3 noyabrda boshlangan Amerika Qo‘shma Shtatlaridagi prezidentlik saylov natijalarini aniqlash jarayoni kizg‘in tus olib bormoqda.

Bayden eng ahamiyatli hisoblangan Viskonsin va Michigan shtatlarida g‘olib bo‘ldi, deya xabar bermoqda RIA Novosti. Endi u 264 saylovchilar kollegiyasi ovoziga ega (g‘olib bo‘lish uchun). Saylovchilar ovozi soni bo‘yicha demokratlar oldinda (50,4% Bayden, Tramp 48%)

Donald Trampning vakillari Viskonsin va Michigan shtatlaridagi saylovchilar ovozini hisoblash bo‘yicha shikoyat qilishlarini ma’lum qilishdi.

4 shtatda — Pensilvaniya, Shimoliy Karolina, Jorjiya va Nevada shtatlarida ovozlarni hisoblash jarayoni yakunlanayapti. Hozirga qadar Pensilvaniya, Shimoliy Karolina va Jorjiya shtatlarida Tramp yetakchilik qilmoqda. Baydenga kerakli 6 ta ovozni berishi mumkin bo‘lgan Nevadada demokratlar nomzodi Trampdan ilgarilab ketdi.

Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti AQSHda o‘tayotgan saylovlarni baholash chog‘ida saylov yaxshi tashkillashtirilgani va pochta orqali ovoz berish paytida qonunbuzarliklar bo‘lmaganligi, Trampning soxtalashtirish haqidagi so‘zlari asossiz ekanligini ta’kidlab o‘tdi.

Oldinroq, Illionoys universiteti siyosiy fanlar doktoranti Ikromjon To‘xtasunov «Gazeta.uz»ga AQSHda prezident saylovlari qanday kechishi, saylovlarda kim ovoz bera olishi, saylovchilar kollegiyasi nimaligi va prezidentlikni qo‘lga kiritish uchun qancha ovoz to‘plash kerak ekanligi haqida so‘zlab bergan edi.