«to‘y» tegli maqolalar


Farg‘onada yoshlar nikoh to‘yini kutubxonada o‘tkazdi
8 noyabr 2023, 10:13

Farg‘onada yoshlar nikoh to‘yini kutubxonada o‘tkazdi

Qo‘qon shahrida kitobxon ikki yosh o‘z nikoh to‘yini “Amiri” kutubxonasida o‘tkazdi. “Bo‘lajak turmush o‘rtog‘imni shu kutubxonada uchratganman”, — deydi kuyov. Tadbirda shahar hokimi ham ishtirok etdi.

Namanganda kuyov diniy mazmundagi videolarni tarqatgani uchun jarimaga tortildi
13 sentabr 2023, 08:32

Namanganda kuyov diniy mazmundagi videolarni tarqatgani uchun jarimaga tortildi

Namangandagi to‘yda kuyov o‘zi arabcha libos, jumladan kelin burqa kiygani uchun emas, balki diniy mazmundagi videolarni Telegram`da tarqatgani uchun jarimaga tortildi, deb ma’lum qildi Adliya vazirligi. Avvalroq IIVning mazkur xabaridagi tushunarsiz talqin sabab tarmoqlarda muhokamalar yuzaga kelgandi.

Kuyov monologi
28 fevral 2023, 21:00

Kuyov monologi

«Uylanishga sarf bo‘ladigan pulning hisobi chiqdi. Miqdorini aytmay, qo‘rqib ketasiz. Faqat bir narsani aytishim mumkin: hozir 25 daman. Sovxozda mexanizatorman, maoshim tuzuk. Tejamkorlik bilan jamg‘arsam, pulni to‘plash uchun yana 19 yil-u 9 oy kerak ekan […] Demak, 45 yoshimda nikoh to‘yimiz bo‘larkan».

Kuyov kelinni urgan to‘y tafsilotlari ma’lum qilindi
15 iyun 2022, 23:48

Kuyov kelinni urgan to‘y tafsilotlari ma’lum qilindi

Oila va xotin-qizlar qo‘mitasining «Gazeta.uz»ga ma’lum qilishicha, ijtimoy tarmoqlarda keng tarqalgan kuyov kelinni urgan to‘y shu yilning 6 iyunida Surxondaryoda bo‘lgan. Kuyovga mayda bezorilik bo‘yicha ma’muriy ish qo‘zg‘atildi. Er-xotin va ularning ota-onalari bilan «profilaktik suhbat» o‘tkazilgani aytildi.

To‘y va oilaviy marosimlarni 100 kishidan ko‘p bo‘lmagan holda o‘tkazishga ruxsat berildi
20 sentabr 2021, 11:10

To‘y va oilaviy marosimlarni 100 kishidan ko‘p bo‘lmagan holda o‘tkazishga ruxsat berildi

20 sentabrdan to‘yxonalarda oilaviy tantana, to‘y, ma’raka va marosimlarni o‘tkazish 100 kishidan ko‘p bo‘lmagan hamda sanitariya va gigiyena talablariga qatiy rioya etgan holda o‘tkazilishiga ruxsat berildi.

Andijon viloyati hokimligi hokimning qizining to‘yi haqidagi xabarlarga izoh berdi
1 iyul 2021, 19:02 1

Andijon viloyati hokimligi hokimning qizining to‘yi haqidagi xabarlarga izoh berdi

Andijon viloyati hokimligi ijtimoiy tarmoqlarda paydo bo‘lgan, go‘yo hokim Shuhrat Abdurahmonovning qizining to‘yida olinganligi tasvirlangan foto va video lavhalarga munosabat bildirdi. Hokimlikning so‘zlariga ko‘ra, chindan ham viloyat hokimi qizining to‘yi bo‘lgan, ammo tarmoqlarda tarqalgan aksariyat fotosuratlar hokimga aloqador emas.

To‘ylarni 1 oktyabrdan to‘yxonalarda o‘tkazishga ruxsat berilgani ma’lum bo‘ldi
28 oktabr 2020, 16:53

To‘ylarni 1 oktyabrdan to‘yxonalarda o‘tkazishga ruxsat berilgani ma’lum bo‘ldi

Respublika maxsus komissiyasi 30 sentyabr kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishi natijalariga ko‘ra, 1 oktyabrdan boshlab to‘yxonalarda to‘y o‘tkazishga ruxsat berilganligi haqida ma’lum qildi. Biroq bu xabar hech qaysi rasmiy manbalarda e’lon qilinmagan edi.

Xonanda o‘z to‘yida niqob taqmagani uchun 1 mln so‘m miqdorida jarimaga tortildi
17 sentabr 2020, 14:47

Xonanda o‘z to‘yida niqob taqmagani uchun 1 mln so‘m miqdorida jarimaga tortildi

Tashkent City`da to‘y qilgan estrada xonandasi Voxidjon Isoqov MJTKning 54-moddasiga binoan BHMning 5 baravari miqdorida jarimaga tortildi. Ushbu miqdor moddaning 1-qismi bo‘yicha, ya’ni jamoat joylarida niqobsiz bo‘lgani uchun tayinlanadi. Pandemiya boshlanganidan beri O‘zbekistonda karantin qoidalarini buzgani uchun 619 mingdan ortiq fuqaro javobgarlikka tortildi.

Prezident — to‘ylarda karantin qoidalariga rioya etilishi haqida
13 avgust 2020, 15:06

Prezident — to‘ylarda karantin qoidalariga rioya etilishi haqida

«O‘tgan safar, oilaviy tadbirlarni 30 kishi ishtirokida o‘tkazishga ruxsat berganimizda, ko‘p joylarda, ayniqsa Toshkentda 70, 100, 150 kishigacha to‘plandi», — dedi Shavkat Mirziyoyev. Prezident to‘y va boshqa tadbirlarni o‘tkazishda qoidalarga rioya qilish zarurligini ta’kidladi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting