«o‘z joniga qasd qilish» tegli maqolalar


Qarshida 22 yoshli yigit o‘zini 10-qavatdan tashlab, joniga qasd qildi
21 fevral 2023, 21:35

Qarshida 22 yoshli yigit o‘zini 10-qavatdan tashlab, joniga qasd qildi

22 yoshli yigit Qarshi city`dagi ko‘p qavatli uyning 10-qavatidan o‘zini tashlab yuborib, joniga qasd qildi. Tergovga qadar tekshiruvda u 2019 yilda ruhiy muammolar sababli davolangani, o‘sha davrda ham joniga qasd qilishga uringani aniqlandi.

Metroda o‘zini poyezd tagiga tashlamoqchi bo‘lgan yigit to‘xtatib qolindi
21 fevral 2023, 16:28

Metroda o‘zini poyezd tagiga tashlamoqchi bo‘lgan yigit to‘xtatib qolindi

Toshkent metrosining «Paxtakor» bekatida 26 yoshli erkak o‘zini poyezd tagiga tashlamoqchi bo‘ldi. Aniqlanishicha, u ruhiy-asab kasalliklari dispanserida ro‘yxatda turuvchi shaxs bo‘lgan. Yigit metropoliten xodimlari tomonidan qutqarib qolinganidan so‘ng, onasiga topshirilgan.

Toshkentda 12 yoshli maktab o‘quvchisi o‘zini osib qo‘ydi
1 dekabr 2022, 12:18

Toshkentda 12 yoshli maktab o‘quvchisi o‘zini osib qo‘ydi

Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanida 7-sinf o‘quvchi qiz yashash hovlisidagi daraxtga osilgan holda topildi. Bunga nima sabab bo‘lgani hozircha noma’lum. Holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.

Navoiyda erkak 3-qavatdan o‘zini tashlagani aytilmoqda
19 oktabr 2022, 09:20

Navoiyda erkak 3-qavatdan o‘zini tashlagani aytilmoqda

Navbahor tumanida erkak markaziy poliklinika binosining 3-qavatidan o‘zini tashlagani aytilmoqda. SSV uning ikki kun oldin kasalxonaga murojaat qilgani va 18 oktabr kuni noma’lum sabablarga ko‘ra o‘zini tashlab, vafot etgani ma’lum qildi. BP hodisaning sabablarini aniqlamoqda.

«Tadbirkorga prokuror ham, hokim ham tazyiq o‘tkazmagan». Andijon hokimligi o‘zini osgan tadbirkor haqida
22 avgust 2022, 10:23

«Tadbirkorga prokuror ham, hokim ham tazyiq o‘tkazmagan». Andijon hokimligi o‘zini osgan tadbirkor haqida

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Andijonda tadbirkor o‘zini osgani bo‘yicha xabarga viloyat hokimligi munosabat bildirdi. Unga ko‘ra, tadbirkorga hokim ham, prokuror ham tazyiq o‘tkazmagan. Xabarda aytilishicha, tashkilot rahbarining o‘z joniga qasd qilishi bilan bog‘liq boshqa tafsilotlar kelib chiqmoqda.

Samarqandda o‘z joniga qasd qilgan ayolning eriga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
13 iyul 2022, 15:16

Samarqandda o‘z joniga qasd qilgan ayolning eriga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Toyloq tumanida 30 yoshli ayol o‘z joniga qasd qilgandi. Sud-tibbiy ekspertiza marhumaning tanasida yengil tan jarohatlari mavjudligini aniqladi. Marhumaning turmush o‘rtog‘iga nisbatan o‘zini o‘zi o‘ldirish darajasiga yetkazish moddasi bilan jinoyat ishi ochildi.

Samarqandda uksus ichgan ayol o‘z joniga qasd qilish darajasiga yetkazilgan bo‘lishi mumkin
30 iyun 2022, 16:02

Samarqandda uksus ichgan ayol o‘z joniga qasd qilish darajasiga yetkazilgan bo‘lishi mumkin

Samarqandda 29 yoshli ayol uksusdan zaharlanib, vafot etgan holat yuzasidan o‘zini o‘zi o‘ldirish darajasiga yetkazish moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Uni qaynonasi kamsitib kelgani aytilmoqda. Marhumadan oldingi kelin ham o‘z joniga qasd qilgani ma’lum bo‘ldi.

Samarqandda 29 yoshli ayol uksus kislotasidan zaharlanib, vafot etdi
28 iyun 2022, 13:47

Samarqandda 29 yoshli ayol uksus kislotasidan zaharlanib, vafot etdi

Samarqandda istiqomat qiluvchi 29 yoshli ayol uksus kislotasidan zaharlanishi oqibatida vafot etdi. Ijtimoiy tarmoqlarda u o‘z joniga qasd qilgani aytilmoqda. Bosh prokuratura tergovga qadar tekshiruv harakatlarini o‘z nazoratiga oldi.

Boyovut qishloq xo‘jaligi bo‘limi xodimi osilgan holda topildi
22 iyun 2022, 15:24

Boyovut qishloq xo‘jaligi bo‘limi xodimi osilgan holda topildi

Sirdaryo viloyati Boyovut tuman qishloq xo‘jaligi bo‘limi xodimi ish joyida osilgan holda topildi. U qimor o‘yinida yutqazib qo‘ygani uchun o‘z joniga qasd qilgani aytilmoqda.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting