22 iyun kuni Sirdaryo viloyati prokuraturasi Boyovut tuman qishloq xo‘jaligi bo‘limi yetakchi mutaxassisi T. B. 13 iyun kuni ish binosida osilgan holda topilgan voqea tafsilotlarini ma’lum qildi.

Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda T. B.ni o‘z joniga qasd qilish sababi qimor o‘yinlarida yutqazishi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkinligi haqida yozishgandi.

Huquq-tartibot idoralari ma’lumotlariga ko‘ra, ma’muriy binosining ikkinchi qavatidagi bo‘sh xona eshigining to‘siniga sirtmoq bilan bo‘yin qismidan osib, o‘z joniga qasd qilgan.

O‘z joniga qasd qilish holati ish bilan bog‘liq bo‘lmagan va hozirda aniqlik kiritilayotgan shaxsiy muammolari sababli yuz bergan, deyiladi prokuratura xabarida.

Mazkur holat yuzasidan Boyovut tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.