«saylovlar» tegli maqolalar


Yaponiyada hukumat rahbari o‘zgaradi
29 sentabr 2021, 18:56

Yaponiyada hukumat rahbari o‘zgaradi

Yaponiyada sobiq tashqi ishlar vaziri Fumio Kisida hukmron Liberal-demokratik partiyaga (LDP) yangi rahbar etib saylandi. U sobiq mudofaa vaziridan 87 ta ko‘p ovoz to‘plab, mamlakatning yuzinchi bosh vaziriga aylanish imkoniga ega bo‘ldi.

«Ruxsat beradiganlarning o‘zi tayyor emas» — Rasul Kusherbayev hokimlik saylovlari haqida
22 fevral 2021, 16:08

«Ruxsat beradiganlarning o‘zi tayyor emas» — Rasul Kusherbayev hokimlik saylovlari haqida

Deputat Rasul Kusherbayev xalq hokimlarni saylashga tayyor emasligi haqidagi fikrga ko‘shilmasligini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, «ruxsat berayotganlarning o‘zi tayyor emas». «Ularda qo‘rquv bo‘lishi mumkin. Qaysi ma’noda, ular xohlagan odamni, odamlar saylamasligi mumkin», — dedi u. Prezident hokimlarni xalq saylashi kerakligini bir necha bor ta’kidlagan. Shu bilan birga, u bunga saylanayotganlar ham, saylovchilar ham tayyor bo‘lishi kerakligini aytgan.

Prezident saylovlari oktyabrda o‘tkaziladi
9 fevral 2021, 11:08

Prezident saylovlari oktyabrda o‘tkaziladi

Prezident Konstitutsiyaga saylovlar sanasi bilan bog‘liq o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi. Bu yilgi prezident saylovlari 24 oktyabrga to‘g‘ri kelmoqda.

Deputat saylovlar oktyabr oyiga ko‘chirilishining sabablari haqida
27 yanvar 2021, 18:08

Deputat saylovlar oktyabr oyiga ko‘chirilishining sabablari haqida

Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati Akshagul Tulegenovaning ma’lum qilishicha, saylovlarning dekabrda o‘tkazilishi saylovlardan keyingi siyosiy tadbirlar yangi yilning birinchi choragi oxiriga qadar cho‘zilishiga olib kelib, natijada Davlat dasturini qabul qilish va boshqa islohotlar kechiktirilishiga sabab bo‘lishi mumkin.

Donald Tramp Jorjiya shtati rasmiylaridan saylov natijalarini qayta ko‘rib chiqishni talab qildi
4 yanvar 2021, 15:08

Donald Tramp Jorjiya shtati rasmiylaridan saylov natijalarini qayta ko‘rib chiqishni talab qildi

AQSH prezidenti Donald Tramp Jorjiya shtati hukumati vakillariga saylovlarning natijalarini qayta ko‘rib chiqishlarini talab qilib, jinoiy javobgarlik bilan qo‘rqitgan holda telefon suhbati orqali bosim o‘tkazgan. OAVlar yozib olingan suhbatni ommaga e’lon qilishdi.

Sud Trampning saylovlar bo‘yicha da’vosini qabul qildi
13 noyabr 2020, 14:12

Sud Trampning saylovlar bo‘yicha da’vosini qabul qildi

Pensilvaniya apellyatsiya sudi pochta orqali yuborilgan ovozlarni hisoblash bo‘yicha amaldagi prezident Donald Trampning da’vosini qabul qildi. Unga ko‘ra, Pensilvaniya shtatida o‘n minglab saylov byulletenlarida keltirilgan saylovchilar o‘zlarini tasdiqlamaganlari sababli byulletenlar rad etildi.

AQSH prezidentlik saylovlarida Jo Bayden yetakchilik qilmoqda
5 noyabr 2020, 12:05

AQSH prezidentlik saylovlarida Jo Bayden yetakchilik qilmoqda

AQSH prezidentlik saylovlarida Jo Bayden eng muhim Viskonsin va Michigan shtatlarida g‘olib bo‘ldi. Donald Tramp ushbu shtatlardagi ovozlarni hisoblash bo‘yicha shikoyat qilmoqchi. Jo Bayden g‘alaba qozonishi uchun saylovchilar kollegiyasining yana 6 ta ovozini olishi kifoya. 4 ta shtatdagi natijalar e’lon qilinishi kutilmoqda.

AQSHda Donald Tramp va Jo Bayden o‘rtasidagi ilk debatlar bo‘lib o‘tdi
30 sentabr 2020, 19:15

AQSHda Donald Tramp va Jo Bayden o‘rtasidagi ilk debatlar bo‘lib o‘tdi

AQSHda prezidentlikka nomzodlar Donald Tramp va Jo Bayden o‘rtasida ilk debatlar bo‘lib o‘tdi. Siyosatchilar COVID-19 pandemiyasi, iqtisodiyot va irqchilikni muhokama qilishdi. Tomonlar bir-birlariga gap bermasdan, bir-birini yolg‘onchilikda ayblashdi.

Belarus: norozilik namoyishlari, Svetlana Tixanovskayaning hibsga olinishi va mamlakatni tark etishi
11 avgust 2020, 17:18

Belarus: norozilik namoyishlari, Svetlana Tixanovskayaning hibsga olinishi va mamlakatni tark etishi

Belarusda o‘tkazilgan prezidentlik saylovlari natijalari e’lon qilinganidan so‘ng mamlakatning yirik shaharlarida ikkinchi tun davomida norozilik namoyishlari davom etmoqda. Muxolifat nomzodi Svetlana Tixanovskaya mamlakatni tark etishga majbur bo‘ldi va Litvaga jo‘nab ketdi. U videomurojaatida «hayotimizda eng muhimi — bolalar» deya ta’kidladi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting