«qiynoqlar» tegli maqolalar


“Yuksalish” harakati qiynoqlarga barham berish maqsadida 10 ta taklif ishlab chiqdi
8 iyun 2023, 17:44

“Yuksalish” harakati qiynoqlarga barham berish maqsadida 10 ta taklif ishlab chiqdi

“Yuksalish” umummilliy harakati ichki ishlar idoralarida qiynoqlarga barham berish maqsadida 10 ta taklif ishlab chiqqanini e’lon qildi. Unda qiynoq holatlari yuzasidan IIV rahbariyati jamoatchilikka batafsil axborot berishi, ichki ishlar organlariga ishga qabul qilish isloh qilinishi kabi takliflar joy olgan.

“Shaffoflik — qiynoqlarni barvaqt oldini olishning ta’sirchan vositalaridan biri” — Ombudsman
7 iyun 2023, 16:31

“Shaffoflik — qiynoqlarni barvaqt oldini olishning ta’sirchan vositalaridan biri” — Ombudsman

Ombudsman Bo‘kada sodir bo‘lgan holatga munosabat bildirib, aybdorlar hibsga olinganini ijobiy baholashini qayd etdi. Munosabatda ta’kidlanishicha, qiynoqlarni oldini olish uchun shaffoflik ta’minlanishi kerak.

Bo‘kada IIBdagi qiynoqlar oqibatida vafot etgan fuqaroning ukasi ham qiynoqqa solingani aytilmoqda
7 iyun 2023, 12:59

Bo‘kada IIBdagi qiynoqlar oqibatida vafot etgan fuqaroning ukasi ham qiynoqqa solingani aytilmoqda

Bo‘kadagi IIBda qiynoqqa solingandan so‘ng vafot etgan Usmon Salimboyevning yaqinlari voqeaga oid yangi tafsilotlarni ma’lum qildi. Ular marhumdan tashqari uning ukasi ham qiynoqqa solinganini aytdi. Jamoatchilik ichki ishlar tizimi isloh qilinishini talab qilmoqda.

Ombudsman qiynoqqa solingan tadbirkorlar bilan yakka tartibda xoli suhbatlar o‘tkazdi
7 may 2023, 11:14

Ombudsman qiynoqqa solingan tadbirkorlar bilan yakka tartibda xoli suhbatlar o‘tkazdi

Ombudsman va uning huzuridagi jamoatchilik guruhlari vakillari qiynoqqa solingan tadbirkorlar Dilshod To‘raxo‘jayev va Hasanboy Abdunabiyev saqlanayotgan “Toshturma”da bo‘ldi. O‘tkazilgan xoli suhbatlarda ular ruhiy va jismoniy qiynoqlarga solinganini tasdiqlab, bunga asosli dalillar borligini aytishgan.

Ombudsman tadbirkorlar qiynoqqa solingani haqidagi xabarlarni alohida nazoratga oldi
2 may 2023, 22:01

Ombudsman tadbirkorlar qiynoqqa solingani haqidagi xabarlarni alohida nazoratga oldi

Ombudsman idorasi tadbirkorlar Dilshod To‘raxo‘jayev va Xasanboy Abdunabiyevning qiynoqqa solingani haqidagi xabarlarni alohida nazoratga oldi. “O‘zbekiston inson qadr-qimmatini yerga uradigan, insoniylikka zid bo‘lgan qiynoqlarning har qanday ko‘rinishiga qarshi kurash yo‘lini tanlagan”, — deyiladi bayonotda.

Ombudsman idorasi qiynoqlar ehtimoli haqidagi xabarga raddiya berdi
17 avgust 2022, 22:26

Ombudsman idorasi qiynoqlar ehtimoli haqidagi xabarga raddiya berdi

Ombudsman idorasi «Gazeta.uz»ning Qoraqalpog‘istondagi mahbuslarning advokatlari qiynoqlar to‘g‘risida ma’lum qilgani haqidagi xabariga raddiya berdi. Xabarda advokatlardan qiynoqqa solish holatlari kuzatildimi, degan savolga javob olingan, deya aniqlik kiritdi ombudsman matbuot xizmati.

«Mahkumlar shikoyati bo‘yicha 7 nafar ichki ishlar xodimiga intizomiy jazo qo‘llanilgan» — Ombudsman
20 aprel 2022, 18:04

«Mahkumlar shikoyati bo‘yicha 7 nafar ichki ishlar xodimiga intizomiy jazo qo‘llanilgan» — Ombudsman

2021 yilda Ombudsman nomiga mahkumlar, ularning yaqin qarindoshlari hamda advokatlari tomonidan 6104 ta murojaat kelib tushgan. Mahkumlarning shikoyatlari asosida 4 ta holatda ichki ishlar xodimlarining 7 nafar xodimiga intizomiy ta’sir choralari qo‘llanildi. 59 nafar mahkumga tayinlangan jazolar yengilroqlariga almashtirildi.

O‘zbekiston qamoqxonalari xodimlariga Nelson Mandela qoidalarini qo‘llash bo‘yicha trening o‘tkazilmoqda
9 noyabr 2021, 23:18

O‘zbekiston qamoqxonalari xodimlariga Nelson Mandela qoidalarini qo‘llash bo‘yicha trening o‘tkazilmoqda

O‘zbekistondagi jazoni ijro etish muassasalari xodimlari uchun «Nelson Mandela qoidalarining asosiy tamoyillari» treningi o‘tkazilmoqda. Unda, jumladan, qamoqxonalarda qiynoqlarning oldini olish ko‘nikmalari ham o‘rgatiladi.

O‘zbekiston qamoqxonalarida 2000 dan ziyod diniy va siyosiy mahbus bor ­- AQSh komissiyasi hisoboti
15 oktabr 2021, 10:13

O‘zbekiston qamoqxonalarida 2000 dan ziyod diniy va siyosiy mahbus bor ­- AQSh komissiyasi hisoboti

O‘zbekistonda diniy va siyosiy sabablarga ko‘ra sudlangan 2000 nafardan ziyod mahbus bor. AQShning Diniy erkinliklar bo‘yicha xalqaro komissiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, bu sobiq ittifoq respublikalaridagi barcha diniy mahbuslar yig‘indisidan ko‘ra ko‘proq va dunyodagi eng yuqori ko‘rsatkichlardan biridir. Komissiya O‘zbekiston yutuqlarini qayd etdi, lekin ushbu soha jiddiy islohotga muhtoj deb hisoblaydi.

«Qamoqxonalarda qiynoq holatlarini deyarli uchratganim yo‘q» — Ombudsman
11 oktabr 2021, 16:43

«Qamoqxonalarda qiynoq holatlarini deyarli uchratganim yo‘q» — Ombudsman

Inson huquqlari bo‘yicha vakil Feruza Eshmatova 9 oy ichida qamoqxonalarga 120 ta monitoring tashriflari amalga oshirilganini ma’lum qildi. Uning aytishicha, monitoring davomida qamoqxonalarda «qiynoq holatlari deyarli uchramagan». «Shu paytgacha ularning hech qaysisidan „meni bu qiynayapti“, „urdi“ yoki qanaqadir „ruhiy tazyiq, bosim, qiynoqlar o‘tkazayapti“ degan murojaat bo‘lmadi», — deydi ombudsman.

Ombudsman huzurida qiynoqlarni aniqlash bo‘yicha guruh tashkil etiladi
26 iyun 2021, 18:04

Ombudsman huzurida qiynoqlarni aniqlash bo‘yicha guruh tashkil etiladi

Prezident qiynoqlarning oldini olish tizimini takomillashtirish to‘g‘risidagi yangi hujjatga imzo chekdi. Ombudsman huzurida qiynoqlarni aniqlash bo‘yicha jamoatchilik guruhlari tashkil etiladi. Jabrlanganlarga yordam ko‘rsatish va yetkazilgan zararni kompensatsiya qilish tizimi yo‘lga qo‘yiladi.

«Qiynoqlar aniqlanmayotganiga sabab qamoqxonalardagi tibbiy xodimlar IIVga bo‘ysunadi» — Rasul Kusherbayev
12 fevral 2021, 18:16

«Qiynoqlar aniqlanmayotganiga sabab qamoqxonalardagi tibbiy xodimlar IIVga bo‘ysunadi» — Rasul Kusherbayev

Deputat Rasul Kusherbayev Ombudsmanning 2019 yilgi hisobotida 139 nafar mahbusdan qiynoqlar bilan bog‘liq shikoyat kelganini, lekin ular tasdiqlanmaganini qayd etdi. Bunga «Qamoqxonalardagi tibbiy xizmat IIVga bo‘ysunishi» sabab bo‘layotgani ta’kidlandi. U qamoqxonalardagi tibbiy xizmatni Sog‘liqni saqlash vazirligi tasarrufiga o‘tkazish bo‘yicha ombudsmanning o‘tgan yilgi taklifi ochiq qolganini ta’kidladi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting