Qoraqalpog‘iston Ekologiya qo‘mitasining Bioxilmaxillik va muhofaza etiladigan tabiiy hududlar masalalari bo‘limi va «Sudoche-Akpetki» davlat buyurtma qo‘riqxonasi xodimlari tomonidan hamkorlikda tungi reyd tadbiri o‘tkazildi, deya xabar bermoqda Ekologiya qo‘mitasi matbuot xizmati.

Reydda Chimboy tuman «Qosterek» OFYda yashovchi fuqarolar A.A., A.T. va B.M. hamda Qorao‘zak tumani «Quralpa» OFYda yashovchi fuqaro U.B. Qorao‘zak tumanida joylashgan KS-3 kollektoridan to‘r yordamida 82 dona zog‘orabaliq, 168 dona leshch va 1 dona oq amur, 1 dona ilonbosh baliqlarini ovlagani aniqlandi.

Holat yuzasidan tegishli tartibda hujjatlar rasmiylashtirilib, tabiatga 40 470 000 so‘m miqdorida zarar yetkazilgani ma’lum bo‘ldi.

To‘plangan hujjatlar Orol tabiatni muhofaza qilish prokuraturasiga taqdim etish uchun tayyorlanmoqda.