Qo‘lda terilgan har kilogramm paxta xomashyosi uchun birinchi terimda 1500 so‘mdan, ikkinchi terimda 1800 so‘mdan kam bo‘lmagan miqdorda haq to‘lanadi. Bu haqda Qashqadaryo viloyati hokimligi Axborot xizmati rahbari Ahror Sodiqov xabar berdi.

2021 yilda bu ko‘rsatkich 1 kilogramm paxta uchun 1200 so‘m, ikkinchi terimda esa 1500 so‘mni tashkil etgan.

Statistikaga asoslangan holda narxlar yiliga o‘rtacha 2500 — 3000 so‘m atrofida oshib bormoqda.

Qishloq xo‘jaligi vazirligining avgust oyi boshidagi ma’lumotlariga qo‘ra, joriy yilda O‘zbekistonda yetishtirilgan 1 tonna o‘rta tola navli paxta xomashyosining minimal narxi QQS bilan birga 10 mln 25 so‘mni, 1 tonna ingichka tola navli paxta xomashyosining minimal narxi QQS bilan birga 15 mln 120 ming so‘mni tashkil etadi.