«qonun loyihasi» tegli maqolalar


Voyaga yetmaganlarni majburlab ishlatganlar 5 yilgacha muddatga qamalishi mumkin
25 dekabr 2020, 17:40

Voyaga yetmaganlarni majburlab ishlatganlar 5 yilgacha muddatga qamalishi mumkin

Voyaga yetmaganlarni majburiy mehnatga jalb qilganlik uchun jazoni keskinlashtirishga oid qonun loyihasi muhokamaga qo‘yildi. Shuningdek, voyaga yetmaganlarni g‘ayriqonuniy jamoat birlashmalari va diniy tashkilotlar faoliyatida qatnashishga undaganlarni og‘ir holatda 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish taklif etilmoqda.

Korrupsiya haqida xabar berganlar to‘g‘risidagi ma’lumot davlat siri etib belgilanishi mumkin
25 dekabr 2020, 12:41

Korrupsiya haqida xabar berganlar to‘g‘risidagi ma’lumot davlat siri etib belgilanishi mumkin

Korrupsiya to‘g‘risida axborot berayotganlarning shaxsi sir saqlanishi, o‘zi va yaqin qarindoshlarining ijtimoiy-huquqiy himoya qilinishi davlat tomonidan kafolatlanadi. Bu boradagi qonun loyihasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qilindi.

O‘qituvchilar besh yil oldin imtiyozli pensiyaga chiqishi mumkin — qonun loyihasi
30 noyabr 2020, 09:44 2

O‘qituvchilar besh yil oldin imtiyozli pensiyaga chiqishi mumkin — qonun loyihasi

«Pedagog xodimning maqomi to‘g‘risida"gi qonun loyihasi muhokamaga qo‘yildi. Hujjat bilan pedagog xodimlar besh yil oldin imtiyozli pensiyaga chiqishi mumkin etib belgilanmoqda. Bundan tashqari, ularga 15 foizdan 40 foizgacha ko‘p yillik xizmatlari uchun ustamalar to‘lash ko‘zda tutilgan. Qolaversa, o‘qituvchilarni yuqumli kasalliklarga qarshi bepul emlash belgilanishi mumkin.

IIV mitinglar to‘g‘risidagi qonun loyihasi bo‘yicha bayonot berdi
20 avgust 2020, 23:10

IIV mitinglar to‘g‘risidagi qonun loyihasi bo‘yicha bayonot berdi

O‘zbekiston IIV mitinglar to‘g‘risidagi qonunni ishlab chiqishdan ko‘zlangan asosiy maqsad fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlarini ro‘yobga chiqarishdan iborat ekanini ma’lum qildi. Vazirlik qonun loyihasining ishlab chiqilishi Belarusdagi voqealarga aloqador emasligini ham qayd etib o‘tdi.

Korrupsiya haqida xabar qilganlarga pul mukofoti beriladi
20 avgust 2020, 14:09

Korrupsiya haqida xabar qilganlarga pul mukofoti beriladi

Bosh prokuratura korrupsiya haqida xabar qilganlarga bir martalik pul mukofoti berilishini ko‘zda tutuvchi qaror loyihasini jamoatchilik muhokamasiga qo‘ydi. Unga ko‘ra, pul mukofoti miqdori pora, yetkazilgan zarar miqdori yoki o‘g‘irlangan mulk qiymatiga bog‘liq holda — bazaviy hisoblashning 3 baravaridan summaning 10−15 foizigacha beriladi.

Miting, yig‘ilish va namoyishlar o‘tkazish tartibi belgilanadi
19 avgust 2020, 12:33

Miting, yig‘ilish va namoyishlar o‘tkazish tartibi belgilanadi

Miting, yig‘ilish va namoyishlar to‘g‘risidagi qonun loyihasi ishlab chiqildi. Unga ko‘ra, ushbu tadbirlarni ish kunlari kunduzi 10:00 — 18:00 orasida 2 soatdan oshmagan vaqt davomida o‘tkazishga ruxsat beriladi. Bu kabi tadbirlarni o‘tkazishga ruxsat olish uchun ariza namoyishlar o‘tishidan o‘n besh ish kunidan kam bo‘lmagan muddatdan oldin taqdim etilishi lozim — batafsil.

Nodavlat ta’lim tashkilotlarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qaror loyihasi e’lon qilindi
24 iyul 2020, 15:37

Nodavlat ta’lim tashkilotlarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qaror loyihasi e’lon qilindi

Litsenziyaga ega bo‘lgan nodavlat ta’lim tashkilotlariga 1 yanvarga qadar bir qator qulayliklar yaratilishi rejalashtirilmoqda. Bu haqdagi prezident qarori loyihasi muhokamaga qo‘yildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting