Sariosiyo tumanida mahalla raisining xonadonida janjal ko‘targan fuqaro uyiga kelgan profilaktika inspektoriga bolta bilan hujum qildi. IIB xodimi shifoxonaga yetkazildi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchi qamoqqa olindi.
Toshloq tumanida profilaktika inspektori tabel quroli bilan o‘zini otib qo‘ydi. U mashinasida koma holatida topilgan va tibbiy muassasaga joylashtirilgan. Xodim 1xbet orqali 45 mln so‘m yutqazib qo‘ygani uchun jazolangan va viloyat IIB qoshidagi intizomiy Kengashning nazoratida bo‘lgan.
Chilonzor tumani «Ko‘tarma» mahallasidagi daraxtzor o‘rnida turar-joy qurilishiga qarshii chiqqan profilaktika katta inspektori kapitan Azimjon Qudabayev tuman hokimligi tomonidan taqdirlandi.
Qashqadaryolik qiz Toshkentda profilaktika inspektori tomonidan zo‘rlangani va undan homilador bo‘lib qolganini ma’lum qildi. IIO xodimi ularning muloqoti o‘zaro kelishuv asosida bo‘lganini ta’kidlab, tergovga dalil sifatida video taqdim etdi. U qizning homilador bo‘lishiga aloqasi yo‘qligini ham aytgan.
Poytaxtning Chilonzor tumani IIB tergovchisi jinoyat ishi bo‘yicha ayblanuvchiga chora ko‘rmaslik evaziga 5000 dollar talab qilib, shundan 1000 dollarni olganida ushlandi. Mirobod tumani IIB profilaktika inspektori esa huquqbuzarlikni rasmiylashtirmaslik evaziga 500 dollarni olganida qo‘lga tushgani ma’lum qilindi. Ular hibsga olinib, jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi.
Namanganda sud IIB rahbariyatining noqonuniy xatti-harakatlari haqida ma’lum qilgan sobiq profilaktika inspektori Sardorbek Otaboyevga nisbatan jinoyat ishini ko‘rib chiqishni boshladi. U Jinoyat kodeksining 7 moddasi, jumladan, firibgarlik, mansab vakolatini suiiste’mol qilish va boshqalar bo‘yicha ayblanmoqda. Sudlanuvchi ayblovlarni rad etmoqda.
Qashqadaryoda YPX inspektorlari ko‘proq «protokol» tuzishga majburlanmoqda, deya xabar qildi Nasafnews sayti. Nashr viloyat YHXB rahbari o‘rinbosari ekani taxmin qilinayotgan shaxsning xodimlarga 20 tadan «protokol» rasmiylashtirishni topshirgani aks etgan audioyozuvni taqdim etdi. IIV YHXBB xizmat tekshiruvi boshlangani haqida ma’lum qildi.
Profilaktika inspektorlari ko‘rib chiqishi mumkin bo‘lgan ma’muriy huquqbuzarliklar ro‘yxati kengaytirildi. Jumladan, endiklikda «uchastkavoylar» haydovchilarning to‘xtash yoki to‘xtab turish qoidalarini buzishi hamda voyaga yetmagan shaxsni g‘ayriijtimoiy xatti-harakatlarga jalb qilish to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqishlari mumkin.
Senat Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga profilaktika inspektorlari vakolatlarini kengaytirish, ularga ma’muriy huquqbuzarliklarni ko‘rib chiqish huquqni berishni ko‘zda tutgan o‘zgartishlar kiritilishini ma’qulladi. Murosaga erishilgan holatlarda javobgarlikdan ozod qilishni nazarda tutgan ma’muriy ishlar bo‘yicha yarashuv instituti ham joriy etilmoqda.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting