«nogironligi bo‘lgan shaxslar» tegli maqolalar


Nogironlik belgilari aniq ko‘rinib turganlarning nogironligi muddatsiz davrga belgilanadi
29 noyabr 2021, 10:54

Nogironlik belgilari aniq ko‘rinib turganlarning nogironligi muddatsiz davrga belgilanadi

Prezident qaroriga ko‘ra, 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarga nogironlikni belgilash pediatriya tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalari tomonidan amalga oshiriladi. 2022 yil 1 avgustdan boshlab Toshkent shahrida, 2023 yil 1 yanvardan respublikaning barcha hududlarida nogironligi bo‘lganlarni hisobga olish va ko‘rikdan o‘tkazishning yangi elektron axborot tizimi joriy etiladi. Nogironlik belgilari aniq ko‘rinib turgan, anatomik nuqsonlari bo‘lgan shaxslar nogironligi muddatsiz davrga belgilanadi.

Pedagogik faoliyat huquqi: nima uchun ko‘zi ojiz pedagoglar hali hamon kamsitilmoqda?
18 avgust 2021, 12:00

Pedagogik faoliyat huquqi: nima uchun ko‘zi ojiz pedagoglar hali hamon kamsitilmoqda?

O‘zbekistonda inklyuziv ta’limni rivojlantirish uchun ko‘zi ojiz o‘qituvchilarni ta’lim tizimiga jalb etish muhim ahamiyatga ega. Ammo pedagogik faoliyatni amalga oshirishlari uchun ularga teng sharoit va imkoniyatlar yaratilganmi? Abdullo Abduxalilov va Dilmurod Yusupov o‘z tajribalari va pedagogik faoliyatdagi inklyuziyaning muvaffaqiyatli misollari asosida ushbu muammoni o‘rganishdi.

Nogironligi bor shaxslar ish topishi uchun Ishplus.uz platformasi ishga tushirildi
25 iyun 2021, 11:23 1

Nogironligi bor shaxslar ish topishi uchun Ishplus.uz platformasi ishga tushirildi

“Sharoit Plus” nogironlar jamoat birlashmasi nogironligi bo‘lgan shaxslarni munosib ish bilan ta’minlash uchun onlayn platformani ishga tushirdi. Loyihaning hamkorlari — Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi va YeXHT, loyiha BMTning ijtimoiy himoyani mustahkamlash Qo‘shma dasturi tomonidani qo‘llab-quvvatlanmoqda.

Senat Nogironlar huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyani ratifikatsiya qildi
29 may 2021, 18:13

Senat Nogironlar huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyani ratifikatsiya qildi

Senat Nogironlar huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyani ratifikatsiya qildi. Shu bilan O‘zbekiston nogironlar uchun infratuzilmalarni takomillashtirish hamda ularning huquqlarini kafolatlash bo‘yicha xalqaro majburiyatlarni zimmasiga olmoqda.

Inklyuziv mehnat: pandemiya qanday o‘zgartirishlar kiritdi?
9 dekabr 2020, 13:00

Inklyuziv mehnat: pandemiya qanday o‘zgartirishlar kiritdi?

Turli ko‘rinishdagi nogironligi bo‘lgan odamlar mehnat bozorida bundan oldin ham to‘siqlar va kamsitishlarga duch kelishgan. Pandemiya va qattiq karantin choralari ularning mehnat huquqlarini boshqalar bilan teng amalga oshirishga qanday ta’sir qildi? Dilmurod Yusupov maqolasi.

Huquqlar bor, lekin ularni amalda qanday qo‘llash mumkin?
29 oktabr 2020, 10:28

Huquqlar bor, lekin ularni amalda qanday qo‘llash mumkin?

15 oktyabrda prezident «Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida"gi yangi qonunni imzoladi. Mazkur qonun dastlab qabul qilingan — «O‘zbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish to‘g‘risida"gi qonun taqdirini takrorlamasligi hamda nogironlarning huquq va manfaatlarini haqiqatan ham himoya qilishi uchun qanday choralar ko‘rish kerak — Oybek Isoqov va Dilmurod Yusupov maqolasida.

O‘zbekistonda 700 mingdan ortiq nogironligi bo‘lgan shaxslar istiqomat qiladi
11 sentabr 2020, 13:56

O‘zbekistonda 700 mingdan ortiq nogironligi bo‘lgan shaxslar istiqomat qiladi

Hozirgi kunda O‘zbekistonda 700 mingdan ortiq nogironligi bo‘lgan shaxslar istiqomat qilmoqda. Ularning 100 mingdan ortig‘i 16 yoshgacha bo‘lgan bolalardir. Senat ma’qullagan qonunga ko‘ra, endilikda nogironligi bo‘lgan shaxslar ta’lim olish, davolanish va boshqa masalalarda qator imtiyozlarga ega bo‘ladi.

Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun «to‘siqsiz muhit»ni shakllantirishimiz lozim — Senat raisi
11 sentabr 2020, 12:08

Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun «to‘siqsiz muhit»ni shakllantirishimiz lozim — Senat raisi

Senat «Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida"gi Qonunni ma’qulladi. Parlament yuqori palatasi raisi Tanzila Narbayeva mazkur yo‘nalishda amalga oshirilishi zarur bo‘lgan jihatlarga urg‘u berdi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting