Navoiy viloyati Qiziltepa tumanidagi To‘dako‘l suv havzasi hududida tegishli tashkilot xodimlari bilan nazorat reyd tadbirlari o‘tkazildi, deya xabar bermoqda viloyat Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati.
Reyd tadbirlari davomida 6 nafar fuqaro ov qilish va baliq ovlash qoidalarini, shuningdek, hayvonot dunyosidan foydalanishning boshqa turlarini amalga oshirish qoidalarini buzgan holda jami 48 dona baliqni ovlagani aniqlandi.
Holat yuzasidan huquqbuzarlarga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 90-moddasi 1-qismi (Ov qilish va baliq ovlashning taqiqlangan qurollarini yoki vositalarini tayyorlash, olib kirish, saqlash, tashish yoki yuborish, olish yoxud sotish) bilan BHMning 10 barobari miqdorida — jami 18 mln so‘m jarimaga tortildi. Ovlangan 48 dona baliq uchun hayvonot dunyosiga yetkazilgan 11 mln 670 ming so‘m zarar miqdori hisoblandi.
Telegramdan foydalanasizmi? Muhim yangiliklarni o‘tkazib yubormaslik uchun kanalimizga a’zo bo‘ling.