgust 2021, 10:04

O‘zbekiston ipoteka bozoridagi vaziyat qanday?

Markaziy bank 2021 yilning birinchi yarmida ipoteka bozoridagi vaziyat yuzasidan izoh berdi. Unga ko‘ra, oxirgi yilda ipoteka kreditlari bo‘yicha qoldiqlar 25,2 foizga — 30,8 trln so‘mga qadar oshdi, muammoli ipoteka kreditlari qoldiqlari ham 4 barobardan ko‘proqqa o‘sib, 480 mlrd so‘mga yetdi. Har oltinchi kvartira ipoteka asosida sotib olinmoqda. Ikkilamchi bozorda ipoteka kreditlari keskin ko‘paydi.

18 yoshga to‘lgan yetim bolalarga 1 xonali uy ajratiladi — prezident qarori
10 avgust 2021, 20:12 3

18 yoshga to‘lgan yetim bolalarga 1 xonali uy ajratiladi — prezident qarori

Prezident qarori bilan uyga muhtoj va 18 yoshga to‘lgan yetim bolaga 1 xonali, ular o‘rtasida nikoh tuzilgan taqdirda 2 xonali uy-joy ajratish tartibi belgilanmoqda. Bola 30 yoshga to‘lguncha uyni sotish, garovga qo‘yish va ijaraga berish qo‘yish mumkin emas. Yil yakuniga qadar 757 nafar bolani uy bilan ta’minlash reja qilingan. Bunga qadar yetim bolalarga bo‘sh turgan yotoqxona va qarovsiz qolgan uylardan ajratib kelingan.

O‘zbekiston ikkilamchi bozorida uy-joylar bir chorakda 5,7 foizga qimmatlashdi
2 iyul 2021, 19:25

O‘zbekiston ikkilamchi bozorida uy-joylar bir chorakda 5,7 foizga qimmatlashdi

Ikkilamchi bozorda uy-joylar narxi II chorak davomida o‘rtacha 5,7 foizga ko‘tarildi. Narxlar eng ko‘p Namangan, Surxondaryo va Toshkent viloyatlarida qimmatlashdi, barcha oldi-sotdi shartnomalarining uchdan biri esa Toshkentga to‘g‘ri kelmoqda. Poytaxtdagi ko‘chmas mulk narxlari aholi jon boshiga daromadi yuqoriroq bo‘lgan dunyoning boshqa poytaxt-shaharlaridan balandroq, deyiladi MB mutaxassisi sharhida.

«2021 yilda 54 ming oilani uy-joy bilan ta’minlashimiz zarur» — prezident
4 mart 2021, 11:38

«2021 yilda 54 ming oilani uy-joy bilan ta’minlashimiz zarur» — prezident

Prezident Shavkat Mirziyoyev aholining ehtiyojini qondirish uchun yiliga 100−150 mingta uy-joy qurish kerakligini aytdi. Shu sababli, 2021 yilda 54 ming oilani uy-joy bilan ta’minlash mo‘ljallanmoqda. Davlat ipoteka dasturi asosida 45 mingta uy quriladi.

Ko‘p bolali oilalarga uy-joy ajratish tartibiga o‘zgartirish kiritildi
4 yanvar 2021, 23:12

Ko‘p bolali oilalarga uy-joy ajratish tartibiga o‘zgartirish kiritildi

Vazirlar Mahkamasining qarori bilan ko‘p bolali oilalarga uy-joy ajratishda 16 yoshgacha yetti nafar va undan ziyod bolalari bo‘lishi talabi bekor qilinmoqda. Bunga qadar Oila kodeksiga

Eski va avariyaviy uylarni ta’mirlash va qayta qurish bo‘yicha renovatsiya dasturlari qabul qilinishi mumkin
2 sentabr 2020, 16:26

Eski va avariyaviy uylarni ta’mirlash va qayta qurish bo‘yicha renovatsiya dasturlari qabul qilinishi mumkin

Respublika bo‘yicha 260 ta eski ko‘p qavatli uylarni ta’mirlash hamda 193 ta avariya holatidagi ko‘p qavatli uylarni buzib, ular o‘rniga yangi uy-joylarni qurish taklif etilmoqda. Bu haqdagi hukumat qarori loyihasi jamoatchilik muhokamasiga taqdim etildi.

Bektemir tumanida 50−60 ming kishi uchun ko‘p qavatli uylar quriladi
24 avgust 2020, 19:58

Bektemir tumanida 50−60 ming kishi uchun ko‘p qavatli uylar quriladi

Poytaxtning Bektemir tumani hududini Toshkent viloyatining O‘rtachirchiq va Yuqorichirchiq tumanlari hisobidan kengaytirish rejalashtirilmoqda. Eng kamida 50−60 ming kishi uchun ko‘p qavatli uylar qurish mo‘ljallangan. Prezident Shavkat Mirziyoyev saylovoldi dasturidagi shaharda 5 yilda 500 ta uy qurish bo‘yicha va’dasini 2,5 yilda bajarganini ma’lum qildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting