«qochqinlar» tegli maqolalar


BMT: Dunyodagi qochqinlar soni 114 milliongacha oshdi
26 oktabr 2023, 16:36

BMT: Dunyodagi qochqinlar soni 114 milliongacha oshdi

Dunyo miqyosida mojarolar, ta’qiblar va inson huquqlari buzilishi tufayli uyini tashlab ketishga majbur bo‘lganlar soni 114 millionga yetdi. BMT asosiy sabablar sifatida Ukrainadagi urush, bir qator Afrika mamlakatlaridagi mojarolar va Afg‘onistondagi gumanitar inqirozni ko‘rsatdi.

Qochqinlarning soni ilk bor 100 mlndan oshdi — BMT
23 may 2022, 09:38

Qochqinlarning soni ilk bor 100 mlndan oshdi — BMT

Dunyoda qochqinlar va ko‘chishga majbur bo‘lganlar soni rekord darajani qayd etib, 100 mln kishiga yetdi. Bunga sabab — Efiopiya, Burkina-Faso, Myanma, Nigeriya, Afg‘oniston va Kongoda uzoq davom etgan harbiy mojarolardir. 2022 yilda ularning qatoriga Ukrainadagi urush ham qo‘shildi, buning oqibatida 6 mln kishi mamlakatni tark etdi, ichki ko‘chishlar soni esa 8 mlnga yetdi.

10 kun ichida Ukrainani 1,5 mln qochqin tark etdi — BMT
7 mart 2022, 10:51

10 kun ichida Ukrainani 1,5 mln qochqin tark etdi — BMT

Rossiyaning Ukrainadagi 10 kunlik harbiy harakatlari davomida mamlakatni 1,5 mln qochqin tark etdi. BMTning Qochqinlar bo‘yicha oliy komissari bu ikkinchi Jahon urushidan beri Yevropada eng tez o‘sayotgan migratsiya inqirozi ekanligini ma’lum qildi.

BMT Ukraina aholisi va ushbu mamlakat qochqinlariga gumanitar yordam uchun $1,7 mlrd so‘radi
2 mart 2022, 15:39

BMT Ukraina aholisi va ushbu mamlakat qochqinlariga gumanitar yordam uchun $1,7 mlrd so‘radi

BMT ma’lumotlariga ko‘ra, Ukrainadagi jangovar harakatlardan jabr ko‘rgan va uy-joyini tark etgan 6 milliondan ortiq odamning gumanitar ehtiyojlari uchun kelasi uch oy ichida 1,1 mlrd dollar kerak bo‘ladi. «Ammo eng samarali insonparvarlik yordami qurollarning ovozini o‘chirishdir», dedi bosh kotib Antonio Guterrish. Xalqaro valyuta jamg‘armasi va Jahon banki Ukrainaga yordam paketlarini tayyorlayotganlarini bildirdi.

Afg‘oniston fuqarolarini majburan, kuch bilan o‘z vataniga qaytarish rejalashtirilmagan — Ismatulla Irgashev
19 dekabr 2021, 16:30

Afg‘oniston fuqarolarini majburan, kuch bilan o‘z vataniga qaytarish rejalashtirilmagan — Ismatulla Irgashev

Prezidentning Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Irgashev O‘zbekistondan o‘z vataniga qaytgan afg‘onistonlik qochoqlardan birortasi ham o‘ldirilgani yoki qamoqqa olinmaganini ma’lum qildi. Bundan tashqari, uning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekistonda yashayotgan Afg‘oniston fuqarolarini majburan qaytarish rejalashtirilmagan.

Dunyoda qochqinlar va boshpana izlovchilar soni ortdi
12 noyabr 2021, 11:39

Dunyoda qochqinlar va boshpana izlovchilar soni ortdi

Yarim yil ichida dunyo bo‘ylab qochqin, ko‘chirilganlar, boshpana izlovchilar hamda fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar soni 84 millionga yetdi. Qochqinlarning aksariyatini Suriya, Venesuela va Afg‘oniston fuqarolari tashkil etmoqda. «Qurolli to‘qnashuvlar, COVID-19 pandemiyasi, qashshoqlik, oziq-ovqat muammolari va iqlimdagi favqulodda vaziyatlar ko‘chirilgan odamlarning og‘ir ahvolini yanada kuchaytirmoqda», — deyiladi BMTning Qochqinlar bo‘yicha Oliy komissarligi boshqarmasi hisobotida.

Viza muddati tugagan Afg‘oniston fuqarolari O‘zbekistondan chiqarib yuborilmaydi
28 oktabr 2021, 13:13

Viza muddati tugagan Afg‘oniston fuqarolari O‘zbekistondan chiqarib yuborilmaydi

IIVning ma’lum qilishicha, viza muddati tugagan Afg‘oniston fuqarolari o‘z yurtigi qaytarib yuborilmaydi, chunki jismoniy shaxslar uchun chegaralar hozircha yopiq. Bundan tashqari, vazirlik respublikada bo‘lib turish qoidalarini buzmayotgan xorijliklarning vizalari qoidaga ko‘ra uzaytirilishini qo‘shimcha qildi.

FT: YeI O‘zbekiston va Afg‘onistonning boshqa qo‘shnilariga qochqinlarni qabul qilish evaziga pul to‘lashi mumkin
2 sentabr 2021, 04:11

FT: YeI O‘zbekiston va Afg‘onistonning boshqa qo‘shnilariga qochqinlarni qabul qilish evaziga pul to‘lashi mumkin

Yevropa Ittifoqi mamlakatlari Afg‘oniston qo‘shnilariga qochqinlarni qabul qilish evaziga 600 mln yevro to‘lab berishni rejalashtirayapti, deb xabar berdi Financial Times. Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, moliyaviy ko‘makni O‘zbekiston, Tojikiston, Pokiston va xatto Eron ham olishi mumkin. Bu Afg‘onistondan Yevropaga yo‘l olishi mumkin bo‘lgan qochoqlar oqimining oldini olishga yordam berishi kutilmoqda.

O‘zbekiston orqali o‘tayotgan Afg‘oniston qochqinlari orasida terrorchilar borligi haqidagi xabarlarga izoh berildi
26 avgust 2021, 16:52

O‘zbekiston orqali o‘tayotgan Afg‘oniston qochqinlari orasida terrorchilar borligi haqidagi xabarlarga izoh berildi

Senat yalpi majlisida O‘zbekiston orqali Yevropa va boshqa davlatlarga o‘tib ketayotgan Afg‘oniston qochqinlari orasida terrorchilar borligi haqidagi xabarlarga TIV rahbarining birinchi o‘rinbosari munosabat bildirildi. «O‘zbekiston hududidan tranzit orqali o‘tib ketayotgan shaxslarning oldindan ro‘yxati bo‘ladi, ular tegishli filtrdan o‘tkaziladi. Bizning tegishli vakolatli organlarimiz tomonidan mamlakatimiz hududida qandaydir terrorchilar kirib kelishiga yo‘l qo‘yilmaydi», — dedi Farhod Arziyev.

Tojikistonda afg‘on qochqinlari uchun vaqtinchalik baza quriladi
20 iyul 2021, 21:52

Tojikistonda afg‘on qochqinlari uchun vaqtinchalik baza quriladi

Tojikistonning Xatlon viloyatida afg‘on qochqinlari uchun vaqtinchalik saqlash bazasini qurish rejalashtirilmoqda. Viloyat rahbari Qurbon Hakimzoda afg‘onlarning o‘z vaqtida fuqarolik urushi jarayonida tojikistonliklarni dastaklaganini esga oldi. Iyul boshida O‘zbekiston Termiz yaqinida ham chodirli shaharcha qurilishi haqida xabar qilingan edi, biroq mamlakat hukumati hozircha ushbu xabarga izoh bermadi.

Dunyo bo‘yicha qochqinlar soni 80 milliondan ortiq — BMT
17 dekabr 2020, 13:46

Dunyo bo‘yicha qochqinlar soni 80 milliondan ortiq — BMT

BMT tomonidan taqdim etilgan so‘nggi hisobotlarga ko‘ra, dunyo bo‘yicha qochqinlar soni 80 milliondan oshgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, ularning eng ko‘pi Suriya va Venesueladan.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting