Toshkent shahrida yashovchi fuqaro o‘zini metro tagiga tashlamoqchi bo‘ldi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Transport va turizm obyektlarida havsizlikni ta’minlash departamenti xabar berdi.

Qayd etilishicha, 20 fevral kuni soat 19:20 larda 1997 yil tug‘ilgan fuqaro D.O. «Paxtakor» bekatida o‘z joniga qasd qilish maqsadida, o‘zini elektropoyezd yo‘liga tashlamoqchi bo‘lgan. Bekat platformasida xizmat olib borayotgan Metropolitenda xavfsizlikni ta’minlash boshqarmasi saf bo‘linmalari ikkinchi batalon, safdor xodimi A.A.Dalaboyev yesa, uni ushlab qolgan.

Surishtiruv ishlari davomida ma’lum bo‘lishicha, fuqaro 2016 yildan buyon ruhiy-asab kasalliklari dispanserida «Shizofreniya» tashxisi bilan ro‘yxatda bo‘lgan. Shundan so‘ng fuqaroning onasi F.A. voqea joyiga chaqirtirilgan va yigit onasiga topshirilgan.