Mustaqillik bayrami munosabati bilan pensiya to‘lovlari kartaga muddatidan oldin tashlab beriladi, deb xabar bermoqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi matbuot xizmati.

Bayrami munosabati bilan 1-sentabr — juma hamda 2−3-sentabr shanba va yakshanba kdam olish kunlariga to‘g‘ri kelmoqda.

Shu sababli pensiya va nafaqa to‘lovlarini bank karta (naqd pulsiz) shaklda oluvchi fuqarolarning sentabr oyi uchun pensiya va nafaqalari 29−31-avgust kunlari plastik kartalariga o‘tkazib beriladi.

Naqd pul shaklida oluvchilarga esa 4-sentabr kun boshidan “Xalq banki” sayyor kassalari tomonidan grafikka muvofiq amalga oshiriladi.