Mustaqillik bayrami ochiq maydonlarda o‘tkaziladi. Bu haqda SSV axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, mustaqillik bayrami tadbirlarini Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida ochiq maydonlarda sayillar, konsert tomoshalari va ko‘ngil ochar dasturlarni tashkil etish borasidagi tegishli tashkilotlar tomonidan berilgan takliflar ma’qullangan.

Mas’ullar tomonidan bayram tadbirlariga tashrif buyuruvchilarni niqob taqishlari, ijtimoiy masofani saqlashlari, shaxsiy gigiyena qoidalariga qat’iy rioya etish ustidan nazoratini kuchaytirishni ta’minlash shartligi belgilandi.

Eslatib o‘tamiz, prezidentning 2020 yil dekabrdagi фармони bilan 2−3 sentyabr kunlari ham dam olish kunlari sifatida belgilangan.

Shuningdek, 4 sentyabr shanba kuni barcha xodimlar uchun, ish haftasining turidan qat’i nazar, dam olish kuni hisoblanadi va bu uchun boshqa kun ishlab berish shart bo‘lmaydi.