Mustaqillik bayrami munosabati bilan pensiya to‘lovlari kartaga muddatidan oldin tashlab beriladi, deb xabar berdi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi matbuot xizmati.

Prezidentning 2021 yil 20 dekabrdagi farmoni bilan davlat Mustaqilligining 31 yilligini munosib nishonlash maqsadida 2022 yilning 1−4 sentabr kunlari dam olish kuni deb belgilangan.

“Sentabr oyi uchun pensiya va nafaqa to‘lov qaydnomalarini avgust oyida shakllantiradi hamda pensiya va nafaqa to‘lovlarini boshlash uchun yetarli mablag‘larni 2022 yil 1 sentabrga qadar tijorat banklariga moliyalashtirib beradi”, — deyiladi xabarda.

Shunga ko‘ra, pensiya va nafaqa to‘lovlari oyning birinchi sanasigacha fuqarolarning plastik kartalariga o‘tkazib beriladi.

To‘lovlarini naqd shaklda oluvchi fuqarolarga esa 5 sentabrdan boshlab tasdiqlangan grafiklar asosida to‘lovlar boshlanadi.