«narxlar» tegli maqolalar


Energetika vaziri O‘zbekiston Rossiya gazi uchun qancha to‘lashini ochiqlay olmasligini bildirdi
12 iyul 2023, 16:38

Energetika vaziri O‘zbekiston Rossiya gazi uchun qancha to‘lashini ochiqlay olmasligini bildirdi

Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov O‘zbekiston Rossiyaga gaz uchun qancha to‘lashini ochiqlay olmasligi, lekin milliy manfaatlar, bozor kon’yunkturasidan kelib chiqib, raqobatbardosh narxlar belgilanganini ta’kidladi.

Toshkentda ikkilamchi uy-joyning o‘rtacha narxi bir yilda 27 foizga oshdi — ITIM
15 iyun 2023, 14:35

Toshkentda ikkilamchi uy-joyning o‘rtacha narxi bir yilda 27 foizga oshdi — ITIM

May oyida poytaxtdagi ikkilamchi ko‘chmas mulkning o‘rtacha narxi 2,5 foizga ko‘tarilib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 27 foizga oshdi. Shahardagi ijara narxlari esa yil boshidan beri 12,1 foizga kamaydi.

QQS stavkasining 12% ga tushirilishi narxlar pasayishiga olib kelmadi — PMTI
2 mart 2023, 09:41

QQS stavkasining 12% ga tushirilishi narxlar pasayishiga olib kelmadi — PMTI

«O‘zbekistonda qo‘shilgan qiymat solig‘ining 15% dan 12% ga tushirilishi narxlarning tegishli ravishda tushishiga olib kelmagan», — demoqda PMTI ekspertlari. Bunga yashirin iqtisodiyot ulushi kattaligi, raqobat shakllanib ulgurmagani va boshqa omillar sabab sifatida keltirildi.

UzAuto Motors Malibu XL narxlarini e’lon qildi
28 fevral 2023, 12:11

UzAuto Motors Malibu XL narxlarini e’lon qildi

UzAuto Motors yangilangan Chevrolet Malibu XL sotuvi boshlangani haqida xabar berdi. Redline liniyasi uslubida ishlab chiqilgan avtomobillar 3 ta komplektatsiyada taqdim etilib, 334,8 mln so‘mdan 374,1 mln so‘mgacha (QQSsiz) sotiladi.

Paxta terimi uchun yangi to‘lov tariflari e’lon qilindi
6 sentabr 2022, 18:25

Paxta terimi uchun yangi to‘lov tariflari e’lon qilindi

2022 yilda qo‘lda terilgan paxtaning har bir kilogrammi uchun birinchi terimda 1500 so‘mdan, ikkinchi terimda 1800 so‘mdan kam bo‘lmagan miqdorda haq to‘lanadi. Bir tonna mahsulot xomashyosining o‘rta navi QQS bilan birga 10 mln so‘mni tashkil etadi.

Shakarning birjadagi narxlari pasayishni boshladi
19 mart 2022, 00:43

Shakarning birjadagi narxlari pasayishni boshladi

18 mart kuni birja auksionlarida shakarning o‘rtacha qiymati o‘tgan kunga nisbatan 15,3 foizga — 1 kg uchun 11 921,9 so‘mdan 10 101,3 so‘mga arzonlashdi. Shu kuni 2100 tonna shakar sotildi. Xaridorlar soni ham ortdi.

«Blekaut» sabab qishloq xo‘jaligi mahsulotlari narxi keskin oshib ketmaydi — Qishloq xo‘jaligi vazirligi
26 yanvar 2022, 21:37

«Blekaut» sabab qishloq xo‘jaligi mahsulotlari narxi keskin oshib ketmaydi — Qishloq xo‘jaligi vazirligi

Qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Shuhrat Mirzayev elektr energiya va gaz ta’minotidagi uzilishlar ortidan bozorlarda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining narxi keskin oshib ketmasligini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, yetarli miqdorlarda oziq-ovqat mahsulotlari zaxirasi yaratilgan, ular muqobil energiyaga ulangan muzlatgich va omborxonalarda saqlanmoqda. Issiqxonalar esa bir necha kun ichida tabiiy gaz bilan ta’minlanadi.

Iyunda 0,2 foizlik deflyatsiya qayd etildi. Bir oy ichida narxlar qanday o‘zgardi?
5 iyul 2021, 19:39

Iyunda 0,2 foizlik deflyatsiya qayd etildi. Bir oy ichida narxlar qanday o‘zgardi?

Iyun oyida mavsumiy omillar hisobiga 0,2 foizlik mavsumiy deflyatsiya kuzatildi. Oziq-ovqat mahsulotlari 0,9 foizga arzonlashdi, meva-sabzavot mahsulotlari va tuxum narxi sezilarli pasaydi. Nooziq-ovqat mahsulotlar 0,5 foizga, xizmatlar esa 0,2 foizga qimmatlashdi.

Toshkentda ayrim mahsulotlar Yevropa poytaxtlaridan ham qimmatroq ekanligi aniqlandi
19 aprel 2021, 17:16 1

Toshkentda ayrim mahsulotlar Yevropa poytaxtlaridan ham qimmatroq ekanligi aniqlandi

Tadqiqotlarga ko‘ra, Toshkent shahridagi apelsin, limon va banan narxlari MDH va Yevropaning London, Berlin va Rim kabi bir qator markazlaridagi narxlardan baland bo‘lib turibdi. Shuningdek, boshqa turdagi oziq-ovqat narxlari bo‘yicha Toshkent shahridagi minimal narxlar MDH davlatlari poytaxtidagi narxlardan ancha baland ekanligi aniqlandi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting