Senat raisi jurnalistlar uchrashuvda davlat idora va tashkilotlari mansabdorlari senzura o‘rnatishi, OAV ishiga to‘sqinlik qilishi, tazyiq va bosim o‘tkazishiga qarshi javobgarlik yanada kuchaytirilishini ma’lum qildi. «Sizlarni faoliyatingizga aralashishga, ko‘rsatma, yo‘nalish berishga hech kimning haqqi yo‘q», — dedi u.
Prezident Shavkat Mirziyoyev matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlariga tabrigida milliy jurnalistika turli sinov va qiyinchliklarga duch kelayotganini ta’kidladi. Davlat rahbari senzura o‘rnatish, OAV faoliyatiga noqonuniy aralashish, tahririyat xodimlariga bosim va tazyiq o‘tkazish va boshqalar uchun javobgarlikni kuchaytirishni taklif qildi.
Ishtixon tumani hokimligi axborot xizmati xodimi dehqon bozoridani yong‘inni yoritishga borgan jurnalistlarning kamerasiga tashlanib, undagi xotira kartasini «yeb qo‘ygani» aytilmoqda. Hokimlik axborot xizmati rahbari tushunmovchilik bo‘lganini qayd etdi. Samarqand viloyati hokimligi holat AOKA vakillari va ikki tomon ishtirokida o‘rganib chiqilishini ma’lum qildi.
«Nomi matbuot bo‘lgani, uning ustiga minib olsa ham bo‘ladi degani emas», — deb yozdi Komil Allamjonov. Davlat idorasi xodimlarining OAV faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlarga bosim o‘tkazishi noqonuniy, deya ta’kidladi u.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting