31-avgust va 1-sentabr kunlari soat 19:00 dan 22:00 ga qadar Toshkentdagi Yangi O‘zbekiston ko‘chasi avtomobillar harakati uchun yopiladi. IIV ma’lumotiga ko‘ra, ushbu soatlarda shu nomdagi istirohat bog‘ida O‘zbekiston Mustaqillik kuni nishonlanadi.

Poytaxtga yo‘l olgan haydovchilar Qibray tumani va Chirchiq orqali yoki 4R12 “Toshkent-Chorvoq” avtomobil yo‘li va Ohangaron avtomobil yo‘li orqali aylanma yo‘llardan foydalanishlari kerak bo‘ladi.