Ijtimoiy tarmoqlarda xonanda Voxidjon Isoqovнинг Tashkent City`da bo‘lib o‘tgan to‘yidan foto va videolar tarqaldi. Foydalanuvchilar ushbu tadbirga 50 nafardan ortiq mehmonlar tashrif buyurgani, bu hali ham amalda bo‘lgan karantin talablarini buzish ekanligini ta’kidladilar. Toshkent IIBB esa koronavirus infeksiyasi tarqalishi xavfi mavjud bo‘lgan sharoitda bunday holatlarga yo‘l qo‘yilmasligini ma’lum qildi.

IIBB xabarida qayd etilishicha, 32 yoshli Voxidjon Isoqov O‘zbekiston Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 54 moddasiga (epidemiyalarga qarshi kurash qoidalarini buzish) ko‘ra jarimaga tortilib, unga BHMning 5 baravari (1 mln 115 ming so‘m) miqdorida jarima belgilangan.

Ma’lumot uchun, МЖТКга ko‘ra, BHMning 5 baravari miqdoridagi jarima 54-modda 1-qismida ko‘zda tutilgan qoidabuzarlik — karantinli va inson uchun xavfli bo‘lgan boshqa yuqumli kasalliklar paydo bo‘lishi hamda tarqalishi sharoitida vakolatli organning maxsus talablariga zid ravishda jamoat joylarida niqobsiz bo‘lganlik uchun tayinlanadi. Mazkur moddaning ikkinchi qismida esa karantinli va inson uchun xavfli bo‘lgan boshqa yuqumli kasalliklar paydo bo‘lishining yoki tarqalishining oldini olish maqsadida belgilangan majburiy qoidalarni buzganlik uchun javobgarlik belgilangan. Unga ko‘ra, mazkur qoidabuzarlik fuqarolarga BHMning 20 baravaridan 30 baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — 30 baravaridan 50 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

O‘z navbatida, IIV YHXBB matbuot xizmati o‘tgan davrda karantin qoidalarini buzgan 619,1 ming fuqaro aniqlanganligini xabar qildi. 15 sentabr holatiga ko‘ra, kuniga 1,175 million huquqbuzarlik qayd etilgan, o‘rtacha kuniga taxminan 600−650 ta ma’muriy huquqbuzarlik qayd etilgan. Ushbu davrda 155,8 mingdan ortiq avtomashinalar saqlash joylariga jo‘natildi. Bundan tashqari, karantin qoidalarini buzganlik uchun 100,5 ming fuqaroga nisbatan MJTKning 54-moddasi 1-qismi, 26,9 mingtasiga nisbatan — 2-qismi bo‘yicha choralar ko‘rildi.

Birgina poytaxtning o‘zida 78,5 ming fuqaro niqobsiz yurgani uchun jarimaga tortilgan, karantin talablarini buzgani uchun 20 mingdan ortiq transport vositasi rasmiylashtirilgan, 9000 ta avtomashina jarima maydonchasiga jo‘natilgan.