«mustaqillik bayrami» tegli maqolalar


1 sentabr 2022, 13:00

Ilk Mustaqillik bayrami qanday nishonlangan?

O‘zbekistonda ilk Mustaqillik bayrami qayerda va qanday o‘tkazilgan? Unga kim rejissyorlik qilgan? Islom Karimov va rejissyor munozarasiga nima sabab bo‘lgan? “Gazeta.uz” bilan suhbatda 1992−2001-yillardagi bayramlar tashkilotchilaridan biri Usmon Qoraboyev shu va boshqa savollarga javob berdi.

31 avgust 2022, 20:55

«Yangi O‘zbekiston deganda, har bir fuqarosi uchun g‘amxo‘rlik qiladigan, ochiq va adolatli jamiyat ham tushuniladi» — prezident

Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqini Mustaqillik bayrami bilan tabrikladi. U Yangi O‘zbekiston deganda har bir fuqarosi uchun g‘amxo‘rlik qiladigan, ochiq va adolatli jamiyat tushunilishini ta’kidladi. Shuningdek, 2026 yilgacha Taraqqiyot strategiyasi doirasida 5 ta asosiy vazifani belgilab berdi.

30 avgust 2022, 12:44

Bayram munosabati bilan pensiya to‘lovlari plastik kartaga 1-sentabrgacha to‘lab beriladi

Pensiya jamg‘armasi mustaqillik bayrami munosabati bilan sentabr uchun pensiya va nafaqa to‘lovlari (naqdsiz shaklda) oyning birinchi sanasigacha plastik kartalarga o‘tkazilishini ma’lum qildi. Naqd shaklda oluvchi fuqarolarga esa 5-sentabrdan boshlab nafaqa pullari yetkazib beriladi.

29 avgust 2022, 21:33

O‘zbekiston va Germaniya prezidentlari YeI doirasida muloqotni rivojlantirishni muhokama qildilar

Germaniya prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer telefon orqali muloqotda O‘zbekiston rahbari Shavkat Mirziyoyevni mamlakat mustaqilligining 31 yilligi bilan tabrikladi. Tomonlar mintaqaviy hamkorlik, shu jumladan Yevropa Ittifoqi doirasidagi konstruktiv muloqotni rivojlantirish masalalarini muhokama qildilar.

24 avgust 2022, 08:00

Toshkentdagi avtobuslar bayram kunlarida qisqartirilgan jadval asosida ishlaydi

1, 2 va 4 sentabr kunlari Toshkentda avtobuslar yakshanbalik, 3 sentabr kuni esa shanbalik jadval asosida harakatlanadi.

16 avgust 2022, 12:21

Barcha ta’lim tashkilotlarida o‘qish 5 sentabrdan boshlanadi

O‘zbekistonliklar mustaqillikning 31 yilligini nishonlash arafasida ish haftasidan qat’iy nazar ketma-ket 4 kun — 1 sentabrdan 4 sentabrga qadar dam olishadi. Shunga ko‘ra, barcha ta’lim tashkilotlarida o‘qish jarayonlari 5 sentabr — dushanba kunidan boshlanadi.

2 avgust 2022, 21:13

«Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz»

O‘zbekiston mustaqilligining 31 yilligiga bag‘ishlangan «tashkiliy-amaliy, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar hamda targ‘ibot-tashviqot ishlari» shu shior ostida o‘tkaziladi. Tadbirlar dasturi prezident tomonidan tasdiqlandi.

27 avgust 2021, 10:58

Mustaqillik bayrami ochiq maydonlarda o‘tkaziladi

O‘zbekistonda Mustaqillik bayrami ochiq maydonlarda o‘tkaziladi. Bayramni tashkil etishga qo‘yilgan talablar ma’lum qilindi.

28 avgust 2020, 12:49

Mustaqillik bayrami arafasida 113 nafar fuqaro afv etildi

O‘zbekiston mustaqilligining 29 yilligi arafasida ozodlikdan mahrum etish jazosini o‘tayotgan hamda qilmishiga chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lib, tuzalish yo‘liga qat’iy o‘tgan 113 nafar fuqaro afv etildi. Prezident bu haqdagi tegishli farmonni imzoladi.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting