Ohangaron tumanida 3 fuqaro elektr qarmoq yordamida 48 kg baliqni noqonuniy ovladi. Bu orqali tabiatga 531 mln so‘m zarar yetkazildi. Vazirlar Mahkamasi shu kunlarda baliq ovlashni tartibga soluvchi, jumladan, brakonerlikka qarshi kurashishni nazarda tutuvchi qaror loyihasini ko‘rib chiqmoqda.
Sardoba suv omborida fuqarolar 3 kun davomida 530 bosh baliqni noqonuniy ovlagani aniqlandi. Buning oqibatida hayvonot dunyosiga 280 mln so‘m zarar yetgan.
Jizzaxdagi «Arnasoy» suv ombori hududida ikki nafar shaxs 343 bosh baliqni noqonuniy ovlagani aniqlandi. Buning oqibatida hayvonot dunyosiga 201 mln so‘m zarar yetkazilgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Do‘stlik tumanida 218 dona baliqni noqonuniy ovlagan fuqarolar qo‘lga olindi. Ularga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi hamda hayvonot dunyosiga 28 mln so‘m zarar belgilandi. Hujjatlar jinoyat ishlari bo‘yicha tuman sudiga taqdim etildi.
Qiziltepa tumanidagi To‘dako‘l suv havzasi hududida 48 dona baliqni noqonuniy ovlagan fuqarolar aniqlandi. Ularga nisbatan 18 mln so‘m jarima hamda hayvonot dunyosiga yetkazilgan 11 mln so‘mdan ortiq zarar miqdori hisoblandi.
Qorao‘zak tumanida kollektordan 252 dona baliqni noqonuniy ovlagan shaxslar ushlandi. Buning oqibatida tabiatga 40 mln so‘m miqdorida zarar yetkazilgani ma’lum bo‘ldi. To‘plangan hujjatlar Orol tabiatni muhofaza qilish prokuraturasiga taqdim etish uchun tayyorlanmoqda.
Termiz tumanida ikki fuqaro Uchqizil kanalidan taqiqlangan ov quroli — elektr qarmoq bilan baliq tutgani aniqlandi. Oqibatda hayvonot dunyosiga 45 mln so‘m zarar yetkazildi. Holat bo‘yicha to‘plangan hujjatlar jinoyat ishlari bo‘yicha Termiz tuman sudida ko‘rib chiqiladi.
Xovos tumanida ikki fuqaro 9 turdagi 68 dona baliqni noqonuniy ovlangani aniqlandi. Oqibatda hayvonot dunyosiga 47 mln 160 ming so‘m zarar yetkazildi. Holat bo‘yicha to‘plangan hujjatlar prokuratura organiga yuborildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting