«talaba» tegli maqolalar


Talabalar turar joylari qurmoqchi bo‘lgan tadbirkorlarga 50% subsidiya beriladi
7 may 2022, 17:31

Talabalar turar joylari qurmoqchi bo‘lgan tadbirkorlarga 50% subsidiya beriladi

Davlat xususiy sherikchilik asosida talabalar turar joylarini qurishni istagan tadbirkorlarga bajarilgan ishning 50 foizi miqdorida subsidiya beriladi. TTJlar loyihasi tender orqali aniqlanadi.

Ukrainadan qaytgan talabalarning o‘qishini soddalashtirilgan tartibda ko‘chirish boshlandi
15 mart 2022, 15:31

Ukrainadan qaytgan talabalarning o‘qishini soddalashtirilgan tartibda ko‘chirish boshlandi

15 martdan Ukrainadan qaytgan talabalar o‘qishini soddalashtirilgan tartibda ko‘chirish boshlandi. Hujjatlar hududiy ishchi guruhlar tomonidan qabul qilinmoqda.

4 mart kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
4 mart 2022, 22:00

4 mart kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Ukrainadan evakuatsiya qilingan talabalar o‘qishini O‘zbekistonda davom ettirishi, rublning so‘mga nisbatan kursini mustaqil belgilayotgan tijorat banklari, davlat tashkilotlarida ishlashiga ruxsat berilgan talabalar, Yaponiyaga 5 yildan keyin oilasini ham olib ketishi mumkin bo‘lgan maxsus maqomdagi migrantlar va boshqalar — «Gazeta.uz» ning 4 martdagi eng muhim xabarlari dayjestida.

5 baho uchun somon tashittirgan ustozimni ikkita shart bilan ishga olgandim — Abduqodir Toshqulov
25 fevral 2022, 08:57

5 baho uchun somon tashittirgan ustozimni ikkita shart bilan ishga olgandim — Abduqodir Toshqulov

Oliy ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulov o‘zining talabalik yillari, ilgari OTMga hujjat topshirishda kuzatilgan qiyinchiliklar, talabalar o‘rtasidagi mahalliychilik, pul topish uchun qora ish qilishga to‘g‘ri kelgani haqida so‘zlab berdi. Qolaversa, sessiyada fanlarni yopib yurgan yillarini esga olar ekan, 5 baho evaziga 4 «telejka» somon tashittirgan ustozini universitetga rektor bo‘lgach, ikkita shart bilan ishga olganini aytdi.

Talabalar 2-kursdan ishlashi mumkin bo‘ladi — Oliy ta’lim vaziri
24 fevral 2022, 11:32 13

Talabalar 2-kursdan ishlashi mumkin bo‘ladi — Oliy ta’lim vaziri

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulov qoraqalpog‘istonlik talabalar bilan uchrashuvda OTMlarda 2 kursdan boshlab ishlashga ruxsat beruvchi yangi tizim yaratilishini ma’lum qildi. «Ishlaganda ham o‘zining sohasida ishlasin. Men buni hurmat qilaman», — dedi u. Qolaversa, OTMlarda ta’lim jarayoni 70 foiz amaliyotga o‘tish kerakligi ta’kidlandi.

36,7 ming nafar talaba hududlardan Toshkent shahriga yetib kelgan
8 fevral 2022, 10:44

36,7 ming nafar talaba hududlardan Toshkent shahriga yetib kelgan

7 fevraldan an’anaviy ta’lim bosqichma-bosqich boshlangach, hududlardan poytaxtga 36 738 nafar talaba yetib keldi. Ularning qariyb yarmi ijara uylariga, 27 foizi talabalar yotoqxonasiga, 23 foizi esa yaqin qarindoshlarinikiga joylashgan.

Toshkentda Suriyaga ketmoqchi bo‘lgan ikki o‘quvchi va bir talabaga sud hukmi o‘qildi
21 yanvar 2022, 15:11

Toshkentda Suriyaga ketmoqchi bo‘lgan ikki o‘quvchi va bir talabaga sud hukmi o‘qildi

Poytaxtda 20 yoshli bir talaba va 18 yoshli ikki maktab o‘quvchisi diniy ekstremistik g‘oyalar ta’siriga tushib, Suriyaga ketmoqchi bo‘lganida qo‘lga olingan. Ushbu jinoyat ishi sudda ko‘rib chiqildi. Yigitlardan biri 5 yarim yilga, ikki nafari esa 6 yilga qamoq jazosiga hukm qilindi.

Vaksina olgan sirtqi yoki kechki ta’limda o‘qiyotgan talabalarga ham kontrakt to‘lovida 10%lik chegirma beriladi
29 sentabr 2021, 13:25

Vaksina olgan sirtqi yoki kechki ta’limda o‘qiyotgan talabalarga ham kontrakt to‘lovida 10%lik chegirma beriladi

1 noyabrga qadar koronavirusga qarshi emlangan talabalarga 2021−2022-o‘quv yili uchun belgilangan stipendiyasiz to‘lov-kontrakt miqdorlariga bir martalik 10 foiz chegirma berilishi belgilandi.

Yotoqxonada va ijarada yashayotgan talabalarning sharoitlari o‘rganiladi
1 mart 2021, 18:08

Yotoqxonada va ijarada yashayotgan talabalarning sharoitlari o‘rganiladi

Barcha hududlarda ijarada va yaqin qarindoshinikida yashayotgan talabalar bo‘yicha o‘rganish tizimi joriy qilinadi. Ijarada turadigan talabalar bilan profilaktik tadbirlar qamrovi va sifati oshiriladi.

Talabalarga kontrakt pullarini to‘rtga bo‘lib to‘lashga ruxsat berildi
22 oktabr 2020, 20:07

Talabalarga kontrakt pullarini to‘rtga bo‘lib to‘lashga ruxsat berildi

OTMlarning to‘lov-kontrakt asosida tahsil olayotgan talabalari o‘qish uchun to‘lovlarni teng ulushlarda to‘rt bo‘lib amalga oshirishlari mumkin.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting