Rossiyaning Orsk shahri neftni qayta ishlash zavodidan Toshkentga yuborilgan 7 ta sisternadagi AI-95 markali benzin o‘g‘rilab ketildi. Gumondorlar vagonlar lyukidagi tamg‘ani buzib, neft tashishga mo‘ljallangan transport vositalariga ortib ketishgani aytilmoqda. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Moskvada Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan muzokaralar o‘tkazdi. Muzokaralar yakunida prezidentlar Xalqaro axborot xavfsizligini ta’minlash sohasida hamkorlik to‘g‘risida Qo‘shma bayonot qabul qildilar. Tashrif doirasida jami 18 ta ikki tomonlama hujjat imzolandi. Davlat rahbari Rossiyaga tashrifini yakunlab, Toshkentga jo‘nab ketdi.
Rossiya Harbiy-texnik hamkorlik federal xizmati direktori Dmitriy Shugayevning ta’kidlashicha, 2021 yilda Rossiya O‘zbekistonga Su-30SM qiruvchi samolyotlari, Mi-35M vertolyotlari, Buk-M2E zenit-raketa komplekslari, BTR-80 va BTR-82A zirhli transportyorlarini yetkazib bergan.
O‘zbekistonda Rossiya texnologiyalaridan foydalangan holda avtomobil va qishloq xo‘jaligi texnikasi ishlab chiqarish hajmini oshirish rejalashtirilmoqda. Bundan tashqari, O‘zbekistondagi energiya ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiya qilish va muqobil energetika sohasidagi loyihalarga Rossiya sarmoyalarini jalb qilish imkoniyatlari ko‘rib chiqilmoqda. Bu haqda Moskvadagi hukumatlararo komissiya yig‘ilishida so‘z bordi.
Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov hozirda O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi munosabatlar o‘z rivojlanishining eng yuqori cho‘qqisida ekanligini ta’kidladi. U, shuningdek, O‘zbekistonda rus tili millatlararo muloqot tili bo‘lib qolayotganini, Rossiyada o‘zbek tiliga qiziqish borligi haqida qo‘shimcha qildi. Vazir noyabrda bo‘lishi kutilayotgan O‘zbekiston prezidentining Rossiyaga tashrifi uchun katta hujjatlar to‘plami tayyorlanganligini ma’lum qildi.
Moskvada O‘zbekiston prezidentining joriy yilda kutilayotgan davlat tashrifiga tayyorgarlik ko‘rilmoqda, deya ma’lum qildi Rossiya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Andrey Rudenko Toshkentda bo‘lib o‘tgan anjumandagi nutqida. Uning aytishicha, «juda jiddiy hujjatlar to‘plami» tayyorlangan, shu jumladan mudofaa sohasida. U Rossiyaning Markaziy Osiyo bo‘yicha hech qanday maxfiy kun tartibi hamda mintaqa davlatlarini kim bilan bo‘lish borasidagi geosiyosiy tanlov qarshisida qoldirish rejasi yo‘qligini aytdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting